8
yo’l qo’ymaslik;
•
ishlarni bajarishning barcha bosqichlarida inshootning mustahkamligi va
turg’unligini tahminlash;
•
mashina va mexanizmlarni energoresurs
va suv bilan tahminlash;
•
ratsional va universal montaj uskunalarini qo’llash;
•
kichik mexanizatsiya vositalarini keng qo’llash;
•
zamonaviy ko’chma, konteynerli va yig’ma turdagi xizmat xonalari kabi
vaqtinchalik inshootlarini qo’llash;
•
obhekt qoshidagi omborlar soni va yuzasini qisqartirish;
•
transport vositalaridan montaj qilish;
•
karkasni barpo etish va bir vaqtda bajariladigan ishlarni 2...3
smenada tashkil
etish;
•
ishchilarni xavfsiz mehnati va dam olish normal sharoitini tahminlash;
Bino va inshootlarni yer ustki (er osti, alohida sektsiya va b.) qismini barpo etish
texnologiyasini loyihalash qo’yidagi printsiplarga asoslanishi kerak:
•
binolarni hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlarini o’rganish;
•
asosiy montaj mexanizmlarini qo’llash mumkin bo’lgan ishlarning bajarish
usullarini oldindan tahlil qilish;
•
yig’ma temirbeton konstruktsiyalar ro’yxatini tuzish, nomenklaturasi va
materiallarning
maksimal massasini aniqlash;
•
material va yarimfabrikatlarga bo’lgan talabni aniqlash (umumiy soni va aniq
muddatda ayrim materiallarni yetkazish zaruriyati);
•
ishlarni vaqt sarfi va taxminiy mashina vaqti sarfini
hisoblash;
•
bino karkasini barpo etishni mumkin bo’lgan muddatlarini aniqlash;
•
yuqorida keltirilgan materiallarni birinchi bor tahlili va baholanishi.
Ma’qul
texnologik
xulosada,
xususan ishlarni bajarish no’qtai nazaridan qo’yidagi
printsipial tomonlar aks ettirilishi kerak:
•
kerakli montaj kranlari soni va sutkadagi ish smenalari soni;
•
etarli texnik parametrlar asosida montaj mexanizmlarini va ularning eng
arzonini iqtisodiy solishtirishga ko’ra tanlash;
•
zamonaviy, ishonchli va universal industrial mexanizatsiya vositalarini , takelaj
moslamalarini tanlash.
Binolarni barpo etish texnologiyasini loyihalash ishlari birinchi qabul qilingan
qarorlarga asoslangan yakunlovchi bosqichidir.
Asosiy umumlashtiruvchi hujjat − ishlarni bajarish kalendarg’ grafigi(plani). U
montaj va birgalikda bajariladigan ishlar hajmi, ularning mehnat sarfi va qabul qilingan
ish usullari asosida tuzilib qo’yidagilarni o’rnatadi:
•
alohida ishlarning
bajarilish ketma-ketligi, uzaro bog’liqligi va bajarilish
muddati;
•
qo’llaniladigan montaj kranlari soni va ulardan foydalanish muddatlari;
•
bino karkasini barpo etish davrida ishchi kadrlarga bo’lgan
umumiy talab
va xususan mutaxassislik bo’yicha;
•
sutkada qabul qilingan ishchi smenalar soni va u yki bu smenalarda
bajariladigan ishlar nomenklaturasi;
•
bino karkasini barpo etish umumiy davomiyligi,
kunlarda;
•
ishchilar kompleks brigadasining va maxsus zvenolarning tarkibi.