Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

grammusbat 
mikroorganizmlar
(Gram
+
) binafsha

grammanfiylar 
(
Gram
-
) qizil
rangda bo‗yaladi. 
 Nazorat savollari: 
1.
Gram usuli kim tomonidan va nima uchun kiritilgan? 
2.
Bu usul mikroorganizmlarning qanday xususiyatiga asoslangan? 
3.
Gram usulida bo‗yashda qanday mikroorganizmlardan foydalaniladi? 
4.
Nima sababdan G

mikroorganizmlarda rang o‗zgarishi kuzatilaydi? 
5.
Gram usulining bosqichlarini izohlab bering. 
 
13-labоratоriya mashg‟ulоti 
Mavzu: Tuproq mikroorganilarini o„rganish 
Ishning maqsadi
: Tuproq mikroorganizmlarini mikroskopiya usuli 
yordamida o‗rganish.
Kerakli asbob va uskunalar:
tuproq namunalari, shpatel, xovoncha, 
kolba, probirkalar, Petri likopchasi, steril suv, termostat, mikroskop, kedr moyi, 
buyum oynasi, qoplagich oyna, bakterial ilmoq, fuksin, filtr qogʼoz, spirt lampa, 
toluol, filtr qogʼozga shimdirilgan gentsian violet bo‗yogʼi. 
 
Nazariy ma‟lumot: 
Ko‗pgina hollarda tuproq mikroorganilarini o‗rganish va sonini aniqlash 
Petri chashkasida amalga oshiriladi. Buning uchun bitta usul bir qator tuproq 
mikroorganizmlari: bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar va achitqilarni 
aniqlashda qo‗llaniladi. Ozuqa muhiti tagiga yoki qatlamiga ekish kam hollarda 
ishlatiladi. Bir qator muammolar zamburug‘larni aniqlashda ozuqa muhit orasiga 
ekishni tavsiya qiladi. Bunday holatda 1 ml tuproq suspenziyasi chashkaga 
solingan va qotmagan agarga solib aylantiriladi va uning bir tekisda qotishi uchun 
tekis yuzaga qo‗yiladi. Bunday usul shpatel yordamida tuproq suspenziyasini 
ozuqa muhit yuzasiga surtish vaqtida mitselliyning maydalanib, chashka yuzasiga 
tarqalishini oldini oladi. Ayrim hollarda bu usul bakteriyalarni aniqlashda ham 
qo‗llaniladi.
Sterillangan Petri chashkasiga suv hammomida eritilgan agarni ozuqa 
muhitidan har bir chashkaga 20-30 ml quyiladi. Ozuqa muhitlar odatda katta 
kolbadan bir qancha chashkaga quyiladi. Shuni esda saqlash kerakki, chashkalar 
bir xil formada va bir xil diametrda, tekis tagli bo‗lishi zarur. Ozuqa muhitini 
chashkaga quyishda ularning barchasiga bir xil miqdorda solinishiga e‘tibor 
berish kerak. Bir qator hollarda aniq o‗lchangan ozuqa muhitlar probirkalarga 
solinadi, probirkalarda sterillanadi va Petri chashkasiga solinadi, bu usul 


48 
qo‗llanilganda chashkadagi ozuqa muhit miqdori standartga mos holda solingan 
bo‗ladi. Ozuqa muhit solingan chashkalar tekis, qat‘iy gorizontal yuzaga 
qo‗yilishi lozim, chunki undagi ozuqa muhit bir xil qalinlikda qotishi lozim.
Agar ozuqa muhiti chashkaga quyilayotganida qotib qolmasligi lozim, 
yaxshisi uning harorati 50
o
C bo‗lganda quyish maqsadga muvofiq bo‗lar edi, 
bunday holatda chashka qopqog‘iga kamroq suv kondensatlanadi. Agar 
qotgandan so‗ng chashkalar quritish shkafiga quyiladi va 70-80 
o
C gacha 
qizdiriladi, qopqoqdan suv yo‗qolguncha hamda agar yuzasida silliq plyonka 
hosil bo‗lguncha quritiladi. Bu agar yuzasidan suv plyonkasining ketganligidan 
darak beradi. Chashkani quritishning boisi, ekilgan namunadan o‗sib chiqqan 
mikroorganizmlar xo‗jayinlari agar yuzasida suzib aralashib ketmasligi uchun 
zarur bo‗ladi. Zamburug‘larni ajratish va sonini aniqlashda chashka har doim 
ham quritilmaydi. 
Chashka quritilgandan so‗ng ekish amalga oshirilishi lozim. Ozuqa muhit 
solingan chashkani uzoq muddat ekilmasdan saqlab bo‗lmaydi, chunki havodan 
mikroorganizmlar tushib, ko‗z bilan ko‗rib bo‗lmaydigan mikrokoloniyalar hosil 
qilishi mumkin. Ekish vaqtida ular shpatel orqali butun ozuqa muhit yuzasida 
tuproq mikroflorasiga tegishli bo‗lmagan koloniyalarni hosil qilishi mumkin. 
Ekish uchun tayyorlangan tuproq suspenziyasini 5 daqiqa chayqatilgandan 
so‗ng 30 sekund davomida yirik tuproq zarralari cho‗kishi uchun tindiriladi. 
So‗ngra sterillangan pipetka yordamida undan 1 ml olinib 9 ml sterillangan suv 
solingan probirkaga solinadi. Suspenziyani yangi pipetka yordamida yaxshilab 
aralashtiriladi va undan 1 ml olinib keying probirkaga solinadi va xuddi 
yuqoridagidek aralashtiriladi. Keyingi suyultirishlar ham xuddi shunday amalga 
oshiriladi. Zarur suyultirishlardan chashkaga ekish amalga oshiriladi. Buning 
uchun 1 tomchi suspenziya agarli ozuqa muhit yuzasiga surtib chiqiladi. Ekish 
amalga oshirilgan chashka to‗nkarilgan holatda termostatga joylashtiriladi. 
Odatda bakteriyalar soni 3 sutkadan so‗ng hisoblanadi, aktinomitsetlar 7-
15, 20 kunda zamburug‘lar va achitqilar 5-7 sutkadan so‗ng hisoblanadi. Agar 
mikroorganizmlar kambag‘al ozuqalarda, jumladan agarli suv, tuproq ekstrakti 
kabilarda ekilgan bo‗lsa 7-14 sutkada hisoblash amalga oshiriladi. Ma‘lum bir 
guruh mikroorganizmlarning miqdor ko‗rsatkichlari to‗g‘risida solishtirma 
ma‘lumot olish uchun bir xil muddat hisoblash ishlarini amalga oshirish zarur. 
Shuni e‘tiborga olish zarurki, uzoq muddat inkubatsiya vaqtida juda ko‗p 
mikroorganizmlar koloniyasi o‗sib chiqadi. 
Chashkadagi koloniyalar soni odatda chashkani qora fonga to‗nkarilgan 
holatda qo‗yib sanaladi. Ikki marta sanalmasligi uchun sanalgan koloniyalar 
o‗rniga ruchka yoki moy qalam yordamida nuqta qo‗yiladi. Sanash qulay bo‗lishi 
uchun chashkaning osti qalam bilan qismlarga bo‗linadi. Tiniq bo‗lmagan 
muhitlarda esa sanash chashka yuzasidan amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin