№
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Ijro mexanizmi
|
Ijro muddati
|
Masʼullar
|
I. TASHKILIY ISHLAR MAZMUNI
|
1
|
Oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan yaqindan tanishish va psixologning ijtimoiy-psixologik faoliyati hamda psixologik xizmat turlari haqida toʻliq maʼlumotlar berish. Psixologiya sohasidagi yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bilan tanishtirish.
|
Oliy taʼlim muassasasining barcha fakultetlarida psixolog tomonidan tayyorlangan buklet va tarqatma materaillari bilan davra suhbatlari, seminar treninglar tashkil etiladi.
|
Sentyabr oyida
|
Fakultet dekanlari, Psixolog, tyutor
|
2
|
Barcha fakultetlarda oliy taʼlim muassasasi psixologining vazifalari, amalga oshiradigan chora-tadbirlari, ijtimoiy, individual, psixologik yordam koʻrsatish imkoniyatlari haqida targʻibot ishlarini amalga oshirish.
|
Oliy taʼlim muassasasi kafedralari va boʻlimlari kesimida davra suhbatlari, seminar treninglar tashkil etiladi.
|
Oktyabr oyi
|
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, Psixolog
|
3
|
Oliy taʼlim muassasasi rahbariyati hamda psixolog ishtirokida tyutorlar uchun psixologik mahorat darslari va treninglar tashkil etish.
|
“Talabalar bilan ishlashda muomala madaniyati va xulq-atvor” mavzusida seminar-trening oʻtkazish.
“Muammoli talabalar bilan ishlash koʻnikmalari” mavzusida maʼruza oʻtkazish.
“Tyutor talaba nigohida” mavzusida soʻrovnoma oʻtkaziladi va tahlil qilinadi.
|
Sentyabr oyi
Dekabr oyi
May oyi
|
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, dekan muovinlari,
psixolog, tyutorlar
|
4
|
22-noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan Samarqand viloyatida “Hozirgi zamon psixologlari. Muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil etish.
|
Konferensiya dasturini ishlab chiqish.
Dastur asosida konferensiya oʻtkazish.
|
5-20-noyabr
|
Samarqand viloyati oliy taʼlim muassasasi
|
|