kiradi (%): Ugrerod - 50.1 - 54.5, Kislorod - 21.5 - 23.5, Vodorod - 6.5 - 7.3, Azot -
16.6 - 17.6, Oltingugurt - 0.3 - 2.5, Fosfor - 0.1 - 2. Ba’zibir oqsillarning tarkibida oz
miqdorda yod, temir, mis, brom, marganes, rux, kalsiy va boshqa moddalar uchraydi.
Oqsillar hujayralarning eng muhim tarkibiy qismidir. Organizmda oqsillar turli
xil funksiyalarni bajaradi: hujayraning struktura materiali sifatida xizmat qiladi;
to’qimadagi moddalar almashinuvining hamma reaksiyalarni katalizlaydi; oqsillar
energiya manbai hisoblanadi, ularning oksidlanishi natijasida energiya ajralib
chiqadi.
Oqsillar ikkita sinfga bo’linadi: oddiy oqsillar va murakkab oqsillar. Oddiy
oqsillarga albuminlar globulinlar, gestonlar, protaminlar kiradi. Murakkab oqsillar
tarkibiga fosfoproteinlar, glyukoproteinlar, xromoproteinlar, nukleoproteinlar,
lipoproteinlarni kiritish mumkin.
Oqsil eritmalarini tayyorlash. Rangli reaksiyalar va cho’kmaga tushurish
reaksiyalari uchun tuxum oqsilining eritmasi tayyorlanadi. Bitta tuxumning oqsili
sarig’idan ajratilib olinib, 15-20 ml distillangan suvda eritiladi. Eritma 3-4 qavat doka
orqali filtrlanadi. Eritma xolodil’nikda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: