Оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti " iqtisodiyot" fakulteti global iqtisodiy rivojlanish fаnidаn kurs ishi


-bob. Aholi soni va uning dinamikasi



Yüklə 101,59 Kb.
səhifə2/9
tarix16.05.2023
ölçüsü101,59 Kb.
#114528
1   2   3   4   5   6   7   8   9
global iqt kurs ishi

1-bob. Aholi soni va uning dinamikasi
1.1.Aholi soni dinamikasining ijtimoiy-geografik xususiyatlari
Aholi deganda - ma’lum hududda yashaydigan kishilar guruhi tushuniladi. Aholining mutlaq soni - biron-bir hudud yoki aholi guruhidagi kishilarning ma‘lum vaqtdagi miqdoriy ifodasidir. Aholi soni va tarkibida sodir bo'lgan barcha o‘zgarishlar iqtisodiyotning rivojlanishiga, umuman, jamiyatning rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi. Har bir hududning. davlatning ijimoiy - iqtisodiy rivojlanishida aholi sonining ortib yoki kamayib borishi, aholining umumiy tarkibida mehnat yoshidagi aholi guruhining salmog'i, ularning demografik va sifatiy shakllanib borishi, shuningdek, bolalar va mehnat yoshidan yuqori bo'lgan qariyalar salmog’i ham juda muhimdir.
Har bir davlat aholisining soni va yosh-jinsiy tarkibidagi mutanosiblik, uning rivojlanish istiqboli dasturlarini ishlab chiqishda asosiy omil, zamin hisoblanadi. Ana shu nuqtai - nazardan dunyo va uning alohida hududlari davlatlari, xalqlari bo‘yicha aholi soni va tarkibini yuqorida qayd etilganidek juda qadimdan boshlab hisobga olib kelinadi. Aholi soni va tarkibini hisobga olish uslublari, dasturlari, texnikalari jamiyat rivojlanishiga monand doimo rivojlanib, takomillashib keldi. Aholini hisobga olishda, uning umumiy soni, yosh-jinsiy tarkibi bilan bir qatorda oilaviy tarkibi, tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajrim kabi demografik jarayonlar, aholi migratsiyasi haqida ham ma'lumotlar to‘planib boriladi.
Hozirgi dunyoda insonlarning kelib chiqishi to‘g‘risida turli
qarashlar, fikrlar bo‘lsada ammo yer shari kartasida insonning paydo
bo‘lish vaqti va bu qayerda ro‘y berganligi to‘g‘risida yagona fikr
mavjud emas. Aholi sonining past sur'atda o‘sishiga sabab odamlar
o’rtasida o‘limning ko‘pligi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi
darajasining sustligi, insonlarning tabiiy muhitga bog‘liqligi bo'lgan.
O‘sha davrlarda o‘ limning yuqoriligi va umr ko‘rish davrining
qisqaligi yer shari aholisi soni ko‘payishini ta’minlamadi. Dastlabki
inson ajdodlarining paydo bo'lishi haqida turlicha nazariyalar yaratilgan. Biologlar A. I. Oparin nazariyasiga asoslangan holda hayotning paydo bo‘lishini suvga, okeanlarga bog'laydilar. Geologlardan esa akademik V. I. Vemadskiy qarashlariga asoslanib, yer yuzida hayot hamisha bo‘lgan yoki ular yer elementlari bilan birga sodir bo‘lganligini e’tirof etadilar. Shuningdek, yer kurrasida hayot va insonning paydo bo‘lishini ilohiy va kosmik kuchlarga bog‘lovchi qarashlar ham keyingi davr manbalarida uchramoqda. Ko'pchilik antropolog1 olimlar fikricha sayyoramizda bundan 5- 7 million yil avval insonning dastlabki ajdodlari (avstralopetiklar)
Afrika va Osiyoning tropik va ekvatorial zonalarida yashaganlar. Keyinchalik 2 - 3 million yil ilgari avstralopetiklardan eng qadimgi
insonlar - arxatroplar shakllangan va ular Sharqiy Afrikada istiqomat
etganlar. Bundan 600 - 700 ming yil muqaddam insonning eng qadimgi
ajdodi bo‘lgan arxantroplar , paleontroplarga, pitekantroplarga va neandertallarga aylanganlar va Janubi - Sharqiy hamda Janubi-G'arbiy
Osiyoga tarqalganlar. Nihoyat, bundan taxminan 40 - 50 ming yil ilgari
insonning ongli (Homo Sapines) ajdodi shakllangan. Ongli insonning
paydo bo’lishi mezolit davriga to’g’ri keladi.2
Eramizning boshlarida Yer shari aholisining soni 200-250 mln kishi atrofida edi. Yuqorida qayd etilganidek, aholining asosiy qismi Rim imperiyasi, Xitoy va Hindistonda joylashgan. Aholi soni haqidagi ma’lumotlarga ko’ra, eramizdan oldingi davrda Yer sharida bor yo‘g’i bir necha yuz ming kishi, bir muncha aniqroq ma’lumotlar bo‘yicha esa eramizdan 7 ming yil oldin yer sharida 10 millionga yaqin aholi yashagan ekan va ular har 1000 yilda taxminan 10-20 % dan ko‘payib borgan, xolos. Aholini bunday sekin ko’payishi aholi o‘rtasida o'lim hollarining yuqoriligi bilan izohlanadi. Ushbu davrda aholi o‘rtasida o‘limning umumiy koeffit- sienti 50 % va undan yuqori bo'lgan, boshqacha qilib aytganda, har 1000 aholidan 50 tasi hayotdan ko‘z yumgan. Ayniqsa, bolalar o‘limi yuqori bo‘lgan. Aholi ochlikdan, kasalliklardan va qabilalararo bo‘lib turgan to‘qnashuvlardan ko'proq halok bo'lgan. Aholining o'rtacha umr
ko’rishi 20 yildan oshmagan.
Aholi sonining ko‘payib borishida jamiyatda ishlab chiqarishning mukammalashib borishi, sodir bo’lgan mehnat taqsimotlari, ya’ni chorva-chilik va dehqonchilikning rivojlanishi alohida omil hisoblanadi.Eramizdan 7 - 8 ming yil oldin Yaqin Sharq hududlarida juda ko’p qabilalar ovchilikdan chorvachilik va dehqonchilikka o’ta boshladilar. Xo‘jalik yuritishdagi yangi sharoit qabilalardagi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshiladi, oziq-ovqat zaxiralari yaratildi. Natijada, aholining o‘lim
hollari nisbatan kamavdi, lekin turli epidemiyalar, xo'jaliklar orasida mavjud urushlar tufayli o’lim hamon yuqori edi.
Xo'jalik yuritishning yangi formasi sababli, qabilalaming bir joydan ikkinchi joyga muntazam ko'chib yurishi bir muncha barham topdi. Qabilalar dehqonchilik, chorvachilik bilan shug'ullanishi natijasida o‘troq hayotga o‘ta boshladilar. Bu hol esa ayollar ahvolining bir oz yaxshilanib, tug’ilishning ko’tarilishiga sabab bo‘ldi. Tug’ilishning ko‘tarilishi esa dunyo aholisi sonining ko'payib borishiga olib keldi. Ushbu davrda erta nikohlar va ko‘p bolalilik deyarli barcha aholiga xos bo’lgan. Lekin sinfiy jamiyatning paydo bo'lishi bilan tug’ilishga salbiy ta'sir etuvchi ba’zi omillar ham shakllana boshladi. Masalan, quldorlik davrida qullar, askarlar aholining takror barpo bo‘lish jarayonida ishtirok etmasdilar. Shuningdek, ba’zi diniy qarashlar, masalan, buddizm, inson ruhini gunohlardan qutqarish maqsadida nikohsizlik va farzandsizlik holatlarini qo'llab-quvvatlardi.
Ishlab chiqarish kuchlarining yanada takomillashuvi aholi o‘rtasida sinflar va davlatlar paydo bo'lishiga olib keldi. Jamiyat asta sekin ibtidoiy tuzumdan quldorlik davriga (sinfiy. jamiyatga) o‘tdi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti rivojlana boshladi. Jamiyat taraqqiyotidagi bu o’zgarishlar aholining ibtidoiy tuzum davriga nisbatan ancha tez edi. Buning asosiy sababi tug'ilishning yuqoriligidir. Tug'ilishning yuqoriligi esa o‘z navbatida, ayollarning erta nikohga kirishi, tug‘ilishning cheklan-maganligi hamda ko‘p bolalilikni xalq, davlat va din tomonidan qo'llab-quvvatlanishi bilan bog’liq edi. Ammo shunga qaramasdan, quldorlik tuzumi davrida aholi o‘rtasida o‘lim hollari ancha yuqori bolgan. Sababi, ko'pgina qishloq va shaharlarda aholining juda zich joylashuvi va gigiyena-sanitariya sharoitlarning yo‘qligi tufayli yuqumli kasalliklaming keng
tarqalganligidir. Aholi o‘rtasida madaniyatning rivojlanishi, qadimiy sivilizatsiya markazlarining paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu madaniyat
markazlari yer kurrasining sug‘oriladigan hududlarida (Misr, Xitoy, Mesopotamiya, Hindiston va boshqa hududlar) shakllandilar. Qadimgi Misrda fir’avnlar davrida 7 million aholi yashagan deb taxmin etiladi. Dunyo hududlarida umumiy aholi soni eramizdan avvalgi 5-ming yillikda 30 million atrofida bo’lgan. Ana shu davrda yer yuzida aholi joylashuvining hozirgi areallari3 paydo bo’lgan.
Insonlarning yashash uchun kurashi borib-borib jamiyat taraqqiyotida ijobiy o'zgarishlarga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlana borib, kishilar dastlab chorvachilik, keyinroq esa dehqonchilik bilan shug’illanishga o‘tdilar, ochlikka, kasalliklarga qarshi kurash boshladilar. Endi ular mehnat qilib, moddiy mahsulotlar yaratadilar.Hunarmandchilik, savdo rivojlandi va shaharlar paydo bo’la boshladi. lnson hayotidagi bu ijobiy o‘zgarishlar ularning hayot sharoitini yaxshiladi.
Sinfiy jamiyatning shakllanishi, dunyo hududlaridagi ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy rivojlanishidagi farqlar, aholi takror barpo bo‘lish jarayoniga bevosita ta’sir ko'rsatdi. Ba’zi hududlarda yoppasiga tarqalgan epidemiyalar va urushlar oqibatida aholi o'rtasida o’lim nihoyatda yuqori bo’lgan, qishloqlar aholisiz qolgan. Ushbu davr uchun aholi takror barpo bo’lishida ibtidoiy jamiyatdagidek umumiy bir xususiyat – tug’ilishning yuqoriligi saqlanib qolgan edi. Quldorlik tuzumidagidek ko’p bolalilik nafaqat urf-odatlar, balki davlat siyosati,din, ayniqsa, islom va induizm4 tomonidan ham qo’llab quvvatlanar edi.
Insoniyat taraqqiyoti tarixidagi dastlabki “Madaniy-texnik revolyutsiya5” ishlab chiqarish kuchlarining yanada rivojlanishiga sabab bo’ldi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlandi. Bu hol esa o’z navbatida dunyo aholisi sonining ko’payishiga olib keldi.


Yüklə 101,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin