Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


VI BOB. SOLIQLARNI TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLASH



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə49/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

VI BOB. SOLIQLARNI TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLASH





    1. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning mohiyati va sabablari
    2. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning asosiy turlari


    3. Offshor zonalar va firmalar (kompaniyalar) - soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash vositasi
    4. O‘zbekistonda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi chora-tadbirlar.





    1. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning mohiyati va sabablari

Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ko‘pchilik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni faoliyat yuritish normasiga aylandi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash qoidalar va qoidalarga rioya qilish bilan amalga oshiriladi, shu bilan birga soliq qonunchiligidagi har qanday bo‘shliqlarni topib, bunday kamchiliklardan foydalanadi. O‘zbekiston soliq qonunchiligida “soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash – soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan boshqa tarzda qasddan bo‘yin tovlash, shuningdek, daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etmaslik yoki unga atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish” tushunchasidan foydalaniladi81.
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan samarali kurashish uchun, birinchi navbatda, nega ko‘pchilik soliq to‘lovchilar uni to‘lashdan bo‘yin tovlashni tanlashlari sababini aniqlab olish muhimdir. O‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra soliqlar har bir fuqaroga beriladigan ijtimoiy boyliklar evaziga ixtiyoriy to‘lovlardir. Ammo amaliyotda masalaning bunday hal etilishiga bir necha sabablar to‘sqinlik qiladi.


81 Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va xufiyona iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish faktlarini aniqlashda yordam bergan shaxslarni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida ID-6984 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori
Birinchidan, “biletsiz” muammosi yuzaga keladi. Ba’zi individlar soliqlarni to‘lashdan bosh tortish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydilar, bunga sabab ko‘pgina soliq to‘lovchilar fonida ularning bunday faoliyati sezilmaydi, va taqdim etiladigan ijtimoiy boyliklar hajmiga ham ta’sir ko‘rsatmaydi, degan hayol bo‘ladi.
Ikkinchidan, texnik sabablarga ko‘ra katta guruhlarda hamjihatlik bilan qaror qabul qilishning iloji yo‘qdir. Ko‘pchilikka bo‘ysunish qoidasi esa soliq diskriminatsiyasi uchun ob’ektiv shart-sharoit yaratadi va jabr ko‘rgan soliq to‘lovchilarni ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishda ishtirok etishda ijtimoiy adolat va iqtisodiy samara nuqtai nazaridan bo‘yin tovlashga undaydi.
O‘tish iqtisodiyotlarida ushbu holat demokratik institutlarni samarasizligi, mulk va shartnoma himoyasi bo‘shligi, korrupsiya, fiskal siyosatning tor guruhlar manfaatlaridan kelib chiqib olib borilishi, tadbirkorlik faoliyatini noadekvat, ya’ni nomuvofiq tartibga solish, biznes uchun qulay muhitning yetarli emasligi kabilar bilan chuqurlashadi. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga soliq qonunchiligining zaifligi, undagi kamchiliklar hamda nazoratning sustligi bilan ham izohlanadi. Mamlakatda tadbirkorlar uchun soliq yukining og‘irligi, soliqlar miqdorining haddan tashqari ko‘pligi, soliq stavkalarining yuqoriligi, uni hisoblash usullarining murakkabligi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga turtki beradigan sabablar hisoblanadi (6.1.1-rasm).
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash asosan tadbirkor va biznes bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ma’naviyati, insoniy xususiyatlariga bog‘liq. Tadbirkor yoki jismoniy shaxs noqonuniy yoki noxolis xatti-harakatlar bilan ham faqat boylik to‘plashni, qo‘shimcha daromad olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa, u har qanday sharoitda ham qonunchilikdagi bo‘shliqlarni izlab topib, undan foydalangan holda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning turli-tuman usullarini o‘ylab topib, ularni qo‘llashga intiladi.
Shu sababdan ushbu sharoitlarda soliq to‘lovchilar tabiiy munosabati opportunistik xususiyatga ega bo‘ladi, bunda ular soliqlarni jazo sifatida qabul qiladilar va ijtimoiy boyliklarni moliyalashtirishda qatnashishni minimallashtiradilar. Tadbirkorlar davlatning soliqlardan oladigan foydasi yoki uni to‘lanmasligidan
ko‘riladigan zarari to‘g‘risidagi mavhum taqqoslashlardan emas, balki risklar borasidagi muayyan masalalarga amal qiladilar: soliq summasi uni to‘lamaslik evaziga solinadigan sanksiyalardan qanchalik kattaligini taqqoslaydi. Agar to‘lamaslik uchun jazo og‘ir emas, buni aniqlash ehtimoli juda past bo‘lsa, ko‘pchilik tadbirkorlar soliq to‘lashdan qochish yoki soliq qonunchiligi va soliq undirish texnikasidagi kamchiliklardan foydalanib, soliqlarni minimallashtirishga harakat qiladilar.


Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash sabablari

tadbirkorlik faoliyatini noadekvat (nomuvofiq) tartibga solinishi
biznes uchun qulay muhitning yetarli emasligi


mulk va shartnoma himoyasi bo‘shligi
korrupsiya


Soliq qonunchiligidagi kamchiliklar, uni buzishning jazosiz qolishi va nazoratning sustligi
soliq miqdorining ko‘pligi
soliq yukining og‘irligi
soliq stavkalarining yuqoriligi, ularni hisolash usullarining murakkabligi

Tadbirkorning ma’naviyati va insoniy xususiyatlari



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin