19
m kenglikdagi tor yo’llar kamida har 100 m da barpo etiladi.
Omborlar kengligi shunday hisob bilan olinadikim, elementlar qushimcha
ko’tarish va siljitishlarsiz bir marta ko’tarilishi, yahni ular
xizmat qilaytgan kranning
harakat zonasida bo’lishi kerak.
Yig’ma elementlar omborda, transport vositalarida tashilgan
holatidagidek
joylashtiriladi. Gorizontalg’ taxlanadigan konstruktsiyalar orasiga yg’och tagliklar va
ular orasidagi masofa konstruktsiyalarni ishlash sharoiti bilan bog’liq holda qo’yiladi.
Elementlarni omborda
joylashtirilishi alohida, yahni bir tipdagi elementlar bir
yerda taxlanadi va guruhli, yahni turli tipdagi elementlar bir yerda taxlanib,
ularni
montaji kranning bitta turar joyidan amalga oshiriladi.
2.
Qurilish maydoni yo’llari
Qurilish avtoyo’llari
, qurilish maydonini umumiy avtomobilg’ yo’llarini
tarmog’i bilan bog’lovchi
shoxobcha yo’llar va qurilish maydoni ichra yuk tashiladigan
qurilish maydon ichidagi yo’llardan iborat. Odatda, shoxobcha yo’llar doimiy, qurilish
maydon ichidagi yo’llar vaqtinchalik quriladi. Bu yo’llar asosiy obhekt qurilishi
boshlangunga qadar quriladi.
Qurilish maydonida yo’llar berk va halqasimon bo’lishi mumkin. Berk yo’llarni
oxirida aylanish maydonchalari, o’rta qismida kerakli holatda razhezdlar bo’lishi kerak.
Avtomobilni normativ gabaritlaridan kelib chiqqan holda (kengligi 2.5 va balandligi
3.8 m bo’lgan to’g’ri to’rtburchak) bir tomonlama harakatda avtomobil yo’lini
kengligi 3.5 m dan, ikki tomonlama harakatda 6 m dan kam bo’lmasligi kerak. Agar
yo’l bir tomonlamali qilib loyihalangan bo’lsa, yuklarni tushirish joylarda
kengaytirilgan joylar bo’lishi nazarda tutilgan bo’lishi kerak va yo’lning umumiy
kengligi 6 m dan kam bo’lmasligi kerak. (3.2-rasm).
Yuk ko’taruvchanligi 25...30 t va undan ortiq bo’lgan og’ir
mashinalar
qo’llanilganda, yo’lning transport yuradigan qismining kengligi 8 m gacha
kengaytiriladi. Agar qurilish maydoniga yirik gabaritli va uzun o’lchovli yuklar
yetkaziladigan bo’lsa yo’llar kengligi qo’shimcha oshirilishi mumkin.
Yo’llarni qayrilish radiusi alohida mashina va avtopoezdlarning manevr qilish
imkonlaridan
kelib chiqqan holda, yahni ularning orqaga yurmay oldinga harakat
qilgandagi aylana olishligidan kelib chiqadi. Odatda minimal qayrilish radiusi 15m
qabul qilinadi, usha yerda yo’lni yurar qismini kengligi oshiriladi – yo’l kengligi 3,5m
bo’lganda qayrilishida 5m bo’ladi.
Konstruktiv jihatdan avtomobilg’ yo’llari ye
r ko’tarmasi
va yo’l qoplamasi
qismlaridan iborat. Yer usti suvlarini qochirish uchun yo’llarni to’g’ri bo’laklarida ikki
taraflama nishablik, egri chiziqli bo’laklarida bir tomonlama nishablik hosil qilinadi.
Yo’l qoplamasi bir necha qatlamlardan iborat – to’shaladigan qo’mli qatlam,
yuk ko’taruvchi zamin (shebenkali, betonli, temirbetonli) va qoplama. Qurilish
maydonida qurilish davrida bo’ladigan xarajatlarni kamaytirish uchun doimiy yo’llar
yuqori qoplamasiz barpo etiladi. Faqat yo’lning pastki qatlamlari
barpo etilib temir
betonli yo’l plitalaridan vaqtinchalik qoplama hosil qilinadi. Asosiy qoplama bu holatda
obhekt topshirilishidan oldin qoplanadi.
Temirbeton yo’l plitalari sifatida plandagi ko’rinishi to’g’riburchakli yki
ponasimon plitalar qo’llaniladi ( 3.3-rasm).
20
3.2-rasm. Maydon ichidagi avtomobilg’ yo’llari:
1 – halqasimon yo’l; 2 – berk yo’l;3 – razhezd; 4 – burilish; 5 – halqasimon
yo’lni kengaytirilgan qayriladigan qismi
3.3-rasm. Temirbeton plitalardan vaqtinchalik yo’llar:
a – izli, to’g’riburchakli plitalardan bir tomonlama; b – shuning o’zi
ikkitomonlama; v – transport razhezdida yo’lni kengaytirilishi; g – ponasimon
shakldagi plitalardan; 1 – bir izli uchastok; 2 – ikki izli uchastok.
To’g’ri burchakli yo’l plitalari ( uzunligi 2.5...3.0 m, kengligi 1.0...1.5 m qalinligi
0.14...0.22 m va massasi 0.63...1.8 t) tayyrlanishi va qurilish
maydonida ishlatilishi
oddiy, yuqori yuklarni qabul qiladi, istagan vaqtda va faslda o’rnatilib darrov foydalanish
mumkin. Yo’llar ko’proq izli -bir va ikki yo’l razhezdli qilib quriladi. Ponasimon plitalar
21
yo’l qoplamasini butun kengligi bo’ylab o’rnatilishiga imkon beradi, burilish joylarida
qayrilish radiusi hohlagancha bo’lishi mumkin. To’g’ri chiziqli yo’llarda plitalar navbat
bilan bir marta keng qismi , bir marta tor qismi tomoni bilan o’rnatilib boriladi. Bu
turdagi plitalardan foydalanganda ayrim uchastkalarda (ayniqsa burilishda)
monolit
qismlarga ehtiyj qolmaydi..
Ushbu turdagi yo’llarni qurish, tahmirlash va yaroqli holda saqlash xarajatlari
harakat intensiv bo’lgan qurilishlarda o’zini 1.5...2 yilda qoplaydi. Yig’ma va
bo’laklarga ajratiladigan plitalar qurilish tashkilotini shaxsiy mulki bo’lib , undan ko’p
marta foydalanish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: