Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-qurilishi instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti shaxarsozlik va kommunal infratzulmani boshqarish kafedrasi



Yüklə 230,28 Kb.
səhifə41/47
tarix19.12.2023
ölçüsü230,28 Kb.
#187113
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi-fayllar.org

Ishlarni bajarish ketma ketligi 
Bir qavatli sanoat binolari odatda zavodlarda seriyali tayyrlangan tipovoy
(namunaviy) yig’ma temir beton elementlaridan montaj qilinadi. Bir qavatli
binolarning yig’ma konstruktsiyalari to’suvchi va yuk ko’taruvchi turlarga bo’linadi.
Yuk ko’taruvchi konstruktsiyalarga – yig’ma poydevorlar, ustunlar, kran osti to’sinlari,
stropila va stropilaosti fermasi, to’suvchilariga esa – tomypma plitasi, kamar – to’sin va
devor panellari kiradi.
Oraliqlari 30 m va undan katta bo’lganda metall fermalar qo’llanilib, kichik
oraliqdagi binolar arkasimon, segmentli va paralel belbog’li temir-beton fermalar bilan
ypilishi mumkin. SHuni tahkidlash kerakkim temirbeton karkasli binolarni barpo
etishdagi mehnat sarfi uxshash metall konstruktsiyali binolarga qaraganda ancha
yuqoridir.
Yig’ma temir betonli binolarni elementlari bittalab montaj qilinadi, chunki
ularning tutashuv joylari murakkabligi tufayli fazoviy bloklariga biriktirib,
yiriklashtirilmaydi, chunki temirbeton blokining massasi, xuddi shunday metall blokka
nisbatan 3 ... 5 marta og’ir bo’ladi.
Tutashuv joylarini yaxlitlashda − ―ho’l jaraynlar‖ mavjudligi
konstruktsiyalar montajini ancha murakkablashtiradi. Ustunlarni stakan turidagi
poydevorlarga o’rnatgandan va ularni yaxlitlagandan so’ng, keyingi konstruktsiyalarni
montaj qilish qiyinlashadi. CHunki tutashuv joylarini yaxlitlash va ular 70%
mustaxkamlikka erishguncha ushlab turish talab qilinadi. Bu esa qishki mavsumda
ishlarni bajarishda qo’shimcha murakkabliklar tug’diradi.
Qurilish maydonida bir nechta kran mavjud bo’lganda karkasni montaj qilish
bir nechta paralel va ketma-ket oqimlarida bajarilishi mumkin: yig’ma poydevorlar,
ustunlar, ustunlar orasidagi bog’lovchilar, kranosti to’sinlari va tom ypma elementlari,
devor panellari montaji. Ishlarini bunday tashkil etilishi obhektni montaj muddatini
sezilarli darajada qisqartiradi.
Poydevorlar uchun transheya yki chuqurlar qazilib, zamin tekislanib
zichlangandan so’ng, poydevorlarni montajiga kirishiladi. Poydevorlar chuqur
joylashtirilganda yki yaxlit kotlovan qazilgan bo’lsa kran kotlovan tubi bo’ylab
xarakatlanadi.
Ustunlar ikkinchi (oqim) oqimda montaj qilinadi, bunda nolinchi tsikl ishlari



57
tugallanib birinchi qamrov qabul qilingan bo’lishi kerak. Bunday ishlarga quyidagilar


kiradi: ustunlarni montaj qilish uchun qabul qilingan poydevorlar, transheya va
chuqurlarni yn-biqinlari grunt bilan qayta to’ldirilishi, qamrov chegarasida gruntlarni
tekislash ishlari, transport xarakati uchun yo’llar tayyrlash, konstruktsiyalarni taxlash
va kranni ishlashi uchun maydonchalar tayyrlash. Tekislash ishlaridan keyin eng
ma’qul yechim butun qamrov yuzasi bo’yicha pol ostini betonlanishidir. Transport va
kran harakati uchun qattiq qoplamali temirbetonli yo’l plitalaridan foydalanish
mumkin. Bu holatda konstruktsiyalarni qumli asosda tayerlangan maydonchaga
joylashtirish tavsiya etiladi
Odatda uzunligi 12 m gacha bo’lgan ustunlar tortib mahkamlanmaydi, yahni
tortqilar ishlatilmaydi, ularni mustahkamligi poydevorga maxkamlash bilan
tahminlanadi. Balandroq ustunlarni o’rnatganda ular bikrlik yuzasini kichik tekisligida
tortib mahkamlanishi kerak ( ustunlar qatori bo’ylab). Ustun va poydevor tutashuv
joylarida beton qorishmasi kerakli mustaxkamlikka erishgandan so’ng bog’lovchilarni
montajiga va kranosti to’sinlarini o’rnatilishiga kirishish mumkin. Kran osti to’sinlarini
quyma detallari ustun konsoliga payvandlanib va tutashuv joylari to’ldirilgandan keyin
ustunlar orasidagi tortqilar olinadi.
Kranosti to’sinlari odatda tomypma konstruktsiyalari bilan bir oqimda montaj
qilinadi. Karkasning xar bir yacheykasini kompleks uslubida montaj qilish tavsiya
etiladi: yahni yacheykadagi xamma kranosti to’sinlari, stropilaosti to’sini, stropila
fermasi va yacheykadagi barcha tomypma plitalari o’rnatiladi. Plitalar bir yn tomondan
ikkinchi yn tomonga ketma-ket, chetki oraliqni birinchi plitasi birinchi qator
ustunlariga ilingan osma montaj maydonchasidan turib, o’rta oraliq plitalari oldin
montaj qilingan chetki oraliq plitalari ustidan turib montaj qilinadi.
Devor panellari oxirgi montaj oqimida odatda mustaqil kran bilan montaj
qilinadi. Panellarni qushni ustunlar orasiga butun balandligi bo’yicha deraza panjarasi
bilan bir paytda va elementlar choklarni yaxlitlash bilan birgalikda montaj qilinadi.
Bir qavatli sanoat binolarini montaj qilishda obhekt oldi omborlari tashkil
etilmaydi. Montaj qilish zonasiga konstruktsiyalar uchinchi smenada keltirilib,
tushiriladi va ko’tarish joylariga taxlab teriladi. Konstruktsiyalar zaxirasi kamida ikki
yki uch kunlik ishga mo’ljallanadi, keltirishda uzilishlar bo’ladigan holatlarda zaxira
kuni oshishi mumkin. Konstruktsiyalarni yetkazishni kunduzi ham tashkil etsa bo’ladi,
bunda konstruktsiyalar montaj yo’nalishining qarama-qarshi tomonidan tashib
keltirilishi kerak.

Yüklə 230,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin