Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

7-labоratоriya mashg‟ulоti 
Mavzu: Pichan basillasining elektiv kul‟turasini tayyorlash
 va mikroskopda kuzatish 
Ishning maqsadi:
Pichan basillasining
 
sof undirmasini tayyorlash va 
pichan basillalarini mikroskopda kuzatish 
Kerakli asbob va reaktivlar
: quruq pichan, tarozi, bitta katta va bir nechta 
kichik kolbalar, elektr plitka, oq bo‗r, termostat, mikroskop, kedr moyi, buyum 
oynasi, qoplagich oyna, bakterial ilmoq, sil-karbol fuksini va sinka bo‗yoqlari, 
filtr qogʼoz, pichan batsillasining 1,2,3 va 4 kunlik elektiv kulturasi, 5 % li 
xromat kislota, spirt lampa, 5 % li sulfat kislota, termostat. 
Nazariy ma‟lumot: 
Sof undirma (elektiv kultura) - mikroblar to‗plamidan bir turga kiruvchi 
mikroorganizmlarni 
ajratib 
olish 
hisoblanadi. 
Bunda 
bir 
necha 
xil 
mikroorganizmlar aralashmasidan bir turning rivojlanishi taʼminlanadi. Sof 
undirmani ajratish mikrobiologik tekshirishlarning asosiy bosqichlaridan 
hisoblanadi. Sof undirma tayyorlashdan oldin tekshiriladigan organizmning 
yashash va rivojlanish sharoitini o‗rganish lozim. 
Pichan batsillasi (Basillus subtilus)ning sof undirmasini tayyorlash uchun 
aerob (kislorodli) sharoit bo‗lishi zarur. Bu batsilla geterotrof bo‗lganligi sababli 
yetarlicha miqdorda organik oziq ham bo‗lishi kerak. Bunday sharoitda 
ko‗pchilik mikroorganizmlarning yashashi va rivojlanishi ancha qulay bo‗ladi. 
Pichan batsillasining sporalari 2 soat qaynatilganda ham o‗z hayot faoliyatini 
saqlab qoladi. Lekin spora hosil qilmaydigan bakteriyalarning hammasi eritma 
qaynatilganda nobud boʼladi.


34 
Ishning borish tartibi: 
Pichan batsillasining sof undirmasi quyidagicha tayyorlanadi: 
1.
10-15 g maydalangan quruq pichan hajmi 200-300 ml bo‗lgan suvli 
kolbaga solinib, 30 daqiqa qaynatiladi.
2.
Aralashmani neytrallash uchun unga 1-2 g maydalangan bo‗r qo‗shiladi. 
Аralashma qaynatilganda pichan tarkibidagi organik moddalar eritmaga o‗tadi va 
sporadan o‗sib chiqqan batsilla uchun oziq bo‗ladi. 
3.
Keyin qaynatilgan suyuqlik 3 ta toza kolbaga 1-2 sm
3
qalinlikda quyib 
olinadi.
4.
Kolbalarning ogʼzi paxtadan qilingan tiqin bilan berkitiladi va +30
°

termostatada 1-4 kun saqlanadi va undan preparat tayyorlanib mikroskopda 
tekshiriladi. Kolbada qolgan pichan qaynatmasida pichan batsillalarning sporasi 
bo‗ladi. 
5.
Termostatda bir kun turgan pichan qaynatmasidan sterillangan bakterial 
ilmoqda bir tomchi olinib, osma yoki ezilgan tomchi usulida preparat 
tayyorlanadi. 
6.
Bu preparat mikroskopda kuzatilganda sporadan o‗sib chiqqan 
harakatchan batsillalar ko‗rinadi. Ularning butun tanasi xivchinlar bilan o‗ralgan 
bo‗ladi. 
Pichan qaynatmasi ikki kun saqlanganda so‗ng unda havoning kamayishi va 
oziq moddalarning yetishmasligi natijasida harakatchan batsillalar xivchinini 
tashlab, harakatsiz holatga o‗tadi va tezlik bilan bo‗lina boshlaydi. Batsillalarning 
bo‗linishi natijasida koloniyalar hosil bo‗ladi, har qaysi hujayra o‗zidan 
shilimshiq modda chiqaradi. Bu shilimshiq bakteriyalarning koloniyasi zoogleya 
deb ataladi. Zoogleya suyuqlik yuzasida yupqa parda shaklida bo‗ladi. Zoogleya 
ichidagi batsillalarni ko‗rish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish talab etiladi:
1.
Buning uchun bakterial ilmoq yordamida suyuqlik yuzasidagi pardaning 
ozginasi buyum oynasiga surtiladi va ochiq havoda quritiladi.
2.
Quritilgan preparat fiksatsiya qilinadi va undan so‗ng fuksin yoki sinka 
bilan bo‗yalib, mikropkopning 8x va 40x li obektivlari orqali kuzatiladi. Bunda 
preparatada bir-biriga ulangan ip shaklidagi hujayralar ko‗rinadi. 
3.
So‗ngra bir necha kun saqlangan pichan batsillasi kulturasidan surtma 
tayyorlanadi va fiksatsiya qilinadi, ustiga 5% li xromat kislota tomizilib, 5 daqiqa 
davomida bo‗yaladi.
4.
Xromat kislota suv bilan yuvib tashlanadi, so‗ngra preparatning ustiga 
sil-karbol fuksini bo‗yogʼidan tomiziladi va bo‗yoqni bugʼlantirish uchun spirt 
lampa alangasi ustida 5 daqiqa tutib turiladi.
5.
Bunda bo‗yoq qurib qolmasligi kerak, agar qurib qolsa yana bo‗yoq 
qo‗shib turiladi.
6.
Shundan keyin preparatdagi bo‗yoq suv bilan yuvilib, ustiga 5% H
2
SO
4
tomiziladi, oradan 10-15 soniya o‗tishi bilan kislota yuvib tashlanadi. 
7.
So‗ngra preparat ustiga 2-3 tomchi Lyoffler sinkasi tomizilib, 2 daqiqa 
o‗tgandan so‗ng u ham yuvib tashdanadi.
8.
Preparatda qolgan suv tomchilari filtr qogʼozi bilan shimdirib olinadi. 


35 
Shu tartibda tayyorlangan prepart ustiga bir tomchi kedr moyi tomizilib, 
mikroskopning quruq va immersion sistemalari orqali qaraladi. Bunda 
preparatdagi sporalar pushti, vegetativ hujayralar esa havo rangga bo‗yalganligi 
kuzatiladi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin