Davlatsektoridaresurslardanfoydalanishustidannazoratningyo‘qligi. Bugungi kunda davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning umumiy soni 2819 tani tashkil etadi, shundan 2000 tasida davlat 50% dan ortiq ulushga ega. Qoida tariqasida, davlat korxonalarida, xususiy sektorda bo‘lgani kabi, xodimlarning korxona resurslaridan foydalanishi ustidan qattiq nazorat mavjud emas, bu esa korrupsiya va o‘g‘rilik uchun asos yaratadi. Eng ko‘p davlat korxonalari kommunal xizmat, qurilish va xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy sohalar, turizm, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida joylashgan bo‘lib, bu sohalarda korrupsiya xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotning ko‘p tarmoqlari hukumatning alohida qarorlari bilan tartibga solinadi. Investitsiyalarning umumiy hajmida davlat investitsiyalarining yuqori ulushi saqlanib qolmoqda. Davlat 37 turdagi tovarlar va xizmatlar narxlarini tartibga soladi. Bugungi kunda xususiy sektorda 4 ishchi davlat sektorida 1 ishchiga to‘g‘ri keladi. Binobarin, rivojlanayotgan davlatlar sharoitida davlatning nazorat funksiyalarining katta qismi saqlanib qolishi korrupsiyaning
kuchayishi bilan birga keladi. Korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgar bo‘lgan mansabdor shaxslar sonining statistikasi shuni ko‘rsatadiki, davlat muassasalari va korxonalar xodimlariga qarshi barcha da’volarning 71 foizi qo‘zg‘atilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘llari
Barcha mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi u yoki bu darajada kurash olib boradi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasi katta ahamiyatga egadir. Masalan, Fransiyada korrupsiyaga qarshi kurash dasturini 500 nafar kishidan ortiq shtat birligi yoki muayyan mulk oborotiga ega har qanday korxona yeki tashkilot joriy etishga majbur. Bu dastur sakkiz muhim unsur asosida tuzilishi kerak. Bular:
Nafaqat korxona, balki uning tashqarisida ham xodimlarning man etilgan xulq-atvor ko‘rinishlarini namoyon etadigan, korrupsiya harakatlarining turli shakllari aniq belgilaydigan Xulq-atvor Kodeksi.
Xulq-atvor Kodeksi buzilgan hollarda tashkilot/korxona xodimlarini javobgarlikka tortish imkonini beruvchi xulq-atvor sanksiyalarining qat’iy tartibi.
Tashkilot yoki korxonaning xulq-atvor kodeksiga zid bo‘lgan xulq-atvor yoki vaziyat mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot yig‘ishga yordam beruvchi xabarchi-xodim himoyasini kafolatlaydigan xabar qilishning ichki anonim ya’ni yashirin tizimi.
Tashkilot yoki korxona faoliyati sohasiga bog‘liq holda, korrupsiya oid muhim xatarlarlarini aniqlab, tahlil qilib belgilaydigan muntazam yangilanib turadigan xatarlar kartografiyasi.
Mijoz va ta’minotchilar, shuningdek, vositachilarning ehtimoliy korrupsiya xavflarini baholash amaliyotlari.
Korrupsiya dalillarini yashirish uchun buxgalterlik kitobi, reyestr va hisob-kitob yozuvlaridan foydalanmaslik kafolatini ta’minlovchi ichki yoki tashqi buxgalterlik nazorati.
Korrupsiya xavfiga uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan hamda mavqeyidan foydalanish xavfidan xoli bo‘lmagan rahbar va xodimlarni muntazam ravishda majburiy o‘qitish uchun o‘quv rejasi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlar bo‘yicha ijrosini ichki nazorat va baholash tizimi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda faqatgina jazo choralarini qo‘llash samara keltirmasligini e’tiborga olish lozim. Fransiyada agar javobgar kompaniya yoki tashkilot Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi nazorati ostida belgilangan muddatda o‘z korrupsiyaga qarshi kurash dasturini ko‘rib chiqish va takomillashtirish majburiyatini olsa, jinoiy va ma’muriy sanksiyalarni cheklash imkoniyati mavjud. Bu mexanizm AQShda Foreign Corrupt Practice Act ga muvofiq va Buyuk Britaniyada Anti Bribery Act ga muvofiq allaqachon qo‘llanilayotgan mexanizmga o‘xshash bo‘lib, amaliyotda kutilgan ijobiy natijalarni bermoqda.
Bank operatsiyalarida sarmoya yuvish ustidan nazorat mexanizmlari. Shunday qilib, Yevropada mijozning hisobiga yirik pul mablag‘lari ularning manbasini tasdiqlovchi hujjatsiz kelib tushganda, barcha bank va moliya muassasalari noqonuniy kapital yoki noqonuniy kapitalni yuvish bilan bog‘liq gumonlarini deklaratsiya qilishga majburdir. Albatta, qoidaga ko‘ra “puxta“ amaldorlar katta hajmda pora olayotganda uni soliq jannati deb ataladigan offshor hududidagi bank hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishni afzal ko‘radi. Bu borada noqonuniy kapitalni yashirishning bunday joylari, “panama qog‘ozlari“ bilan bog‘liq shov-shuvli voqea isbotlaganidek, noqonuniy kapitalni maxfiy ravishda saqlashning mutlaq kafolati hisoblanmaydi. Ushbu ishda maxfiy hujjatlar oshkor bo‘lishi oqibatida, hujjatlar tergovchi- jurnalistlarning Xalqaro konsorsiumiga topshirilgan hamda jurnalistik tergov natijasida 12 nafar davlat va hukumat rahbarlari hamda 128 nafar yuqori darajadagi amaldorlarning bankdagi offshor hisoblari aniqlangan.
Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina va Moldoviya davlatlarida korrupsiya darajasi yuqori ekanligi ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi qator chora-chora- tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash, uni oldini olishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatilar qabul qilingan. Misol uchun, Ukrainada
«Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun mavjud bo‘lib
davlat boshlig‘i mazkur qonun normalarini hayotga joriy etilishi uchun jiddiy ahamiyat beradi. Ukraina Prezidenti 1997 yil 10 apreldagi 319-sonli farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurash milliy dasturi tasdiqlangan. Ukrainaning «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasida mansabdor shaxslarning daromadlari, qimmatli qog‘ozlari, ko‘chmas mulk va boshqa qimmatbaho buyumlari, shuningdek bankdagi omonatlari to‘g‘risida rasmiy nashrlarda ma’lumotlar berib borilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida ham korrupsiyaga qarshi kurash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi faoliyat yuritayapti. 2001 yilda Bosh prokuratura huzurida Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti tashkil etildi, 2002 yilda departament Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti etib qayta tashkil etildi. 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;