Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə93/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

«qayta taqsimlash jinoyatchiligi» - qandaydir ishlab chiqarish (o‘g‘rilik, talonchilik va h.k.) bilan aloqada bo‘lmagan daromadlarni qayta taqsimlashga olib boradigan jinoiy faoliyatlardir;

  • «unumdor jinoyatchilik» - qonun tomonidan taqiqlangan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotishdan daromad keltiradigan jinoiy biznesdir.

    Birinchi vaziyatda jinoiy faoliyat odatda mehnat taqsimotini (yoki u minimal bo‘lsada) talab qilmaydi. Bunda ko‘lam samarasi salbiy: jinoiy guruh sonining ko‘payishi jinoiy xatti –harakatlar (har bir ishtirokchiga to‘g‘ri keladigan qazib olish miqdori) “samaradorligi”ni unchalik oshirmaydi, balki qonun himoyachilarining qo‘liga tushib qolish ehtimolini kuchli oshiradi. Shu sababli bunday turdagi jinoyatchilik yo yolg‘iz-jinoyatchilar tomonidan, yoki nisbatan ko‘p sonli guruhlar tomonidan sodir etilib, ularning amal qilish muddati unchalik uzoq emas (ko‘pincha ular boshidanoq “o‘ljani yulish va qochib qolish” uchun tashkil qilinadi)179.
    Ikkinchi vaziyatda aksincha, jinoiy faoliyat jamoaviylikka “mahkum qilingan”: jinoiy ishlab chiqarish legal ishlab chiqarish




    178 Qarang: Основы борьбы с организованной преступностью / Под ред. В. С. Овчинского, В. Е. Эминова, Н. П. Яблокова. М., 1996. С. 10.
    179 Qaroqchilik yagona istisno hisoblanadi, kemani boshqarish va dengiz jangida yurish faqat komanda bilan, ko‘p sonli komanda bilangina mumkin bo‘ladi. Biroq jinoiy sohaning mazkur turida ham uyushganlik darajasi odatda, alohida komanda doirasidan tashqari chiqmadi: qaroqchilik tarixida qaroqchilar komandasi birgalikda harakat qilish uchun birlashganliklari vaziyati juda kam ma’lum.
    qonuniyatlariga bo‘ysunadi, ya’ni mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvini taqozo etadi. Bunda transaksion xarajatlar – jinoiy biznes ko‘p sonli qatnashchilari o‘rtasida barqaror munosabatlarni saqlash va ushlab turish xarajatlari muammosi vujudga keladi.
    «Tashkilotni shakllantirgan va qandaydir shaxsga (“tadbirkorga”) resurslarni to‘g‘ri yo‘naltirish huquqini bergan holda ayrim bozor xarajatlarini qisqartirish mumkin bo‘ladi”, deb yozadi R. Kouz180. Aynan shu sababli ham jinoyatchilarni yangi, unumli jinoiy sohalarga o‘tkazishda kriminal obro‘ga ega bo‘lgan jinoiy guruhlar boshchilari

    • mafiyachi firmalar shakllanib, ularning har biri turli “mutaxassislik”dagi jinoyatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish xarajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy faoliyat bilan band jinoyatchilar bundan tashqari, atrof ijtimoiy muhit bilan ham munosabatlarni yo‘lga qo‘yishlari zarur. Jinoiy faoliyat qamrovi qanchalik keng bo‘lsa, raqobatlashuvchi jinoyatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari qarshi ta’sirlarini yengish shunchalik qimmatga tushadi. Shu sababli keng ko‘lamli statsionar jinoiy faoliyat, bir tomondan, jinoiy to‘dalar o‘rtasida va boshqa tomondan, to‘dalarning huquq -tartibot idoralari o‘rtasida o‘zaro foydali yashirin bitimlar tuzishlarini taqozo etadi.

    Jinoiy tashkilotlar hamkorlik va raqobat qoidalari to‘g‘risida kelishgan holda ta’sir sohalarini (hududlar, faoliyat turlari) bo‘lishib oladilar. Tartibot vakillari mafiyadan muntazam ravishda pul mablag‘lari olib turadilar (yoki boshqa foydali xizmatlar, masalan, tashkil qilinmagan jinoyatchilikni to‘xtatib turishda yordam ko‘rsatish), buning evaziga esa “haddan tashqari” xizmat vazifasini namoyish etmaslik majburiyatini oladilar. Jinoiy tashkilot tuzish bir gangsterga to‘g‘ri keladigan kelishuv va poraga xarajatlarni kamaytiradi, shu sababli bitim ishtirokchilari soni kamayadi (to‘da boshchilari uning barcha a’zolari nomidan harakat qiladilar).
    Oddiy fuqarolar mafiyaning huquq - tartibot idoralari bilan yashirin bitimi to‘g‘risida korrupsiyani tugatishni talab qilgan holda juda hal qiluvchi muhokama qilsalarda, bunday bitim tuzish mumkin emas. Jamoatchilar noroziligini bartaraf qilish uchun uyushgan jinoiy


    180 Qarang: Коуз Р. Фирма, рынок и право. М, 1993. С. 39.
    guruh jamiyat bilan ham, tashkil qilinmagan jinoyatchilik bilan ham yashirin bitimlar tuzishi zarur.
    Odatda mafiyaning o‘zi kriminal harakatlarni (qotillik, talonchilik) keltirib chiqaruvchilarni kamaytiradi181 va ularning tashkil qilinmagan jinoyatchilar tomonidan namoyon qilinishini to‘xtatib turadi. Oddiy fuqarolar taqiqlangan va taqchil tovarlar va xizmatlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning ko‘plari mafiyachilar korxonalaridan ish topadilar.Tashkil qilinmagan jinoyatchilar ham jinoiy tashkilotlarning o‘ziga xos “subpudratchilari” sifatida yashirin bitimlar tizimiga qo‘shiladilar. Jinoiy tashkilot tomonidan nazorat qilinadigan hududda amal qilish huquqiga ega bo‘lgan holda tashkil qilinmagan jinoyatchilar buning uchun “soliq” to‘laydilar. “Litsenziyasiz ishlash” juda xavfli – o‘z mulkchilik huquqlarini buzuvchilarni mafiya byurokratik to‘siqlarsiz va me’yoridan ortiq insonparvarliksiz muhokama qiladi. Tashkil qilinmagan jinoyatchilar jinoyat xarajatlarini kamaytirish imkonini beradigan uyushgan gangsterlar “maslahatlari” dan foydalanishlari mumkin.
    Mafiya tomonidan yashirin tashqi aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida o‘ziga xos “ijtimoiy kelishuv” muhiti yaratiladi. Yashirin bitimlar mazkur tizimining barcha ishtirokchilari qandaydir foyda (hech bo‘lmasa tasavvurda) ko‘radilar. “O‘yin qoidasi” ga rioya qilinar ekan, uyushgan jinoyatchilik kam seziladi va ijtimoiy muammo sifatida qabul qilinmaydi.




    181 «O‘q otish va qotillik – biznes qilishning natijasiz vositasi, – shu nuqtai nazardan bayon qildi Amerika mafiyasi bossi Meyer Lanski. – Ford sotuvchilari sotuvchilardagi Shevrolni otmaydilar. Ular bir-birlariga narxlarni bo‘lishga urinadilar. Biz ancha ilgari bu tamoyilni kuzatishga qaror qildik. O‘t ochish qurolidan va zo‘ravonlikdan foydalanish kamdan-kam bo‘lishi, yaxshisi esa foydalanmaslik mumkin» (Иванов Р. Ф. Мафия в США. М., 1996. С. 339). Albatta, gunohsiz gangster balandparvozligiga tuzatishlar kiritish zarur. Biroq zo‘ravonlikni qo‘llash xavfi gangsterlik zo‘ravonligining o‘zini qo‘llashni ortiqcha qilib qo‘yishi shubhasiz.







    Tovarlar va
    xizmatlar
    Tovarlar va
    xizmatlar

    Oddiy fuqarolar



    Yüklə 0,99 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   119




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin