Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek


-rasm. Jinoiy tashkilot bitimlari tizimi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə94/119
tarix14.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#113373
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

9.2.1-rasm. Jinoiy tashkilot bitimlari tizimi


Shunday qilib, uyushgan jinoiy guruh jinoiy faoliyat transaksion xarajatlarini kamaytiradigan yashirin munosabatli bitimlar tizimini o‘zida mujassamlashtiradi (9.2.1-rasm).


Jinoiy tashkilotning yashirin bitimlar tizimi sifatidagi modeli tabiiyki, umumlashgan abstrakt tavsif kasb etadi. Real uyushgan jinoyatchilik ushbu idealga intiladi, ammo har doim ham unga erishavermaydi. Yaponiyaning uyushgan jinoyatchiligi unga ko‘proq muvofiq kelib, politsiya bilan uzviy aloqalarni ushlab turgan holda to‘la oshkora harakat qiladi182.


182 «Aynan mamlakatlar ittifoqida politsiyalar va mafiyalar mazkur mamlakatdagi
    1. Mafiya xufyona hukumat sifatida


Uyushgan jinoyatchilik uchun xos bo‘lgan (Italiya mafiya “oilalari”, Yaponiyada yakudza, Xitoy triadalari va b.) jinoiy tashkilotlarning faoliyati nolegal tadbirkorlikka olib kelmaydi. Ushbu barcha mafiya tashkilotlari hozirgi nolegal bozorlar (narkotiklar, “jonli tovar”, qurol-yarog‘lar, antikvarlar, o‘g‘irlangan avtomashinalar va h.k.) shakllangunga qadar ham mavjud bo‘lgan: nolegal tovarlar bozorlari faqat Ikkinchi jahon urushidan keyin vujudga kelgan bo‘lsa, deyarli barcha mashhur mafiya uyushmalari (Amerika “Koza Nostra” bundan mustasno) XIX asrning o‘rtalaridan boshlab faol harakat qilganlar.
Jinoiy hamkorliklarning legal firmalarga aylanishi ularning yuqori darajada rivojlanishiga to‘g‘ri keladi. Ilgarigi bosqichlarda mafiya tashkilotlari ko‘proq o‘ziga xos yashirin hukumatlar sifatida rol o‘ynagan. Oqibatda bu o‘xshashlik belgilari sezilarli ravishda susaydi, ammo to‘liq yo‘qolib ketmadi. Buni isbotlash uchun reket- biznesni ko‘rib chiqamiz, har qanday mafiya tashkilotining tarixi odatda undan boshlanadi.
Reket - bu jinoiy va mulkiy ziyon yetkazish xavfi bilan gangster “soliqlari”ning to‘planishidir. Soliqlarni yig‘gan holda jinoiy tashkilot odatda “soliq” solingan tadbirkorlarga boshqa jinoiy guruhlarning yoki individual jinoyatchilarning tajovuzlaridan himoyalashni kafolatlaydi. Barqaror to‘lovlarni kafolatlash uchun reketlar o‘z mijozlari o‘rtasidagi mulkiy nizolar (qarz majburiyatlari, shartnomaviy kelishuvlarning ijrosi) bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarda oliy arbitr rolini o‘z zimmasiga olishga intiladi.
Reketlik bilan shug‘ullangan holda jinoiy tashkilot mulkchilik huquqini himoyalash – barcha kriminal unsurlardan, shu jumladan, mazkur tashkilot a’zolaridan ham himoyalash xizmatlarini sotadi.


past jinoyatchilik darajasiga nisbatan sababga tayanadi. Politsiyaning barcha kuchlari faqat mafiya bilan emas, balki tashkil qilinmagan jinoyatchilik bilan kurashga qaratilgan va mafiyaning o‘zi unga mazkur kurashda yordam beradi. Mafiya “oila” lari tashkil qilinmagan jinoyatchilarga tartibsizliklar keltirib chiqarish imkonini bermaydi». (Преображенский К. Пасынки самураев // Вокруг света. 1989. № 2. С. 10, 12). Binobarin, 1990-yy. da politsiya va yakudzaning bunday “iddillistik” amal qilishi buzila boshladi.


Huquqni muhofaza qilish xizmatlari doimo ijtimoiy ne’matlar (public goods) qatoriga kirib, ularni ishlab chiqarish davlat monopoliyasida hisoblanadi. Shu sababli reket-biznesning rivojlanishini kriminal politogenez, rasmiy hukumat bilan raqobatlashuvchi yashirin erzats – hukumatlarni yaratish shakli sifatida o‘rganish zarur. «...Mafiya, - deb yozadi shu masala bo‘yicha mashhur Amerika iqtisodchi-kriminologi E.Enderson, - qonuniy sud tizimi o‘z vakolatlarini bajarishda fiaskoga toqat qilayotgan sohalarda hukumat (qonunlarni ijro etuvchi va kriminal sud ijrochiligi) vazifasini bajaradi»183.
“Yashirin” odil sudni tashkil qilishni o‘z zimmasiga olayotgan kriminal hukumat vazifasini individual jinoyatchilar va mayda raqobatlashuvchi to‘dalar kuchi bilan emas, balki faqat uzoq yillardan buyon amal qilib kelayotgan yirik tashkilotlar orqali bajariladi. Bundan tashqari, nizoli hududlar tufayli o‘zaro to‘qnashishlarni bartaraf qilish maqsadida turli jinoiy tashkilotlar faoliyatini muntazam muvofiqlashtirib turish zaruriyati vujudga keladi. Buning uchun yirik jinoiy “oilalar” rahbarlaridan iborat ixtisoslashgan “direktorlar kengashlari” tuzilib, ularning muntazam yig‘ilishlarida kriminal faoliyatni strategik rejalashtirish va nizolarni tartibga solish amalga oshiriladi.
Ommaviy-huquqiy vazifalarni monopollashtirishdan boshlab, yirik jinoiy tashkilotlar kriminal ishlab chiqarish alohida turlarini monopollashtirishga tez o‘tib ketadilar – o‘ziga xos “milliylashtirish”ni amalga oshiradilar. Mohiyatan har bir jinoiy tashkilot raqobatni markazlashgan taqsimotga to‘liq almashtirgan holda gangster bozor xo‘jaligi o‘rniga gangster buyruqbozlik iqtisodiyotini tuzishga harakat qiladilar. Ammo bu mutlaqo amalda bajarilmaydi.
Jinoiy biznesning bir tashkilot tomonidan to‘liq monopollashtirilishiga, eng avvalo, kriminal ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zi to‘sqinlik qiladi. Jinoiy makonlarda, legal makonlardagi singari ob’ektiv ravishda monopol to‘siqlar: ko‘lam samarasi, taqchil xom ashyo resurslarini egallab olish imkoniyati kabi


183 Эндерсон Э. Организованная преступность, мафия и правительство // Экономика и организация промышленного производства. 1994. № 3. С. 161.
to‘siqlar vujudga keladigan sohalargina monopollashadi. Kriminal biznesning ko‘pgina sohalarida bunday to‘siqlar yo‘q ekan, uni qanchadir to‘liq monopollashtirish mumkin emas.
Bundan tashqari, jinoiy tashkilot qanchalik yirik va kuchli bo‘lsa, muqobil hokimiyat markazi (masalan, Medelinsk narkokarteli bilan aynan shunday bo‘lgan) paydo bo‘lishidan bezovta bo‘layotgan huquq - tartibot kuchlarining kuzatish ob’ekti bo‘lib qolishi ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.
Mazkur ob’ektiv holatlar tufayli qandaydir kriminal sohalarni “yashirin hukumat” tomonidan to‘liq “milliylashtirish” amalga oshirilmaydigan ishdir184. Rivojlangan uyushgan jinoyatchilik tadqiqotchilar oldida mustaqil knyazliklarga o‘xshash mahalliy monopol firmalar tarmog‘i sifatida turib, ular o‘rtasida eskilari doirasidan tashqarida va yangi bozorlarni o‘zlashtirish uchun raqobat to‘xtamaydi.



    1. Yüklə 0,99 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin