Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-qurilishi instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti shaxarsozlik va kommunal infratzulmani boshqarish kafedrasi


Binoning y e r ustki qismini barpo etish uchun IBLning tarkibi



Yüklə 230,28 Kb.
səhifə7/47
tarix19.12.2023
ölçüsü230,28 Kb.
#187113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi-fayllar.org

Binoning y e r ustki qismini barpo etish uchun IBLning tarkibi 
Ishlarni bajarish loyihasini variantlash asosida ishlab chiqish kerak, yahni asosiy
qarorlarning variantlarini samaradorligini solishtirgan holda. Qurilish texnologiyalarini
loyihalaganda yechiladigan masalalar:

ilg’or qurilish konstruktsiyalarini qo’llash;

jihozlar va ishchilarni bir maromda yuklagan holda ishni oqim usulida tashkil
etish;

qurilishni tashkil etishning ilg’or usullarini ishlab chiqish;

qurilish ishlarini bajarganda ilg’or texnologiya va usullarni qo’llash, bino
karkasini barpo etishdagi ishlarni umumqurilish ishlari bilan bilan birgalikda qo’shib
olib borish;

ishlarni bajarishning samarali mexanizatsiya vositalari va qo’l mehnatini
qisqartirish uchun majmuali mexanizatsiyalash;

obhektlarni konstruktsiyalar bilan komplektlashning samarali sxemalari;

konstruktsiyalarni keltirish va joylashtirishning oqilona yechimlari;

konstruktsiyalarni yiriklashtirib yig’ish maydonchasini jihozlash;

ishlarni bajarishda uzluksizlikni tahminlash va behuda texnologik tanaffuslarga



8
yo’l qo’ymaslik;



ishlarni bajarishning barcha bosqichlarida inshootning mustahkamligi va
turg’unligini tahminlash;

mashina va mexanizmlarni energoresurs va suv bilan tahminlash;

ratsional va universal montaj uskunalarini qo’llash;

kichik mexanizatsiya vositalarini keng qo’llash;

zamonaviy ko’chma, konteynerli va yig’ma turdagi xizmat xonalari kabi
vaqtinchalik inshootlarini qo’llash;

obhekt qoshidagi omborlar soni va yuzasini qisqartirish;

transport vositalaridan montaj qilish;

karkasni barpo etish va bir vaqtda bajariladigan ishlarni 2...3 smenada tashkil
etish;

ishchilarni xavfsiz mehnati va dam olish normal sharoitini tahminlash;
Bino va inshootlarni yer ustki (er osti, alohida sektsiya va b.) qismini barpo etish
texnologiyasini loyihalash qo’yidagi printsiplarga asoslanishi kerak:

binolarni hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlarini o’rganish;

asosiy montaj mexanizmlarini qo’llash mumkin bo’lgan ishlarning bajarish
usullarini oldindan tahlil qilish;

yig’ma temirbeton konstruktsiyalar ro’yxatini tuzish, nomenklaturasi va
materiallarning maksimal massasini aniqlash;

material va yarimfabrikatlarga bo’lgan talabni aniqlash (umumiy soni va aniq
muddatda ayrim materiallarni yetkazish zaruriyati);

ishlarni vaqt sarfi va taxminiy mashina vaqti sarfini hisoblash;

bino karkasini barpo etishni mumkin bo’lgan muddatlarini aniqlash;

yuqorida keltirilgan materiallarni birinchi bor tahlili va baholanishi.
Ma’qul
texnologik
xulosada,
xususan ishlarni bajarish no’qtai nazaridan qo’yidagi
printsipial tomonlar aks ettirilishi kerak:

kerakli montaj kranlari soni va sutkadagi ish smenalari soni;

etarli texnik parametrlar asosida montaj mexanizmlarini va ularning eng
arzonini iqtisodiy solishtirishga ko’ra tanlash;

zamonaviy, ishonchli va universal industrial mexanizatsiya vositalarini , takelaj
moslamalarini tanlash.
Binolarni barpo etish texnologiyasini loyihalash ishlari birinchi qabul qilingan
qarorlarga asoslangan yakunlovchi bosqichidir.
Asosiy umumlashtiruvchi hujjat − ishlarni bajarish kalendarg’ grafigi(plani). U
montaj va birgalikda bajariladigan ishlar hajmi, ularning mehnat sarfi va qabul qilingan
ish usullari asosida tuzilib qo’yidagilarni o’rnatadi:

alohida ishlarning bajarilish ketma-ketligi, uzaro bog’liqligi va bajarilish
muddati;

qo’llaniladigan montaj kranlari soni va ulardan foydalanish muddatlari;

bino karkasini barpo etish davrida ishchi kadrlarga bo’lgan umumiy talab
va xususan mutaxassislik bo’yicha;

sutkada qabul qilingan ishchi smenalar soni va u yki bu smenalarda
bajariladigan ishlar nomenklaturasi;

bino karkasini barpo etish umumiy davomiyligi, kunlarda;

ishchilar kompleks brigadasining va maxsus zvenolarning tarkibi.


9


Yüklə 230,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin