Birinchi probirkaga tomchilab 2-3 ml spirt, ikkinchi probirkaga 2-3 ml aseton
va uchinchi probirkaga 2-3 ml xloroform solinadi. Probirkalar chayqatiladi va 5-6
inutdan keyin oqsil cho’kmaga hosil bo’lganligini ko’rish mumkin.
Oqsillarni organik kislotalar bilan cho’ktirish.
Organic kislotalar oqsillarni eritadan qaytmas cho’kmaga tushiradi. Turli
kislotalarning ta’sir qilish kuchli bir biridan farq qiladi.
Eng samarali va o’ziga xos ta’sir qiluvchi sulfosalisil va trixlorsirka
kislotasidir.
Trixlorsirka kislota ta’sirida faqat oqsillar, sulfosalisil kislota ta’sirida esa
oqsillardan tashqari, peptonlar va polipeptidlar ham cho’kmaga tushadi.
Reaktivlar. 1. Tuxum oqsilining eritmasi; soya uni oqsili. 2. Sulfosalisil
kislotasining 10% li eritmasi. 3. Trixlorsirka kislotasini 10% li eritmasi.
Dostları ilə paylaş: