60
gusenitsali kranlar;
• Oraliq o’lchamlari 24 m dan va soni 3 ta dan oshmaganda o’rtadagi oraliqda
bitta temir yo’l relg’s bo’ylab xarakatlanadigan minorali kranlar;
• Binoning eni 36 m gacha bo’lganda oddiy turdagi chorpoyali kranlar;
• Binoning eni 66 m gacha bo’lsa oldindan zo’riqtirilgan
rigelli chorpoyali
kranlar ishlatiladi, bu kranlar birdaniga ikkita – uchta ynma-yn oraliqlarda montaj
ishlarini olib borish imkoniyatini beradi.
O’rta va yengil turdagi binolarni montaj qilishda ko’pincha elementlarni
oldindan montaj zonasiga taxlab terib chiqish usuli qo’llaniladi. Og’ir tipdagi binolarda
montaj qilinadigan konstruktsiya montaj zonasiga yetkazib
beriladi va transportdan
to’g’ridan – to’g’ri montaj qilinadi (transportdan montaj). Konstruktsiyalarni taxlab –
terib chiqish loyihaviy joyiga o’rnatishdan 1...2 smena oldin bajariladi . Bu oraliqni
konstruktsiyalar bilan to’ldirib yubormaslik va montaj kranini erkin harakatini
tahminlash uchun qilinadi (9.2−rasm).
9.2
– rasm. Bir qavatli sanoat binosining tomypma elementlarini taxlash va
montaj qilish sxemasi:
1 – kran osti to’sinini alohida oqimda montaji; 2 – tomypma plitasini tushirish; 3 –
tomypma plitasini montaji; 4 – montaj krani; 5 –elementlarni tushirish va montaj
zonasiga joylashtirish uchun qo’shimcha montaj krani; 6 – ilgakni bo’shatish troslari;
7 – arqonlar (tortqilar); 8 – tomypma fermasi; 9 – kranosti to’sini.
Dostları ilə paylaş: