O’quv rejasiga muvofiq bog’liq bo’lgan boshqa o’quv dasturining nomi
ChQBT, fizialogiya, odam anatomiyasi
O’qitishni tashkiliy shakli
N – Nazariy taʼlim;
А – Аmaliy taʼlim;
NА – Nazariy va amaliy taʼlim birgalikda tashkil etiladi; MX – Maxsus xonada oʼtkaziladigan mashgʼulot.
Dasturga qo’yilgan talab
Majburiy
O’qitish tili
Guruhda belgilangan oʼqitish tili asosida
Baholash tartibi
Baholash boʼyicha amaldagi tartib asosida
O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash
Yozma, ogʼzaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq
2. Namunaviy mavzular rejasi
№
Bo‘lim va boblar nomi
Jami
O‘qitishni tashkiliy shakli
Mustaqil ta’lim
I bob. GIMNASTIKA
1.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
2
А
2.
Tayanib sakrash.
2
А
3.
Tirmashib chiqish.
2
А
4.
Osilishlar.
2
А
5.
Tayanishlar.
2
А
6.
Akrobatika.
2
А
7.
Muvozanatni saqlash mashqlari.
4
А
2
II bob. YENGIL ATLETIKA
8.
Yugurish.
6
А
2
9.
Kross tayyorgarligi.
6
А
2
10.
Sakrash.
4
А
2
11.
Uloqtirish.
4
А
2
12.
Basketbol.
8
А
4
III bob. SPORT O‘YINLARI
13.
Voleybol.
8
А
4
14.
Qo‘l to‘pi.
8
А
4
IV bob. FUTBOL
15.
Futbol
12
А
4
V bob. KURASH
16.
Kurash usullari.
6
А
2
VI bob. SHAXMAT
17.
Shaxmat.
2
А
Jami
80
28
3. O’quv dastur mazmuni.
I KURS I bob. GIMNASTIKA
Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Juft-juft bo‘lib buyumlarsiz va buyum bilan, gimnastika narvonida va o‘rindiqda egiluvchanlikni, kuchni, tezkorlik va chidamlilikni tarbiyalaydigan mashqlar bajarish.
Tayanib sakrash. Gimnastika “kozyoli”dan ko‘prikchani uzoqlashtirish va yaqinlashtirish bilan depsinib sakrashlar; uzunasiga o‘rnatilgan gimnastika “kozyoli” ustidan tayanib sakrash (o‘g‘il bolalar 120 sm balandlikdagi gimnastika ko‘prigi oralig‘i 1 m oraliqda) oyoqlarni kerib va bukib sakrash; qiz bolalar 110 sm balandlikdagi uzunasiga o‘rnatilgan gimnastika “kozyoli”
ustidan oyoqlarni kerib, sakrab o‘tish;
Tirmashib chiqish. 5 m li arqonga, qo‘llar yordamida (vaqt hisobiga) tirmashib chiqish; to‘xtab-to‘xtab tirmashib chiqish (ma’lum balandlikda to‘xtash uchun belgilar qo‘yiladi)
Osilishlar. Turnikda osilishdan kuch bilan tayanishga ko‘tarilish; gavdani bukib-yozish holatidan tebranishga o‘tish; osilib tebranishda gavdani keskin yozish bilan tayanchga ko‘tarilish; turnikda tayanishdan oyoq va gavda bilan oldinga yarim oysimon harakat qilib, osilishga tushib tebranish.
Tayanishlar. Qo‘shpoyalarda qo‘llarda tayanishdan tebranib, oldinga siltanish bilan tayanchga ko‘tarilish; qo‘shpoyada tirsakka tayanib turishdan tebranib, orqaga siltanish bilan tayanchga ko‘tarilish; qo‘shpoyada tayanib tebranishda, oldindan (orqadan) yon tomonlarga 900 burilib sakrab tushishlar.
qo‘shpoyada qollarga tayanib qo’llarni bukib va yozish;
Akrobatika. O‘g‘il bolalar uchun; har xil dastlabki holat (d.h.)dan oldinga umbaloq oshish; 40-50 sm balandlikdagi buyumlar ustidan umbaloq oshish,yugurib kelib, uzoqlikka umbaloq oshish; sherigi yordamida qo‘llarda tik turish;mustaqil boshda tik turish.
Qizlar uchun; ikki marta oldinga, orqaga umbaloq oshish; kurakda turish; tik turgan holatdan “ko‘prik” hosil qilish va yon tomonga aylanib turish.
Muvozanatni saqlash mashqlari. Depsinib yakkacho‘pga chiqish; yakkacho‘pga tayanishdan bir oyoqni oshirish bilan 90° burilib, minib o‘tirish, ikki oyoqda va holatlarini almashlab sakrashlar; yarim cho‘qqaygan holatda oyoqlar bilan siltanib yurish, oyoq uchlariga ko‘tarilib burilishlar;
II bob. YENGIL ATLETIKA
Yugurish. Past startdan chiqib 60, 100 m masofaga tez yugurish va marrani yuqori tezlikda bosib o’tish; 4x100 metrga estafeta yugurish, 800,1500 m o‘rta masofalarga yugurishni bajarish;
Kross tayyorgarligi. Yo‘nalishni o‘zgartira borib past-balandliklardan yugurish; 3000 m masofaga kross yugurish.
Sakrash. Balandlik va uzunlikka sakrashning maxsus mashqlari; yugurib kelib uzunlikka “oyoq bukish” usulida sakrash. Yugurib kelib balandlikka “hatlab o‘tish” usulida sakrash.
Uloqtirish. Turli holatlarda turgan joydan tennis koptogini uloqtirish; tennis koptogini yugurib kelib uloqtirish; Granata ushlashni o‘rgatish. Turgan joyda nishonga uloqtirish.
III bob. SPORT O‘YINLARI
(basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi) Basketbol. Basketbol o‘yini elementlari asosida turli texnik harakatlarni bajarish hamda ularni amaliyotda qo‘llashni mustahkamlash; raqibni chetlab o‘tish; to‘pni bosh tomondan ikki qo‘llab uloqtirish; to‘pni ilib olish; yerga urib, sakrab halqaga tashlash; basketbol o‘yini qoidasiga asosan ikki tomonlama o‘yin; musoboqalarda hakamlik qilish.
Voleybol. Juftlikda to’pni, to'r ustidan yuqoridan va pastdan bir – biriga uzatishlar; to'rdan qaytgan to'pni qabul qilish; to'pni qabul qilish va uzatish texnik usullari; to'pni o’yinga kiritish usullari; to’r orqali xujum zarbasi usullari; to'siq qo'yish usullari ( yakka va juftlikda); xujumda va ximoyada yakka, guruh va jamoaviy taktik harakatlar; Voleybol o’quv o’yini; Qoidalarga ko'ra voleybol o'yini; Voleybol turish holatida harakatlanish; Voleybolda harakat qilish texnikasining asosiy elementlari kombinatsiyalarini, harakat texnikasini takomillashtirish; Tayanchdan, harakatda, sakrab to’pni qabul qilish va orqaga uzatish texnikasini mustahkamlash; To’rga teskari turgan holda, sakrab to’pni raqib maydondagi nishonga tushurish; Yuqoridan to’p uzatishni mustahkamlash; To’g’ridan xujum zarbasi berishni mustahkamlash; To’pni pastdan ikki qo’lda qabul qilishni mustahkamlash;.Oldinga yiqilib, bir qo’lda qabul qilishni mustahkamlash; Soddalashtirilgan qoidalar asosida voleybol o'yini; Ikki tomonlama o’yin.
Qo‘l to‘pi. Maydon bo‘ylab himoya; aralash himoya, yakka himoya va astasekin hujum qilish taktikalarini o‘rgatish; o‘rganilgan elementlardan ikkala tomonlama o‘yinda foydalanish; o‘yinda hakamlik qilish; To'p bilan ishlash texnikasini mukammallashtirish. ximoya va qarshi xujum taktikalarini mustaxkamlash; maydon bo'ylab jamoaviy xujum taktikalarini (styajka, liniyaviy, to'siq qo'yish, ximoyani yorib o'tish, ximoya oldidan zarba berish) mustaxkamlash; 7 va 9 m li jarima to'plaridan unumli foydalanish usullari; darvozabonga berilgan ustunliklar; gandbolda xakamlik qoidalari; musobaqa shaklida o'yin.