1.2.Aholi soni dinamikasining mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlari Aholining umumiy mutlaq (absolyut) soni - ma’lum hudud yoki aholi guruhidagi kishilarning ma’lum vaqtdagi miqdoriy ifodasidir. Aholi ro‘yxatlari yordamida aholi mutlaq sonining o‘zgarishini aniq ifodalash mumkin. Aholi mutlaq sonidagi o‘zgarishlarda aholi soni muntazam ko'payib borsa ijobiy, agar aholi soni kamaysa salbiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Aholining mutlaq soni uning tabiiy va mexanik harakatlari asosida doimo o‘zgarib turadi. Tabiiy ko‘payishda demografik jarayonlardan tug'ilish va o‘lim jarayonlari muhim o‘rin tutadi. Masalan, O‘zbekistonda aholi soni dinamikasi 1926-2022-yillar davomida muntazam ko‘payib kelgan. Demak, aholi soni dinamikasi ijobiy xususiyatga ega bo’lgan, lekin ikkinchi Jahon urushi (1941-1945-yillarda) davrida aholi soni bir muncha kamaygan va aholi soni dinamikasida salbiy holat kuzatilgan.
Aholi geografiyasida aholining mutlaq soni asosiy ko‘rsatkich bo'lib, aniq bir sanadagi aholi soni haqida ma’lumot beradi. Statistik manbalarda aholining mutlaq soni ma’lum bir sanaga (l-yanvar. 1-iyul, yoki 31-dekabr) keltiriladi. Masalan, O'zbekiston aholisi 1991-yil 1-yanvarda 20,7 million, 2022-yil 1-yanvarda esa 35,3 million kishini tashkil etgan.
Aholi mutlaq sonidagi o'zgarishlar mutlaq ko‘payish orqali aniqlanadi. Aholining mutlaq ko'payishini aniqlashda esa quyidagi formuladan foydalaniladi:
- mutlaq ko'payish.
- o'rganilayotgan davr boshidagi aholi.
- o‘rganilayotgan davr oxiridagi aholi. 6Masalan, O‘zbekiston aholisini 1991-2022-yillardagi mutlaq o'sishini yuqorida qayd etilgan formula yordamida aniqlaymiz.
R-1991-20,7-million;
R-2022-35,3-million;
-1991 – 2022 = 35,3 - 20,7 = 14,6 million. Demak 1991 -2022 – yillarda O‘zbekiston aholisining o’sishi 14,6 million kishiga teng bo‘lgan yoki qayd etilgan davrda respublika aholisi mutlaq 14.6 million kishiga ko’paygan. Ma'lumki, davlat yoki hudud aholisi tug‘ilganlar va immigrantlarning kelishi hisobiga ko‘payadi, o’lim va emigrantlarning ketishi hisobiga esa kamayadi. Aholi umumiy mutlaq sonini topishda 4 ta asosiy ko'rsatkich ishtirok etadi,bular:
1) tug’ilganlar soni;
2) o’lganlar soni;
3) immigrantlar soni;
4) emigrantlar soni. Aholi sonidagi o'zgarishlarni o'rganishda “balans” tushunchasidan ham foydalaniladi. Tug‘ilganlar va o‘lganlar balansi – aholining tabiiy o’sishidir (ma'lum davrdagi tug'ilganlar va o‘lganlar soni farqi). Immigrantlar va emigrantlar balansi – aholining mexanik o‘sishidir.
Agar aholi soni tashqi migratsiya hisobiga ko‘paymaydigan bo’lsa– bu mamlakat aholisi “yopiq aholi” deyiladi, aksincha, tashqi migratsiyaning mavjudligi tufayli aholi soni ko‘payib borsa, bunday mamlakat aholisi “ochiq aholi” deyiladi. Aholining tabiiy o’sishi va migratsiya qoldig'i ma'lum davrdagi aholi soni o‘zgarishi komponentlaridir. Aholi mutlaq soni haqidagi eng aniq ma’lumotlar aholi ro’yxatini o‘tkazish orqali olinadi.
Aholi ro‘yxati oralig‘idagi aholi sonini aniqlashda esa demografik balans usulidan foydalaniladi. Mazkur usul demografik balans tenglamasida o‘z ifodasini topgan:
-aholi soni (o'rganilayotgan davr boshi).
N-o‘rganilayotgan davrdagi tug‘ilganlar soni
M-o‘rganilayotgan davrdagi o’lganlar soni
P-kelganlar (immigrantlar) soni
V-ketganlar (emigrantlar) soni.
O‘zbekiston aholisining 2022-yil 1-yanvardagi mutlaq sonini yuqorida keltirilgan tenglama yordamida aniqlaymiz. 2021 - yil 1 - yanvarda ( ) Respublikada mavjud aholi soni 34558,9 ming kishini tashkil etgan. 2021-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo’lgan davrda 905211 ta chaqaloq (N) tug’ilgan, 174541 nafar kishi hayotdan ko’z yumgan (M). Ana shu davrda Respublikaga kelganlar (P) soni 256814 kishini, respublikadan ketganlar (V) soni esa 275079 kishini tashkil etgan. 7 Demak,
=35371.3
Aholi soni dinamikasidagi o‘zgarishlarni mutloq ko’rsatkichlarda aniqlashning o‘ziga xos kamchiliklari mavjud. O’rganilayotgan davr qancha uzoq bo‘sa, aholi sonidagi o'zgarishlarning aniqlik darajasi kamayadi. Shuningdek, o‘rtadagi davrlarning xususiyatlari to’la ochilmay qoladi. Bu borada aholi sonidagi o'zgarishlarni nisbiy ko’rsatkichlar orqali aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bunda o‘rganilayotgan davr bir nechta kichik - kichik davrlarga bo’lib, ulardagi aholi o'sishi nisbiy aniqlanadi. Aholi soni dinamikasini ilmiy tatbiq etishda aholining davriy va o'rtacha yillik o‘sish koeffitsientlari ham xizmat qiladi.
Aholining davriy о’sishi koeffitsientlari: Aholining malum bir davrda o‘sishini aniqlashda eng oddiy usul o'rganilayotgan davrning boshidagi aholi soniga nisbatan o‘rganilayotgan davrning oxiridagi aholi sonini necha foiz oshganini aniqlashdir va u quyidagicha:
bu yerda,
-aholining o'sish sur’ati;
-aholining yil oxiridagi soni;
- aholining yil boshidagi soni. Masalan: O‘zbekiston aholisi 01.01.2021-yilda 34558.9 ming kishini tashkil etgan. 01.01.2022-yilda esa –35271.3 ming kishiga yetdi. Ushbu holda 2021-2022-yillardagi aholining o‘sish koeffit-sienti 102 % ga tengdir.Ikkinchi usuli o'rganilayotgan davrdagi aholi sonining mutlaq o‘sish sonini o'rganilayotgan davr boshidagi aholi soniga nisbati bilan aniqlanadi.Bular aholi dinamikasining nisbiy ko‘rsatkichlaridini ifodalaydi.Aholi dinamikasining nisbiy ko‘rsatkichlari uning rivojlanish intensivligini belgilaydi.