Hovli va ko'p qavatli uylar sharoitida oilaviy va mustaqil ravish
da, yakka tartibda jismoniy mashq-o'yinlar orqali o'z salomatligini
yaxshilashni maqsad qilib olayotganlar kun sayin ko'payib bor-
moqda.
Keng
maydonlar, bolalaming o‘yin maydonlari, xiyobonlarda
kun bo‘yi, ayniqsa, dam olish, ta’til kunlari va bayramlarda turli
o'yinlar bilan band bo'lganlar soni ko'payib bormoqda. Bulami
tashkil qilishda ota-onalar, faol jamoatchilar,
mutaxassislar bevosita
faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Qishloq joylaridagi katta to'ylar, an’anaviy bayram kunlari va
boshqa madaniy tadbirlarda katta-kichik kishilar va bolalar o'rtasida
kurash, ot o‘yinlari, turli xil milliy harakatli o'yinlar tashkil qilin-
moqda. Ayniqsa, qiz va o'g'il bolalar o'rtasida «Quvlashmoq»,
«Arqon tortish», «Yelkada kurash», «Piyoda ko'pkari», «To'qqiz
bosh», «Bo'ta soldi», «Ko'z bog'lash», «Kim qoldi» kabi milliy
harakatli o'yinlar ommalashgan. Bolalar va o'smirlaming qir-adir-
larda eshak va otlarga minib qilichbozlik qilish, otdan ag'darish,
tortishish o'yinlari zavqli o'tishi bilan birga ularning jismoniy kamo-
lotini o'stirishga xizmat qilmoqda. Xo'roz, qo'chqor, it urishtirish-
lar, kaklik va bedanalami sayratish (bahs), kampirlar va chollaming
aytishuvlari, raqslari, turli harakatli o'yinlarni
qadimiy milliy
o'yinlar sifatida namoyish qilish odati davom ettirilmoqda. Ular
estetik zavq berish va insonlaming sog'lomlikda uzoq umr ko‘-
rishlarida madaniy meros sifatida xizmat qilmoqda.
Toshkent shahar, viloyatlaming markazlari, shahar tusini olgan
tuman markazlari, katta qo'rg'onlarda (posyolka) ommaviy sog'
lomlashtirish tadbirlari keng ko'lamda tashkil qilinmoqda. Ayniqsa,
mahalla va ko'pqavatli uy-joy shaoitlarida estafetali o'yinlar va
milliy harakatli o'yinlardan keng foydalanilmoqda. Bunda bolalar
84
va o‘smirlaming guruh, jamoa bo‘lib musobaqalashishi, kichik
yoshdagi (2—6 yashar) bolalaming mustaqil
ravishda quvlashib
o£ynashi, to ‘plar orqasidan yugurish, futbol, xokkey kabi о ‘yin
elementlari qiziqarli o'tmoqda.
Yosh bolalaming (1 —6 yashar) ota-onalari, aka-opalari yorda-
mida maxsus moslamalarda (narvonlar, g‘ildiniklar, terib qo£yilgan
to‘siqlar, sun’iyg‘orlar va h.k.)
0
‘ynashi ularning harakatchanligini
oshirishi bilan bir qatorda ularning sho'x,
zavqli harakatlarini
takomillashtirishga, estctik hamda cmotsional tarbiyasiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, mahalla faollari, xotin-qizlar yig‘i-
lishlari, maktablardagi ota-onalar qo'mitasi majlislarida ta’lim-
tarbiya mazmunida turli harakatli o‘yinlarni bolalar bilan maqsadli
tashkil qilish ishlari tez-tez muhokama qilinmoqda. Buning boisi
shundaki, madaniyatli, sog‘lom oilalarning farzandlari o‘qimishli,
madaniyatli, sog‘lom bo‘lib, ular el-yurt uchun namuna bo'lmoq-
dalar. Birlari pedagogika va san’atda, yana birlari sanoat, tijorat,
qurilish, harbiy xizmat va boshqa sohalarda o ‘z iste’dodlarini
namoyon qiilmoqdalar. Demak, yashash joylari, ayniqsa, oilada
milliy harakatli o‘yinlarning xosiyat tomonlari cheksizdir.
Dostları ilə paylaş: