6.1.1-rasm. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning sabablari82
82 Mualliflar tomonidan tuzilgan.
Shunday qilib, qonunchilikdagi kamchiliklar, uni buzish jazosiz qolishi va nazoratning sustligi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga imkoniyat yaratadi. Yuqori soliq stavkalari to‘g‘risidagi keng tarqalgan bahonalar esa asossizdir. Ammo soliqqa tortishning yuqori chegarasi mavjud bo‘lib, soliq stavkasi o‘sha darajadan oshib ketsa, iqtisodiy faoliyat sustlashib boradi.
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovdashning sabablarini tahlil etishda ikki xil yondashuvdan foydalanish zarur: soliqlarni “yangi boylar” tomonidan to‘lanmasligi va soliqlarni sobiq ittifoq korxonalari direktorlari tomonidan to‘lanmasligi. “Yangi boylar” islohotlardan dastlabki davrdagi yarim jinoiy kooperativ harakatda faoliyat yuritgan tadbirkorlar bo‘lib, psixologik sabablarga ko‘ra soliq to‘lashni xohlamaydilar. Ular hech qachon davlatga hech narsa to‘lamaganlar, bunga ularning jinoiy falsafasi va tadbirkorlik fe’l- atvori yo‘l qo‘ymaydi. Ular qonunchilikka rioya qiladigan fuqarolarga ongli ravishda aylanishlari uchun ma’lum bir davr kerak, hech bo‘lmaganda davlatdan o‘z mulki himoyalanishini talab qilish huquqiga ega bo‘lish uchun. Davlat, soliq nazoratini ham hisobga olgan holda, qanchalik tez kuchaysa, ularning psixologik yetilishi shunchalik tez amalga oshadi.
Sobiq ittifoq korxonalari direktorlari va rahbarlari soliq to‘lamaslik tajribasini tez o‘zlashtirib oldilar. Lekin ularda soliq to‘lamaslikka boshqa asoslar bor edi. Masalan, harbiy sanoat kompleksi korxonalari davlat buyurtmalari keskin pasayganligi sababli mablag‘lar yetishmasligidan jabr ko‘radilar, ko‘pchilik hollarda esa ishlab chiqarishni raqobatbardosh, bozor va aholi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tkazish qobiliyati yo‘qligidan jabrlanadilar. Ko‘pchilik boshqaruvchilar o‘z korxonalarining aktivlarini talon taroj qilishadi. Shunday ekan ulardan ishlab chiqarish hajmini kengaytirishni va soliqqa tortish bazasini ko‘paytirishni kutish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu hol ularning o‘zlari korxonaning egasiga aylanganlaridagina o‘zgarishi mumkin.
Tabiiy monopoliyalar alohida xususiyatga egadirlar, ular davlatga kelishgan holda soliq to‘laydilar yoki to‘lamaydilar. Buni quyidagicha tushunish kerak – faqatgina ular davlatga to‘lashlari kerak emas, balki davlat ham ularga to‘lashi kerak (davlat
muassasalariga issiqlik va elektr energiyasini yetkazish, hukumat qarorlariga binoan ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari evaziga).
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash natijasida soliqlarni yig‘ish va natijada soliqlar tushumi kamayadi, davlat budjetiga mablag‘ kelib tushishi kamayishi hisobiga ijtimoiy soha yetarli darajada moliyalashtirilmaydi; halol raqobat qoidalari buziladi; soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarning daromadlari ko‘payib boradi; korrupsiya o‘sadi; soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash evaziga to‘plangan kapital shaxsiy maqsadlar, xufyonaviy faoliyatga yo‘naltiriladi yoki xorijga olib chiqib ketiladi (qarang: 6.1.2-rasm).
Soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning oqibatlari
Soliqlar yig‘iluvchanligining kamayishi
Soliq tushumining kamayishi
davlat budjetiga mablag‘ kelib tushishi kamayishi hisobiga ijtimoiy soha yetarli darajada moliyalashtirilmaydi
soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarning daromadlari ko‘payib boradi
halol raqobat qoidalari buziladi
korrupsiya o‘sadi
soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash evaziga to‘plangan kapital xufyona faoliyatni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi
soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash evaziga to‘plangan kapital xorijga chiqib ketadi
|