Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xalqaro Nordik universiteti


III. «O'zbekiston Gender statistikasi» axborot-tahliliy tizimi



Yüklə 265,53 Kb.
səhifə3/5
tarix02.06.2023
ölçüsü265,53 Kb.
#124075
1   2   3   4   5
Statistik axborot tizimlari

III. «O'zbekiston Gender statistikasi» axborot-tahliliy tizimi.
Gender statistikasi bu - ayollar va erkaklarning gender nuqtai nazaridan farqini aniqlash va buni tizimli ravishda o'rganib borish uchun ayol va erkaklarning muhim ahamiyatga ega bo'lgan barcha yo'nalishlardagi haqiqiy o'rnini holisona aks ettiruvchi statistika hisoblanadi. Gender statistikasi inson to'g’risida ma'lumotlar yig’iladigan barcha statistik mavzularga dahldor bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga olgan bo'ladi: jinsiy tarkibi bo'yicha ma'lumotlar, gender masalalarini (gender ko'rsatkichlarini) aks ettiruvchi statistika, hamda statistikaning barcha sohalariga gender yondashuvini joriy qilish.
Gender statistikasi ko'p maqsadlar uchun hizmat qiladi, lekin birinchi navbatda, u ayol va erkaklarning turli holatlari va sharoitlariga taalluqli bo'lgan yashirin muammolarini aniqlash uchun kerakdir. Shunga ko'ra, gender statistikasi muvaffaqiyatli rejalashtirish, manzillilikni kuchaytirish, samarali monitoring yuritish va rivojlanish dasturlarining ta'sirini baholash uchun zarurdir. Shuni inobatga olgan holda, gender statistikasi bu adolat va tenglikni ilgari surish, shuningdek, aholining barcha guruhlari hayoti darajasini yaxshilash uchun hizmat qiladigan vositadir. Shu tariqa, gender statistikasi barqaror va har tomonlama rivojlanish va iqtisodiy o'sishga o'z hissasini qo'shadi.
Davlat statistika qo’mitaasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan gender.stat.uz sayti gender statistikasi ma'lumotlarini takomillashtirish, doimiy ravishda va o'z vaqtida jins guruhlari bo'yicha ma'lumotlarni ommaga yetkazish maqsadida gender statistikasi bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasini yaratish yo'lida o'ziga xos birinchi urinish sifatida aks etadi.
Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri asosida yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiya qilishni avtomatlashtirilgan axborot tizimi «Reg-System» ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotini joriy etish ikkita mustaqil yechim shaklida amalga oshirildi:
1. Maxsuslashtirilgan dasturiy ta'minot (DT) Davlat statistika qo’mitasining (Markaziy apparati) foydalanuvchilari uchun alohida o'rnatilib, amalga oshiriladi.
DT quyidagi vazifalarni bajaradi:
· KTYaDR ni to'g’ridan-to'g’ri boshqarish (yozuvlarni qo'shish yoki o'zgartirish);
· KTYADR asosida muayyan sana bo'yicha hisobotlarni olish;
· kalit so'zlar yordamida yozuvlarni qidirish va ko'rish;
· tasniflagichlar va ma’lumotnomalarni yuritish.
2. Masofaviy foydalanuvchilar uchun maxsus dasturiy ta’minot veb-resursga masofaviy kirish va veb-brauzer orqali ma’lumotlarni boshqarish qilish imkoniyatini beradi.
Masofali foydalanuvchilar uchun DT quyidagi funksiyalarni bajaradi:
· KTYADRga ma’lumotlarni kiritish va boshharish;
· KTYADR asosida muayyan sana bo'yicha hisobotlarni olish;
· Ochiq ma’lumotlarni o'z ichiga olgan qaydlarni KTUT kodi orqali qidirish va ko'rish.
O'sha yili yana ikkita loyiha amalga oshirildi: «O'zbekiston Gender statistikasi» axborot-tahliliy tizimi va «E-stat Library» uslubiy materiallar elektron kutubxonasi tuzildi.
«O'zbekiston Gender statistikasi» axborot-tahliliy tizimi
Gender statistikasi bu - ayollar va erkaklarning gender nuqtai nazaridan farqini aniqlash va buni tizimli ravishda o'rganib borish uchun ayol va erkaklarning muhim ahamiyatga ega bo'lgan barcha yo'nalishlardagi haqiqiy o'rnini holisona aks ettiruvchi statistika hisoblanadi. Gender statistikasi inson to'g’risida ma'lumotlar yig’iladigan barcha statistik mavzularga dahldor bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga olgan bo'ladi: jinsiy tarkibi bo'yicha ma'lumotlar, gender masalalarini (gender ko'rsatkichlarini) aks ettiruvchi statistika, hamda statistikaning barcha sohalariga gender yondashuvini joriy qilish.
Gender statistikasi ko'p maqsadlar uchun hizmat qiladi, lekin birinchi navbatda, u ayol va erkaklarning turli holatlari va sharoitlariga taalluqli bo'lgan yashirin muammolarini aniqlash uchun kerakdir. Shunga ko'ra, gender statistikasi muvaffaqiyatli rejalashtirish, manzillilikni kuchaytirish, samarali monitoring yuritish va rivojlanish dasturlarining ta'sirini baholash uchun zarurdir. Shuni inobatga olgan holda, gender statistikasi bu adolat va tenglikni ilgari surish, shuningdek, aholining barcha guruhlari hayoti darajasini yahshilash uchun hizmat qiladigan vositadir. Shu tariha, gender statistikasi barqaror va har tomonlama rivojlanish va iqtisodiy o'sishga o'z hissasini qo'shadi.
Davlat statistika qo’mitaasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan gender.stat.uz sayti gender statistikasi ma'lumotlarini takomillashtirish, doimiy ravishda va o'z vaqtida jins guruhlari bo'yicha ma'lumotlarni ommaga yetkazish maqsadida gender statistikasi bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasini yaratish yo'lida o'ziga hos birinchi urinish sifatida aks etadi.
Sayt uchta tilda taqdim etilgan - o'zbekcha, ruscha va inglizcha. Gender statistikasining barcha ko'rsatkichlari aniq bo'limlarga bo'lingan holda saytda taqdim etilgan. Saytda navigatsiya qulayligi uchun bo'lim va ko'rsatkichlar ro'yxati bilan menyulardan foydalanilgan. ko'rsatkichlar jadvallar yoki diagrammalar va grafiklar ko'rinishida taqdim etilgan.
Saytni yaratish davomida xalqaro tashkilotlarning jamiyatda ayollar va erkaklarning holatini taqqoslama tahlil qilishga imkon yaratadigan yangi ko'rsatkichlarni ishlab chiqish, ularni yuritish va tizimlashtirishga yo'naltirilgan tavsiyalari inobatga olingan.
V. «E-stat Library» uslubiy materiallar elektron kutubxonasi
«E-stat Library» - uslubiy materiallarning elektron kutubxonasi, uslubiy nizomlar va yo'riqnomalarning tizimlashtirilgan ro'yxatini, statistik kuzatuvlar o'tkazish va tashkillashtirish masalalarini reglamentlashni o'z ichiga oladi.
Sayt uchta tilda taqdim etilgan - o'zbekcha, ruscha va inglizcha. Gender statistikasining barcha ko'rsatkichlari aniq bo'limlarga bo'lingan holda saytda taqdim etilgan. Saytda navigatsiya qulayligi uchun bo'lim va ko'rsatkichlar ro'yxati bilan menyulardan foydalanilgan. ko'rsatkichlar jadvallar yoki diagrammalar va grafiklar ko'rinishida taqdim etilgan.
Saytni yaratish davomida xalqaro tashkilotlarning jamiyatda ayollar va erkaklarning holatini taqqoslama tahlil qilishga imkon yaratadigan yangi ko'rsatkichlarni ishlab chihish, ularni yuritish va tizimlashtirishga yo'naltirilgan tavsiyalari inobatga olingan.
«E-stat Library» uslubiy materiallar elektron kutubxonasi
«E-stat Library» - uslubiy materiallarning elektron kutubxonasi, uslubiy nizomlar va yo'riqnomalarning tizimlashtirilgan ro'yxatini, statistik kuzatuvlar o'tkazish va tashkillashtirish masalalarini reglamentlashni o'z ichiga oladi.
Davlat statistika qo’mitaasi rasmiy sayti www.stat.uz
Davlat statistika qo’mitaasining birinchi rasmiy sayti 2007 yilda internet tarmog’ida ishladi. Veb-texnologiyalarni ishlab chiqishda, e'lon qilingan statistik ma’lumotlarning ko'payishi, elektron davlat hizmatlarining kengayishi bilan Davlat statistika qo’mitaasi saytida o'zgarishlar yuz berdi. Davlat statistika qo’mitaasining hozirgi rasmiy veb-sayti www.stat.uz , to'rtinchi versiya bo'lib, ushbu variant 2017 yil 31 oktyabrda ishga tushurildi.
Saytning yangi ko'rinishida nafaqat uning dizayni o'zgardi, balki saytning tuzulishi va tarkibiga ham alohida e'tibor qaratildi.
Endi barcha statistik ma’lumotlar «Rasmiy statistika» menyusida nashr etila boshlandi. qulay navigatsiya bo'lishi va kerakli ma’lumotlarni qidirish uchun menyu tarkibiy bo'limlarga bo'lingan, masalan Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, Milliy hisoblar, Narx, Investitsiya va qurilish, Kichik tadbirkorlik, Demografiya va mehnat va boshqalar.
Shu bilan birga alohida bo'limda press-relizlar, chorak natijalari, tahliliy maqolalar hamda respublika va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari bo'yicha ma’lumotlar muntazam ravishda e'lon qilib boriladi.
Bundan tashhari statistika organlari faoliyati, ularning tarkibiy funksional vazifalari hamda o'tkaziladigan tadbirlari to'g’risidagi axborot va ma’lumotlar ro'yxati ham sezilarli darajada kengaydi. Hozirgi kunda Davlat statistika qo’mitasining rasmiy veb-saytida sanoat tarmoqlarini, milliy iqtisodiyot va hududiy sohalarini rivojlantirish, hamda islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini qayta jihozlash va modernizatsiya qilish, xom-ashyoni chuqur qayta ishlash, respublika hududlarini umumiy rivojlanishi, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash bo'yicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish jarayonini yanada to'liqroq tavsiflaydigan, tezkor va aniq statistik ma'lumotlar e'lon qilinmoqda.
Natijada mahalliy va horijiy foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistik ma’lumotlarning maksimal oshkoraligi va ochiqligi ta’minlandi.
Mustaqillik yillarida davlat statistika organlari amaliyotida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va foydalanish darajasini oshirish bo'yicha samarali ishlar olib borildi.
Hozirgi vahtda dastlabki statistik ma’lumotlarni yig’ish jarayonida qog’ozsiz texnologiyalardan foydalanish keng tarqalgan. Statistika organlarida rasmiy veb-sayt, elektron pochta yoki boshqa tarmoq hizmatlari orqali muloqot qiladigan foydalanuvchilar soni doimiy kengayib bormoqda.
Bu esa ma'lumotlarni dastlabki, nazorat qilinishi va kiritilishi bilan bog’liq doimiy ish faoliyatini keskin kamaytirdi va statistika faoliyati doirasida ish bajarish vaqtini qisqartirdi, shu bilan birga Davlat statistika qo’mitasi va uning hududiy bo'linmalarida boshqaruv tuzilmasining moslashuvchanligini oshirish uchun real shart-sharoitlarni ham yaratdi.
Foydalaniladigan statistik metodlarni yanada takomillashirishda axborot texnologiyalarining ta'siri juda muhim.
Statistika hodimlarining Internet tarmog’i orqali taniqli xalqaro statistika tashkilotlarining veb-saytlarida joylashtirilgan statistika ma'lumotlari va instrumentlarini o'rganish imkoniyati umum e'tirof etilgan xalqaro metodologiyaning ko'rsatkichlarini shakllantirish usullarini doimiy ravishda takomillashtiradi, shu bilan birga ularning sifati va taqqoslanuvchanligini xalqaro darajaga olib chiqish imkonini beradi.

Yüklə 265,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin