48
Xavfsiz va unumli ishni tahminlovchi kranosti yo’llari bo’ylab harakatlanuvchi
ko’chma so’rilar, katta oraliqni tomypmalarni montaj qilishda yig’ishning qulayligi
uchun qo’llaniladi va bu elementlarning tutashgan tugunlari ostida joylashtiriladi (8.4-
rasm).
8.4-rasm. Ko’chma so’rilardan foydalanib ark
tomypmasini
montaj
qilish: 1 – minorali kran;
2 –
arkning
montaj tutashuv joylari;
3 – domkratli
ko’chma montaj qiluvchi so’rilar.
Vaqtinchalik tayanchlardan foydalanish
bilan
agar konstruktsiyalarni
butunligicha o’rnatish imkoni bo’lmasa yki maqsadga muvofiq bo’lmasa, uni qismlari
bo’yicha (asosan katta oraliqlar va katta massali) montaj qilish amalga oshiriladi.
Yarim osma yig’ish shunisi bilan ajralib turadiki, bunda montaj qilish jaraynida
konstruktsiya vaqtinchalik tortqichlar bilan tutib turiladi yki oraliq tayanchlarga
o’rnatiladi. Bunday usulda gumbazlar, arkalarning
ayrim konstruktsiyalari,
ko’priklarning oraliqli qurilmalari konstruktsiyalari montaj qilinadi.
Osma yig’ishni qo’shimcha tayanchlarsiz amalga oshiriladi. Konstruktsiyani
bir tomonidan doimiy tayanchga yki avval montaj qilingan qismga mahkamlab,
vaqtinchalik konsolg’ tizimi hosil qilinadi. Bu usulning qo’llanilishi inshootning
montaj
qilish
jaraynida
yig’iladigan
katta
qulochli
konsollarning
zarur
mustaxkamligini va barqarorligini tahminlaydigan konstruktiv xususiyatlari mavjud
bo’lgandagina mumkindir.
Montaj qilish uchun so’rilardan foydalanishni arkali konstruktsiyalarni barpo
etish misolida izohlash mumkin. Katta oraliqli bunday konstruktsiyalar fuqarolik va
sanoat vazifalarini bajaruvchi binolar – vokzallarda, sport zallarida, har xil omborlarda
qo’llaniladi. Tayanch konstruktsiyalarga gorizontal kuchlanishlarining (tirkovchi)
uzatilishini istisno qilish uchun arkalarni turg’un holatini tahminlash uchun tortqichlar
bilan loyihalanadi. Tortqichlar bo’lmaganda ustunlarga
yki temirbeton asosga ham
vertikal, ham gorizontal kuchlanishlar uzatiladi.
Odatda, (ravog’i) oraliqi 48 m dan ortiq bo’lgan arkalar vaqtinchalik
tayanchlardan foydalangan holda yarim arka qilib yki yanada mayda elementlar tarzida
montaj qilinadi. Vaqtinchalik tayanchlarning soni arkaning oraliqi (ravog’i) ga,
montaj mexanizmlarining yuk ko’tarish qobiliyatiga va arkaning konstruktiv
yechimlariga bog’liq bo’lib, ular ko’pincha tomypmani montaj qilish texnologiyasi
49
qanday bo’lishi kerakligini belgilab beradi.
Osmalari
montaj
blokining
tortqiga
tiralishida
vujudga
keladigan
kuchlanishlarni qabul qilishga mo’ljallanmagan tortqili arkalarni montaj qilganda
teleskopik konstruktsiyali vaqtinchalik tayanchlardan foydalaniladi. Bu holatda arka
elementlari va tortqilar alohida montaj qilinadi.
Ikki arka montaj qilinib, tugunlar
mahkamlanib va tortqilar taranglashtirilgandan so’ng gumbaz hosil qilish
(ko’chirish) amalga oshiriladi, bu jaraynda vaqtincha tayanchlardagi domkratlar yki
boshqa ko’tarib turuvchi elementlar sekin, ohista tushiriladi.
Gumbaz hosil qilish
(ko’chirish) deganda, shunday amal tushuniladiki, buning natijasida montaj qilinaytgan
konstruktsiyaning xususiy massasidan
tushaytgan
yuklanish
tayanch
loyiha
elementlariga to’liq uzatiladi, vaqtinchalik montaj tayanchlari esa yuklanishdan ozod
bo’ladi. Tayanchlar tortqi satxidan pastroqqa tushiriladi va montaj qilish davomida
keyingi oraliqlarga ko’chiriladi.
Montaj qilish uchun ikkita vaqtincha tayanch mavjud bo’lishi zarur bo’lgan uch
sharnirli arkani (8.5-rasm) montaj qilish misolini ko’rib chiqamiz. Har bir tayanchning
o’rtacha teleskopik qismi arkaning ikki
8.5-rasm. Tortqili arkani montaj qilish sxemasi:
1 – kran; 2 – teleskopik
vaqtincha tayanchlar;
3 – domkratli tayanch tugunlari
qo’shni elementlarini tayanishi uchun mo’ljallangan, bu tayanchning pastki
qismi esa arkalarning tortqi elementlarining tayanishi uchun mo’ljallangan. Arka,
tortqi va osmalarining elementlari gusenitsali kran yordamida montaj qilinadi.
Yig’ilib montaj qilingan elementlar to’g’rilanib, ularning geometrik holati tekshirilib,
ikkita navbatdagi to’sinlarning va ular tortqilarining montaj tugunlari payvandlanib,
barcha tirgaklar va ular orasidagi bog’lanishlar montaj qilingandan va loyihaviy
mahkamlangandan so’ng ko’chirish - gumbaz hosil qilish amalga oshiriladi. Bu
maqsadda
vintli
domkratlar
vaqtinchalik
tayanchlarning ichki
teleskopik
sektsiyalarining boshiga montaj qilinishi kerak.
Yuklanishdan ozod qilingan tayanchlarning ichki sektsiyalari kran yordamida
quyi holatga tushiriladi va montaj qilishga navbatdagi yarim arklar juftligi
tayyrlanaytgan keyingi to’xtash joyiga ko’chiriladi.
Dostları ilə paylaş: