Patogenligi va patogenezi . Gripp virusi oq sichqon, oq kalamush va oq
sassiq ko‗zanga patogendir. Bu hayvonlarning nafas yo‗llarini shikastlaydi. Bu
virus yumronqoziq va boshqa hayvonlarga osonlik bilan o‗tadi.
Grippni
qo„zg„atuvchi pnevmotrop virus odamga havo bilan yuqori nafas
yo‗llaridan kirib, shilliq pardada ko‗payadi va u erdagi silindrik epiteliy
hujayralarini nekrozlantirib nobud qiladi, ayni vaqtda virus butun organizmni
ham zaharlaydi. Keyin virus nafas yo‗lining boshqa qismlariga yoyilib, bronx va
alveolalarga etib borishi mumkin.
Klinik belgilari . Grippda inkubatsion davr ko‗pincha 2-10 soat (ba‘zan 48
soat va undan ko‗p ham bo‗lishi mumkin) davom etadi.
Kasallik simptomlari og‗ir zaharlanish va nafas yo‗llarini yallig‗lanishi,
odatdagi tipik holatlarda kasallik 10 kunda va undan ortiqroq kunda o‗tadi va
to‗la tuzalib oyoqqa turishi bir oyga cho‗ziladi. Bolalarda, yoshi katta va
surunkali kasallar bilan og‗rigan odamlarda gripp o‗pka, bosh miya va yurak
musullarida asorat berishi mumkin. Grippning og‗ir o‗ta yuqori toksik holatlarida
(gipertoksik) qon ketishlar, miya, yurak va ichki organlarning ishlari buziladi va
letal holatga olib kelishi mumkin. Kasallikning asosiy klinik belgilari rasmda
keltirilgan (19-rasm).
Yuqorida aytilganidek, virus, odatda, kasal odam yo‗talganda, aksirganda,
havoga sachragan tupuk zarrachalari vositasida yuqadi. Shu bilan birga bemor
qattiq isitmalaydi, boshi og‘riydi. Ayniqsa, ko‗z kosachasi atrofida og‗riq bo‗ladi,
tana qaqshaydi, kasal darmonsizlanadi, yo‗taladi. Tumov belgilari paydo bo‗ladi
va ba‘zan kasalning ovozi birqadar bo‗g‘iladi, ishtahasi pasayib, og‘iz mazani
ajrata olmaydi. Qonda leykopeniya bo‗lishi grippning doimiy belgisidir.
Kasalning muhofaza kuchlari pasaygani uchun organizmdagi normal va shartli
patogen mikroflora faollashib, bir qator qo‗shimcha infeksiyalar aralashadi.
Ko‗pincha bronxit, sinusit, pnevmoniya va boshqa infeksiyalar ro‗y berishi
mumkin.