Оliy va o„rta maхsus ta‟lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/73
tarix14.12.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#178887
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73
Umumiy mikrob oquv qollanma

Ishning borish tartibi: 
1.
Tuproq namunasini sterillangan shpatel yoki spirt surtib yoqib 
sterillangan pichoq yordamida tuproqning yuzasidan 2 sm ni olib tashlab, undan 
sterillangan konvertga yoki bankaga olinadi; 
2.
Tuproq namunasidan 1 g tarozida o‗lchab olingandan so‗ng uning 
ichidagi ortiqcha o‗simlik qoldiqlaridan tozalanadi; 
3.
Tozalangan tuproq namunasi chinni xovonchaga solinadi va uning ustiga 
1-2 ml sterillangan suv solinib tuproqni rezina qo‗lqop kiyilgan barmoq 
yordamida yaxshilab eziladi va bu namunani 100 ml sterillangan suv solingan 
Erlenmeyer kolbasiga solinadi; 
4.
Tuproq namunasi solingan kolba 5 daqiqa chayqatilgandan so‗ng 30 
sekund yirik tuproq zarralari cho‗kishi uchun qoldiriladi va undan 1 ml 
suyultirilgan tuproq suspenziyasi steril pipetka yordamida olinib 9 ml sterillangan 
vodoprovod suvi solingan probirkaga solinadi. Bu probirkadan yana 1 ml 
suspenziya olinib, keyingi probirkaga solinadi va xuddi shunday tartibda 
suyultirish amalga oshiriladi; 
5.
So‗ngra 10
-3 
, 10
-4
darajada suyultirish amalga oshirilgan probirkalarning 
har biridan 0,1 ml olinib ozuqa muhiti quyib qotirlgan petri chashkasiga solinadi 
va Dragiliskiy shpateli yordamida ozuqa muhitiga ekiladi; 
6.
Mikroorganizm ekilgan chashkalar termostatga joylashtiriladi va 
mikroorganizm hujayrasining o‗sishi kuztib boriladi; 
7.
Keyingi mashg‘ulotda chashklar olinib, unda o‗sib chiqqan 
mikroorganizm koloniyalardan fiksirlangan bo‗yalgan preparat tayyorlab 
mikroskop ostida immersion obyektivda kuzatiladi; 
8.
Ish daftariga mikroskop yordamida o‗rganilgan mikroorganizm shakli 
chiziladi va uni qaysi mikroorganizm ekanligini o‗qituvchi hamda aniqlagich 
yordamida aniqlashtiring.
Tuproq bo‗lakchalari usuli yordamida mikroorganizmlarni aniqlash 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
1.
5-10 gr tuproq olinib, uni chinni hovonchaga solib pastasimon holatga 
kelguncha eziladi; 
2.
Petri likopchasi ostiga trafaret qo‗yilib, ozuqa muhit yuzasiga 50 
tagacha tuproq bo‗lakchasi qo‗yiladi va 26-28°C da hafta davomida termostatda 
saqlanadi; 
3.
Azotobakternni ajratish uchun Petri likopchasiga quyilgan Eshbi ozuqa 
muhitidan foydalaniladi.
4.
Ma‘lum inkubatsiyadan so‗ng tuproq bo‗lakchalari atrofida rangsiz 
shilimshiq holdagi mikroorganizm kulturasini kuzatish mumkin; 


51 
5.
Ushbu kulturadan bakteriologik ilmoq yordamida olinib fiksirlangan 
bo‗yalgan preparat tayyorlab, mikroskopda kuzatiladi va kuzatilgan 
mikroorganizm rasmini ish daftariga chziladi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin