Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov



Yüklə 476,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/70
tarix19.12.2023
ölçüsü476,86 Kb.
#186300
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K

«Podsho va vazir»
Bunda to'rtta kichik qog‘ozga «podsho», «vazir», «askar», 
«o£g‘ri» deb yoziladi. Buklab yerga sochib yuboriladi. To'rtta 
o £yinchi bittadan qog‘oz oladi. Har qaysi o'yinchi o'ziga nima 
tushganini boshqalaiga sezdirmay o'qiydi. «Podsho» yozuvi tushgan 
o'yinchi «Vazir o'g'rini topsin» deb buyruq beradi. Vazir o£g'rini 
topsa, askar o'g'riga jazo beradi. Agar topmasa, o'g'ri oladigan 
jazoni vazir oladi. Shu tariqa o'yin davom etaveradi.
134


«Do'ppi yashirar»
O'yinchilar 2 guruhga bo'linib, har bir guruhda 4—5 tadan 
o'yinchi qatnashadi. Guruhlar 1,5-2 metr masofada bir-birlariga 
qarama-qarshi o'tirishadi. Ikkala guruhda ham bittadan do'ppi 
bo'ladi. Qaysi guruh o'yinni boshlashi qur’a tashlab aniqlanadi. 
O'yinchilardan biri 2-guruhga ko'rsatmay do'ppini yashiradi. 
«Bo'ladi» deganidan so'ng hamma qo'lini qovishtirib o'tiradi. 2-gu- 
ruh o'yinchilaridan birortasi do'ppini kim yashirganligini ko'rsa- 
tadi. Agar to‘g‘ri topsa, guruhga bir ochko beriladi. Тора olmasa, 
o'sha guruh yutqazgan hisoblanadi. Bu o'yin navbatma-navbat davom 
ettiriladi va oxirida yutuqlar hisoblanib, g'olib guruh aniqlanadi.
«Buta soldi»
Bu o'yinni qizlar o'ynashadi. Qizlar aylana bo'lib o'tirishadi. 
Ulardan biri qo'liga ro'mol olib, o'tiiganlaming orqalariga o'tadi. 
Aylana bo'ylab yurib, bitta qizning orqasiga sezdirmay ro'molni 
tashlab o'tib ketadi. Agar qaytib kelguncha u buni sczmasa, uni 
ro'moli bilan uradi. Agarda sezib qolsa, ro'molni olib, qizlarni 
aylantirib, uning o'zini quvadi. Yctib olsa uradi, ycta olmasa uning 
o'rniga kelib o'tiradi. Ro'molni olgan o'yinchi o'yinni davom 
ettiradi.
«Besh losli»
Bu o'yinni odatda qizlar o'ynaydilar. Har bir o'yinchida besh- 
tadanyapaloq tosh bo'lishi kerak. O'yinchilar toshlar yordamida 
jonglyorlikning turli usullarini namoyish ctadilar.


Ocyin quydagi tarzda o‘tadi:
1. Toshlami yerga bir-biriga tegmaydigan qilib tashlaymiz va 
bitta toshni yuqoriga otib, qolgan toshlami bittalab yerdan terib 
olamiz (4 martada to‘rtta tosh).
2. Yana toshlami yerga tashlaymiz, bu safar ham bitta toshni 
yuqoriga otamiz, faqat har otishda ikkitadan toshni terib olamiz.
3. Yana toshlami yeiga tashlaymiz, bitta toshni yuqoriga otib, 
uchta toshni terib olamiz.
4. Toshlami yerga tashlaymiz, bitta toshni yuqoriga otamiz, 
qolgan to ‘rtta toshni terib olamiz.
5. Toshlami yerga tashlaymiz, bitta toshni qo‘lga olib, yerdagi 
yana bitta toshni ko‘tarib olamiz. Uchinchi toshni olayotganimizda, 
bitta toshni narigi qo‘limizga o‘tkazamiz, yerda qolgan yana ikkita 
toshni ham shu taxlitda olib, toshlaming hammasini chap qo‘li- 
mizga olamiz.
6. Toshlami yerga tashlaymiz. Bitta toshni qo'limizga olib, 
yuqoriga otamiz va yerdan bitta tosh olib, otilgan toshni ilib olamiz. 
Uchtasini ilib olayotganda qo'iimizdagi bitta toshni tushirib 
yuboramiz. Toshni necha marta tushirish kerak bo‘lsa, tushirib 
yana ilib olamiz.
7. 4-banddagi jarayonni yana qaytaramiz.
8. Toshlami yerga tashlab ikkita barmog‘imizni (chap qo‘lda) 
dumaloq shaklda qilamizda, bitta toshni olib, qolgan to‘rtta duma- 
loqqa kiritamiz. Hamma toshni kiritib bo‘lgach dumaloqqa kiigan 
toshlami ilib olamiz.
Beshtala toshni o£ng kaftimizga qo‘yib, toshlami yuqoriga 
otamiz va o‘ng qo‘limizning ustiga toshlami tushiramiz. Nechta 
tosh tushsa, shuncha yutuq (ochko) hisoblanadi.
136



Yüklə 476,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin