III. PSIXOPROFILAKTIKA ISHLARI MAZMUNI
11
|
Talabaning muayyan sharoitga moslashishiga oid ishlarni olib borish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin talabalar bilan ishlash va ularning ota-onalari hamda tyutorlari bilan alohida ishlash.
|
“Guruhda psixologik iqlimni aniqlash metodikasi” oʻtkazish.
“Art terapiya”, “Musiqa terapiya” mashgʻulotlari oʻtkazish.
Psixologik trening mashgʻulotlari oʻtkazish.
|
Yanvar-fevral oylari
|
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, psixolog
|
12
|
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari va xodimlaridagi psixologik zoʻriqish va kasbga doir charchoqni yengillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
|
Murojaatlarga asosan rolli oʻyinlar va trening mashgʻulotlari oʻtkazish.
|
Har semestr yakunida
|
Fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, dekan muovinlari, psixolog
|
13
|
Professor-oʻqituvchilar, xodimlar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarning psixologik ildizini oʻrganish, ularni keltirib chiqaruvchi motivlarni tahlil qilish hamda bartaraf etish choralarini koʻrish.
|
“Sotsiometriya” metodlari oʻtkazish. Metodika natijalari boʻyicha oliy taʼlim muassasasi rektoriga bildirishnoma kiritish.
“Jamoaga psixologik moslashuv mexanizmlari va shaxs xususiyatlari” mavzusida mashgʻulotlar oʻtkazish.
|
Reja-grafik asosida
|
Fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, dekan muovinlari, psixolog
|
14
|
Oʻzlashtirishi sust boʻlgan talabalarni ruhiy dunyosidagi nuqsonlarni aniqlash va ularga yordam berish yoʻl-yoʻriqlarini ishlab chiqish.
|
Tyutorlar bilan hamkorlikda oʻzlashtirishi past talabalar kontingenti aniqlash va past oʻzlashtirish sabablarini profilaktika qilish.
|
Semestr yakunida
|
Fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, dekan muovinlari, psixolog, tyutorlar
|
15
|
Suitsidga moyilligi bor talabalarni aniqlash boʻyicha psixologik metodikalar oʻtkazish.
|
Sung soʻrovnomasi, nevrasteniyani aniqlashning ekspress shkalasi hamda
psixologik soʻrovnomalar oʻtkazish
|
Noyabr va mart oylarida
|
Psixolog, tyutor
|
16
|
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan nogironligi bor talabalarga ruhiy koʻmak berish va ularni psixologik qoʻllab- quvvatlash
|
Bu toifadagi talabalarning maʼlumotlar bazasi yaratiladi va ular bilan individual suhbatlar hamda psixologik metodikalar tashkil etiladi.
|
Har chorakda
|
Psixolog, dekan muovinlari, tyutorlar
|
|