Tuproq bo„lakchalari metodi. Agar tuproqda o‗rganilayotgan guruh
mikroorganizmlar oz miqdorda bo‗lsa, ularni zarurat tug‘ilganda boyitilgan
kultura olmasdan tuproq bo‗lakchalarini agarli ozuqa muhiti yuzasiga qo‗yish
orqali ajratish mumkin. Odatda 5-10 gr tuproq olinib, pastasimon holatga
49
kelguncha suv solib aralashtiriladi va uni agar yuzasiga parallel holatda qo‗yib
chiqiladi. Albatta bir nechta parallel chashkalarga ekishni amalga oshirish zarur.
Tuproq bo‗lakchalarini bir tekis va oson qo‗yish uchun chashka orqasiga trafaret
qo‗yish ishni osonlashtiradi. Albatta ekish bir necha parallel chashkalarda amalga
oshirish lozim.
Mikroorganizmlar o‗sgandan keyin ma‘lum guruh mukroorganizmlar
o‗sgan tuproq bo‗laklarining foizi hisoblab topiladi, bu mikroorganizmlarni
chuqurroq o‗rganish zarurati tug‘ilganda yoki ularning toza kulturasini olish
uchun tuproq bo‗lakchalari atrofidan mikroorganizmlarni olish mumkin. Bu
usulda
tuproqdan
azotabakter,
nitrifikatorlar,
selluloza
parchalovchi
mikroorganizmlar, zamburug‘lar, L
ipomyces avlodiga mansub achitqilarni
ajratish, sonini aniqlash, shu bilan bir qatorda kambag‘al tuproqlardan, masalan
qumdan bakteriyalarni aniqlash kabilarda qo‗llaniladi.
Azotobakterni aniqlashda tuproq bo‗lakchalari mikroorganizmlar yaxshi
o‗sadigan Eshbi yoki boshqa ozuqa muhiti yuzasiga ekiladi. Buning uchun 100
mg tuproq pastasimon holatga kelguncha suyuqlantiriladi va bakteriyalogik ilmoq
yordamida ikkita petri chashkasi yuzasiga qo‗yib chiqiladi va har bir chashkada
50 tadan bo‗lakka to‗g‘ri kelgani maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tuproqdan
lipomitsetlar miqdori ham xuddi shunday saxaroza solingan Eshbi muhitiga ekish
orqali aniqlanadi. Ekishdan so‗ng chashkalar 26-28 ºC ga nam kameraga
joylashtiriladi. Azotobakterni hisoblash 6-10 sutkada, lipomitsetlar 15-20 sutkada
amalga oshiriladi.
Har bir tuproq namunasini ekish uchun quyidagilarni tayyorlash talab
etiladi:
1.
100 ml sterillangan vodoprovod suvi solingan 250 ml li yumaloq tagli
yoki Erlenmeyer kolba;
2.
Agar tuproqni ezib suspenziya tayyorlash zarur bo‗lganda, xuddi
yuqoridagidek suvsiz, sterillangan kolba;
3.
Tuproqni ezish (maydalash) uchun hovoncha;
4.
9 ml dan sterillangan vodoprovod suvi solingan probirkalar. Probirkalar
soni qaysi suyultirish darajasidan ekish amalga oshirilishiga bog‘liq holda
olinadi. Odatda 2 yoki 3 ta probirka olinadi.
5.
Sterillangan pipetkalar 1 ml li pipetkalar soni ham suyultirish
darajasiga bog‘liq holda tanlab olinadi. Har bir suyultirish darajasi uchun yangi
pipetka talab etiladi. Shu bilan birga namunani Petri chashkasiga solish uchun
ham yangi pipetka talab etiladi. Shuni aniqlash kerakki, 1 ml li pipetkada necha
tomchi bo‗lishini va shuning uchun bir xil tomchiga ega bo‗lgan pipetkalar
olinishi zarur.
6.
Sterillangan shpatellar, har bir suyultirish darajasi va har bir ozuqa
muhit uchun alohida bir xil suyultirish darajasidan ekilayotgan va bir xil ozuqa
muhit qo‗yilgan parallel chashkalar uchun bitta shpatel ishlatiladi.
7.
Sterillangan Petri chashkasi. Har bir namunadan tayyorlangan
suyultirish darajasi va alohida ozuqa muhitlar uchun 3-5 tadan chashka. Ayrim
50
hollarda 2 tadan parallel chashkalarga ekish amalga oshiriladi, bunday vaqtda
hisoblash ishlari va natijalar aniq chiqmaydi.
8.
Steril ozuqa muhitlari va kolbalar.