24
Qurilish maydonidagi muhandislik-geologik tadqiqotlarga kiradi:
•
gruntlarning muhandislik baholanishi va ularning yuk ko’taruvchanligi;
•
qurilish maydonida grunt suvlari sathini aniqlash;
•
geodezik rejalash asosini yaratish;
•
bino va inshootlarni quriladigan joyda rejalashtirish
Gruntlarni muhandislik baholanishi oldindan obhektni loyihalashga qadar
bajariladi. Unga gruntni qurilishga doir xususiyatlari – granulometrik tarkibi, zichligi,
namligi, yumshatilishi va boshqalarni baholash kiradi.
Bu maqsadda maxsus
tashkilotlar qo’yilgan texnik topshiriqqa asosan chuqurlikdan yki yuzadan burg’ilash
yordamida namunalar olishadi. Olingan mahlumotlar asosida loyihalanish jaraynida
tayyrlanish usullari, ko’chaytirish, maqsadga muvofiq
mexanizatsiyalashtirish va
ishlarni olib borish, ayrim hollarda barpo etilaytgan binoni konstruktiv xususiyatlari
haqida ham kerakli qarorlar qabul qilinadi.
Er osti grunt suvlari sathini aniqlash ishlarni bajarishni loyihalashda qurilish
jarynida suv sathini tushirish buyicha tadbirlar ishlab chiqilishini, kerak bo’lgan
holatda obhektdan foydalanish davridagi suv sathini tushirish bo’yicha
takliflarni
beradi.
Tayanch geodezik to’rni yaratish. Qurilish maydonini va unda qurilaytgan
inshootlarni geodezik rejalashtirish yer ishlari va keyingi bajariladigan qurilish ishlarini
geodezik ta’minoti uchun asos bo’lib xizmat qiladi:
•
Tayanch geodezik to’rni yaratish, maydonni kvadratlarga bo’lish va reperlar
bilan uchlarini mustahkamlash, maydonni tekshirish asosda nivelirlash;
•
quriladigan joyda bino va inshootlarni rejalashtirish,
va tayanch geodezik
to’riga yki mavjud qushni binolarga bog’lash;
•
bino atrofi bo’ylab obnoska qurish, o’qlarni ko’chirib mahkamlash.
Boshqa so’z bilan aytganda qurilish maydonini tayyrlash bosqichida keyinoq
qurilishni hamma bosqichlarida va u tugallangandan so’ng kerakli belgilarni ham
planda ham vertikal bo’yicha oddiy aniqlab beradigan
geodezik rejalash asoslari
yaratilishi kerak. Rejalashtirish uchun qurilish bosh plani, inshootning ishchi
chizmalari va rejalashtirish chizmalari boshlang’ich material bo’lib xizmat qiladi.
Geodezik rejalash asoslari qurilish obhektlarini plandagi o’rnini,
va keyingi
rejalashtirish ishlarida mahalliy yerdagi balandlik belgilarini aniqlash uchun qo’yidagi
ko’rinishlarda to’ziladi:
•
barpo etilaytgan binoning o’rni va o’lchamlarini aniqlovchi bo’ylama va
ko’ndalang o’qlardan iborat qurilish to’ri;
•
qurilishning
qizil
chiziqlari,
shuningdek
shaharni
o’zlashtirilgan
territoriyasida alohida binoning qurilishga muljallangan holatini va o’lchamlarini joyga
biriktiruvchi bo’ylama va ko’ndalang o’qlari.
Qurilish to’rini va uning o’rnini loyihalagan paytda qo’yidagilarni tahminlash
kerak:
•
rejalashtirish ishlarini bajarishga maksimal qo’layliklar yaratish;
•
barpo etilaytgan asosiy bino va inshootlarni to’r figuralari ichida
joylashtirish;
•
to’r chiziqlarini barpo etilaytgan bino va inshootlarning asosiy o’qlariga
parallel va mumkin qadar yaqin joylashtirish;
•
to’rning hamma tomonlari bo’yicha kerakli uzunliklarni o’lchash;
•
to’r belgi ( nishon, reper) larini o’lchash uchun va yn reperlarni ko’rinishi
qo’layligini tahminlash, hamda ularning buzilmasligi va turg’unligini tahminlovchi
25
joyda o’rnatish.
Er inshootlarini geodezik rejalashtirish qurilish
bosh plani kabi masshtabda
chizilgan qurilish maydonini geodezik plani asosida amalga oshiriladi. Planda Davlat
triangulyatsion to’riga hamda mavjud bino va inshootlarga bog’lanish beriladi;
Geodezik reja asosida inshootni joydagi holati, uning gorizontal va balandlik bo’yicha
bog’lanishi aniqlanadi.
Qurilishga tayyrlanish jaraynlarida va bo’lajak yer inshootlarini ―natura‖
holatiga ko’chirish uchun qurilish maydoni territoriyasi asosiy va qo’shimcha kvadrat
va turtburchaklarga bulinadi. Relg’efga qarab asosiy figuralarni uzunligi 100...200 m,
qo’shimcha figuralarniki – 20...40 m bo’ladi. Hosil bo’lgan
figuralarning uchlari
reperlar bilan mahkamlanadi. Kvadrat uchlariga nivelir yordamida qoziqchalar
o’rnatiladi, ularning balandligi yer sathiga nisbatan reperlarni loyiha balandliklariga
mos kelishi kerak. Bu keyinroq tekislash ishlarini
bajarish uchun, qaerda ko’tarma va
qaerda qazilma bo’lishini aniqlash uchun bajariladi.
Dostları ilə paylaş: