Dunyo aholisining ko'payishi (mln.kishi hisobida)8
Yil
Dunyo aholisi
Yillik o’zgarish
O’zgarish miqdori
1950
2 mlrd 584 mln
-
-
1960
3 mlrd 34 mln
17.4 %
450 mln
1970
3 mlrd 700 mln
21.9 %
666 mln
1980
4 mlrd 458 mln
20.4 %
758 mln
1990
5 mlrd 327 mln
19.4 %
869 mln
2000
6 mlrd 143 mln
15.3 %
816 mln
2010
6 mlrd 956 mln
13.2 %
813 mln
2020
7 mlrd 794 mln
12 %
838 mln
2023
8 mlrd 21 mln
2.9 %
227 mln
XII-XV asrlarda dunyo aholisining ma'lum qismi yuz bergan katta urushlar tufayli qirilib keldi. Ayniqsa, bu urushlardan Sharqiy va
Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlari aholisi katta talafot ko‘rdi.Urushlar nafaqat aholining bevosita qirilib ketishiga, balki
xo‘jaliklarni, ishlab chiqarishni izdan chiqarish hisobiga sodir bo’lgan
ocharchilik sababli hayotdan bevaqt ko‘z yumushlariga olib kelgan.
Agar dastlabki 500 yilda (1000-1500-yillar) Yer yuzi aholisi 135
millionga ko‘paygan bo‘lsa. 1500-1750-yillarda yoki 250 yilda esa bu
ko‘rsatkich 288 millionni tashkil qildi, ya’ni aholining o'sishi 2 marta
tezlashdi. XVIII asming ikkinchi yarmidan boshlab aholining o‘sishi
yanada tezlashdi. Dunyo aholisining 1000-yildan 2005-yilgacha
bo’lgan o‘sishiga nazar tashlasak, aholi eng tez ko‘paygan davr
XX asrdir. 1900-1950-yillarda Yer shari aholisi har yili o‘rtacha
0,90 % dan ko'paygan bo’lsa, 1950-2000-yillarda bu ko‘rsatgich
1.75 % ga yetdi. XXI asming dastlabki yillarida esa dunyo aholisi
sonining ko’payish surati birmuncha sustlashdi. 2000-2009-yillarda
dunyo aholisining o'rtacha yillik ko'rsatkichi 1,42 % tashkil etmoqda.
Hozirgi davrda (2023-yil) Yer. sharida 8 milliarddan ortiq kishi
istiqomat qilishmoqda. Aholi sonining ko‘payib borishida dunyo hududlari bo‘yicha
keskin tafovutlar mavjuddir. Natijada, XX asrning ikkinchi yarmi va
XXI asr boshlariga kelib sayyoramizda hududiy xususiyatlarga ega
bo’lgan demografik muammolar vujudga keldi. Ba’zi davlatlarda
moddiy boyliklar ishlab chiqarishga nisbatan aholi soni juda tez
ko‘payib borib, “aholi ko'payishi” muammosini yuzaga keltirgan
bo‘lsa, ba'zi hududlarda esa aholi tug’ilishining keskin qisqarishi,
ya’ni demografik mezondan kamayib ketishi oqibatida, “demografik
qarish muammosi kuzatilmoqda. “Aholi ko'payishi"muammolari,
asosan, rivojlanayotgan davlatlarda kuzatiladi, dunyo aholisining
ko'payishi ham deyarli ushbu davlatlar bilan bog‘liqdir.
1967-yilda esa Yer shari aholisi 65 millionga oshdi. Undan 56
millioni rivojlanayotgan davlatlar aholisining ko'payishi hisobiga ro‘y
berdi. Dunyo aholisining bunday tez ko‘payishini olimlar “demografik
portlash”deb izohladilar. Rivojlanayotgan davlatlarda XX asrning
ikkinchi yarmida aholi sonining ana shunday tez sur’at bilan o‘sishi,
asosan, uchta demografik omilga bog‘liq bo’lgan. Ulardan birinchisi -
tug‘ilishning yuqori darajada saqlanib qolayotganligi. Ikkinchisi
o‘limning pasayganligi va aholi umr ko‘rish davomiyligining
uzayganligidir. Rivojlanayotgan davlatlarda bir tomondan, feodal va ibtidoiy
jamiyat munosabatlarining saqlanib qolishi, ikkinchi tomondan,mustamlaka tuzumining uzoq hukm surishi ularning dunyodagi
iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan agrar regionlar sifatida saqlanib
qolishiga sabab bo’ldi, natijada sanoat rivojlanmadi. Aholining asosiy
qismi qishloqlarda istiqomat etib kelgan. Qishloq turmush tarzi esa
tug'ilishning yuqori bo’lishiga olib keluvchi asosiy omillardan
hisoblanadi. Undan tashqari ayollaming ijtimoiy tengsizligi, aholining
savodlilik darajasining nihoyatda pastligi, qator musulmon
davlatlarida ko‘p bolalilikni qo’l1ab-quvvatlovchi an‘analarning
mavjudligi, homiladorlikning oldini oluvchi vositalarning va ular
haqidagi tushunchalarning keng tarqalmaganligi kabi omillar ham
rivojlanayotgan davlatlarda aholi tug‘ilishining yuqori bo’lishiga olib
kelgan. 2-jadval