Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə40/43
tarix20.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#145619
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
2iqtisodiy xavfsizlik

Qisqacha xulosalar




Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Respublikada qisqa davr ichida korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurash uchun qonuniy va me’yoriy asoslar yaratildi. Qonun va me’yoriy hujjatlar xalqaro me’yorlardan kelib chiqib ishlandi.


Nazorat savollari





  1. Respublikada korrupsiyaga qarshi kurash borasida qanday hujjatlar qabul qilindi?

  2. Korrupsiyaga qarshi kurashda soliq organlarining roli va o’rni qanday?

  3. Soliq organlaridan tashqari yana qanday tashkilot korrupsiyaga qarshi kurash olib boradi?



Asosiy adabiyotlar


  1. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997

  2. Vechkanov G.S. ekonomicheskaya bezopasnost: Uchebnik dlya vuzov. – SPb. Piter 2007.

  3. Grigorev L., M.Ovchinnikov. Korruptsiya kak prepyatstvie modernizatsii (institutsionalnыy podxod) // Voprosы ekonomiki. №2, 2008, s.44 – 59

  4. Gureev S. CHto izvestno o korruptsii v Rossii i mojno li s ney borotsya?

//Voprosы ekonomiki. №1, 2007, s.11 – 18

  1. Popov YU.N., Tarasov M.E. Tenevaya ekonomika v sisteme rыnochnogo xozyaystva . «DELO», «EKONOMIKA». M., 2005, s.33

GLOSSARIY


    1. Iqtisodiy xavfsizlik-iqtisodiy kategoriya bo’lib hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o’sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi.

    2. Milliy xavfsizlik – manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lish va farovonlikka intilish to’g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi.

    3. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – har bir davlat, ya’ni dunyo hamjamiyati a’zosining o’z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini erkin tanlash va amalga oshirish imkoniyatlarining ta’minlangandagi holati.

    4. Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi – ma’muriyat va personal tomonidan amalga oshiradigan huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va injener-texnik chora- tadbirlar tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarning ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holati.

    5. Iqtisodiy xavfsizlikning mezoni - iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiy holatni baholash.

    6. Iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy ko’rsatkichlari – iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarning miqdor jihatdan ifodalanishi.

    7. Tahdid – jamiyat, davlat va ularning subyektlari, alohida shaxsning normal hayot faoliyatiga, ular manfaatlarini ro’yobga chiqarishga to’sqinlik qiladigan, ziyon-zahmat keltiradigan, xavf-xatar tug’diradigan omillar va shart- sharoitlar.

    8. Ichki tahdidlar – mamlakat ichida vujudga keladigan tahdidlar.

    9. Globallashuv – iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan postindustrial bosqichiga o’tish davrining mahsuli bo’lib, jahon hamjamiyatining bugungi kundagi taraqqiyoti bosqichini ifodalovchi jarayon.

    10. Terrror – lotincha “terror” degan so’z “qo’rqinch”, “dahshat” ma’nosini anglatadi.

    11. “Terrorizm” – terrorni amalga oshirish.

    12. Siyosiy terrorizm – siyosiy arboblarga, ular o’tkazayotgan siyosatga, hukumatlarga, ta’sir o’tkazish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar.

    13. Axborot sohasida terrorizm – jamiyat a’zolarining ruhiyatiga, xulq- atvoriga ta’sir ko’rsatish.

    14. Iqtisodiy sohadagi terrorizm – terrroristlarning iqtisodiy manfaatga erishish maqsadida raqiblariga, aholining turli qatlamlari va guruhlariga, davlatlar va ularning boshliqlariga ta’sir o’tkazish.

    15. Ijtimoiy terrorizm – jinoyatchilik miqyoslarining kengayishi, kriminal vaziyatning keskinlashuvi, umumiy ijtimoiy beqarorlikning vujudga kelishi.

    16. Oziq-ovqat xavfsizligi – davlatning mamlakat va uni mintaqalarini oziq- ovqat bilan ta’minlash tizimida turli tabiiy ofatlar favqulotda holatlar natijasida yuzaga keladigan buzilishlarni oldini olishga bo’lgan qodirligini ham ko’zda tutadi.

    17. “Xufiyona iqtisodiyot”- bu jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan tovar moddiy bopyliklar va xizmatlarning xarajati. Alohida fuqarolar va ijtimoiy

guruhlar o’rtasidagi davlat boshqaruv organlaridan yashirinadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi.

    1. Rasmiy iqtisodiyot – bu davlat tomonidan kuzatiladigan va nazorat qilinishi mumkin bo’lgan iqtisodiyot.

    2. YAshirish yoki narasmiy iqtisodiyot – rasmiy hisobotlarda va rasmiy shartnomalarda aks ettirilmaydigan xo’jalik munosabatlari yig’indisi.

    3. “Korrupsiya” – lotincha (sorruptio) so’zidan olingan bo’lib, buzilish degan ma’noni anglatadi. Korrupsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa va xufiyona iqtisodiyotning ko’rinishidir.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin