Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə45/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

  • ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish;

  • davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish



77 Ўзбекистон Республикасининг “Коррупцияга қарши кураш тўғрисида”ги қонуни. 2017 йил 3 январь,ЎРҚ-419-сон.19-модда.
tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;

  • tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun teng shart-sharoitlar yaratish va insofsiz raqobatga yo‘l qo‘ymaslik;

  • davlat xaridlarining samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish, davlat xaridlarini joylashtirishda oshkoralik, shaffoflikni ta’minlash hamda raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash;

  • ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa sohalarida aholi uchun adolatli shart-sharoitlarni hamda teng imkoniyatlarni yaratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik;

  • nodavlat tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish.

O‘zbekistonlik olimlar va amaliyotchilarning tadqiqotlarida78 ko‘rsatilishicha korrupsiyani yo‘q qilish uchun avvalambor davlatning iqtisodiyotga keraksiz aralashuvini kamaytirishga, davlat muassasalarida ishchilar sonini optimallashtirishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan strategiyani ishlab chiqish kerak, bu esa keyinchalik ushbu tashkilotlarda ish haqining oshishiga olib keladi. Kelgusida quyidagi yo‘nalishlarda Korrupsiyaga barham berishda kompleks yondashuv bo‘yicha samarali choralar ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin