9. LIPIDLAR
Lipidlar ikkita katta sinfga bo’linadi: yog’lar (neytral yog’lar) va lipoidlar
(yog’simon moddalar).
Lipidlar bir qator organic erituvchilarda, masalan-etanol, efir, xlorofrom,
benzol yoki petroley efirida yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. Lipidlar ximiyaviy
tabiatiga ko’ra bir necha guruhlarga bo’linadi:
I. Yog’ kislotalari.
II. Gliserinli lipidlar: a) neytral yog’lar; b) fosforgliseridlar.
III. Gliserinsiz lipidlar: a) sfingolipidlar; b) alifatik spirtlar va mumlar; v)
streoidlar.
Lipidlar to’qima va hujayralarda muhim funksiyalarni bajaradi. Yog’lar
organizmda oksidlanganda energiya ajralib chiqadi (1g yog’ oksidlanganda 9.3 kkal).
Lipidlar biologik membranalarning struktura elementi hisoblanadi. Organizmda
lipidlar oqsillar bilan kimpleks birikmalar – lipoproteinlar hosil qiladi.
Sterinlar qator biologik aktiv moddalar – vitaminlar, gormonlar, o’t
kislotalarning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Yog’lar – uch atomli spirt gliserin va
yuqori yog’ kislotalarning murakkab efiridir. Yog’lar quyidagi uumiy tuzilishga ega:
CH
2
– O – CO – R
1
CH – O – CO – R
2
CH
2
– O – CO – R
3
Bunda: R
1,
R
2 ,
R
3
– yog’ kislotalarning radikallari.
Tabiiy yog’lar tarkibiga to’yingan va to’yinmagan yog’ kislotalarning qoldiqlari
kiradi (palmitin, sterin, olein, linolen va boshqalar). Tartibdagi birdan ortiq qo’sh
bog’ bo’lgan to’yinmagan yog’ kislotalar ko’pincha o’simlik moylarida, oz miqdorda
hayvonlar yog’ida ham uchraydi. Yog’lar tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalar –
linolenat, araxidonat – hujayradagi oksidlanish – qaytarilish jarayonlarining borishi
uchun va shuningdek, prostaglandinlarning biosentezi uchun muhim rol o’ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |