Ishning borishi. Ikkita probirka olib 2 ml dan oqsil eritmasidan solinadi va
birinchi probirkaga 5-8 tomchi sulfosalisil kislotasidan, ikkinchi probirkaga 5-8
tomchi trixlorsirka kislotasidan qo’shiladi. Probirkalar chayqatiladi va oqsillar
cho’kmaga yushganligi kuzatiladi.
Oqsillarni og’ir metall tuzlari ta’sirida cho’ktirish.
Oqsillar mis, qo’rg’oshin, simob, rux, kumush va boshqa og’ir metallarning
tuzlari ta’sirida cho’kmaga tushadi.
Oqsillar bilan og’ir metall ionlarning o’zaro ta’siri juda murakkab bo’ladi.
Avvalo suvda erimaydigan kompleks birikmalar hosil bo’ladi, ortiqcha tuzlarning
eritmasida (AgNO
3,
Hgcl
2
) eriydi. Og’ir metall tuzlari ta’sirida oqsillar
denaturasiyasiga uchraydi. Oqsil makromalekulasining ikkilamchi va uchlamchi
strukturasi buziladi, peptid zanjirining holatlari o’zgaradi, ularning orasidagi
bog’larda uzilish hollari ro’y beradi (disulfide bog’lari). Disulfide bog’lari
oqsillarning ikkilamchi va uchlamchi struktura tuzilishida katta rol o’ynaydi.
Zanjirlar orasidagi uzilish oqsil strukturasini o’zgarishiga- oqsillarni qaytmas
denaturasiyasiga olib keladi.
COOH
OH
SO
2
Dostları ilə paylaş: |