59
inshootlarning yerdan yuqoridagi qismlarini samarali montaj qilishni tahminlaydi va
qurilishni industrial uslublarda olib borishning shartlaridan biridir. Ammo binoning
hajmiy-rejaviy, texnologik yechimlariga bog’liq holda va qurilish sharoitini xisobga
olganda boshqa usullar ham samarali bo’lishi mumkin.
Yopiq usulda xar bir montaj uchastkasida oldin yer
ishlari va faqat binoning
tagidagi poydevorlar o’rnatiladi, so’ngra karkas montaj qilinadi. Montaj ishlari
tugallangandan keyin bino karkasini ichida kotlovan qazilib,
texnologik uskunalar,
ichiga o’rnatiladigan konstruktsiyalar (etajerkalar) va texnologik uskunalar uchun
poydevorlar va barcha yer osti inshootlari barpo etiladi. Faqat bulardan keyin
etajerkalar konstruktsiyalari va
texnologik uskunalar montaji, quvur o’tqazish ishlari
hamda barcha pardozlash ishlari bajariladi..
Yopiq usulni bino texnologik uskunalarining poydevorlari oraliqda ko’p
maydonni egallaganda va rivojlangan yerosti kommunikatsiyalari xujaligi tarmog’ini
barpo etish zaruriyatida qo’llash oqilona xisoblanadi. Bu kranlarni harakatlanishini
qiyinlashtirib, qushimcha yo’l xarajatlarini talab etadi. Yopiq usul ishlarni bo’linishiga
, keng manevrga va kam foydalanish xarajatiga ega o’ziyurar kranlarni qo’llanilishi
bilan minorali kran qo’llaniladigan ochiq usuldan farqlanadi. Bunda ko’p
ishlar tom
ypilgandan so’ng bajariladi, bu yg’ingarchilik tahsiridan saqlanish uchun muhimdir.
Dostları ilə paylaş: