Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov



Yüklə 476,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/70
tarix19.12.2023
ölçüsü476,86 Kb.
#186300
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K

«Quloq-chakka»
Bu o'yinda 4—5 bola qatnashadi. O'yinchilar kuchda teng 
bo'lishlari kerak. O'yinni kim boshlashi aniqlab olinadi. Bu o'yinchi 
tik turgan holda o'ng qo'lini o'ng chakkasiga, chap qo'lini esa 
o'ng qo'ltig'iga kafti ko'rinadigan qilib qo'yadi va o'yinchilarga 
qaramay turadi. Qolgan o'yinchilar bir vaqtda uning oldiga kelishadi 
va ulardan bittasi shu o'yinchining kaftiga kafti bilan uradi hamda 
hamma o'yinchilar bosh barmog'larini ko'rsatib turadilar. Bu 
ishora «men urdim» degan ma’noni bildiradi. Agar u urgan o'yin- 
chini topsa, o'sha o'yinchi bilan o'rin almashadilar. O'yin shu 
tariqa davom ettiriladi. Qaysi o'yinchi ko‘p chakkasini ushlab turgan 
bo'lsa, o'sha o'yinchi yutqazgan hisoblanadi. 0 ‘yinchi chakkasini 
ushlab turgan vaqtda o'yinchilarga qaramasligi shart.
«Quvlashmachoq*
Maydon chiziq bilan chegaralanib chiqiladi. Bitta onaboshi — 
quvlovchi tayinlanadi. Boshqa o'yinchilar uning atrofida doira 
hosil qilib turadilar.
Quvlovchi «Bir, ikki, uch» deydi. Hamma bolalar har tomonga 
yugurib ketadilar. Quvlovchi ulami tutishga harakat qiladi. 
O'yinchilar xavf tug'ilgan paytda o'tirib olishlari mumkin, o'tirib 
olganlami quvlovchi tutmaydi. Quvlovchi tutib olgan bola onaboshi 
bo'ladi. O'yinni istagancha vaqt davom ettirish mumkin.
Bu o'yinning «Sakrash bilan quvlashmachoq» variantini ham 
o‘ynash mumkin. Bu o'yin ham yuqorida ta’riflangandek o'yna- 
ladi, faqat farqi — bir oyoqda sakrab yrugan o'yinchi tutilmaydi.
137


«Ko‘zboylog‘ich»
O'yinchilar doira qurib o'tiradilar. Ulardan bin onaboshi qilib 
tayinlanadi, u davraning tashqarisida turadi.
Bolalar ko'zlarini yumib o'tiradilar, onaboshi esa doira atrofida 
aylanib yurib, sekingina bir bolalaming orqasida to'xtaydi. Ona- 
boshining yurishiga bolalar quloq solib o'tiradilar. Orqasiga ona­
boshi kelib to'xtaganini payqagan o ‘quvchi qo'lini ko'tarishi va 
buni o'qituvchiga aytishi kerak. Agar bola to ‘g‘ri topsa onaboshi 
o'rnini egallaydi. Agar topolmasa o'yin davom ettirilaveradi.

Yüklə 476,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin