27. Bog‘cha bolalalari bilan milliy harakatli o‘yinlarni
o‘tkazish yo‘llari
Prezidentimiz I A Karimov buyuk kelajagimizni ko‘zda tutgan
holda, mamlakatning tinchligini saqlash, iqtisodiyotni rivojlantirish,
aholining salomatligini yaxshilash va, eng muhimi, yosh bolalami
sog‘lom qilib o‘stirishga jiddiy e’tibor berib kelmoqdalar. Bu yo‘lda
chuqur islohotlar o‘tkazilib, «Sog‘lom avlod» davlat dasturi, ta’lim-
ning uzluksizligi va umumta’lim davlat dasturi kabi g‘oyat muhim
bo‘lgan rasmiy hujjatlar qabul qilinib, ular amaliy jihatdan amalga
oshirilib, o‘z samaralarini bermoqda. Bunda «Sog‘lom ona —
sog‘lom bola» shiori ostida nufuzli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bu yo‘lda bolalar bog‘chalarining sharoitlarini yaxshilash,
mutaxassis kadrlar bilan ta ’minlash, ulami moddiy va ma’naviy
jihatdan qo‘llab-quvatlashga katta e’tibor berilmoqda.
/
89
Ta’kidlash zarurki, mustaqiUik yillarida qurilayotgan bolalar
tarbiyasi muassasalarining yangi binolari davr talablariga to'liq mos
keladi. Ya’ni bog‘cha bolalarini tarbiyalashda zarur bo£lgan sport
zallari, ochiq va yopiq suv havzalari, turli anjomlar bilan jihoz-
langan o‘yin maydonlari barpo etilmoqda.
Maktabgacha tarbiya pedagogika kollejlarida ixtisosli tarbiya-
chilarni yetishtirib berishga, ulami tarbiyaga doir barcha fanlar
mazmuni bilan qurollantirishga alohida e’tibor kuchaytirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, ulaming nazariy bilim va amaliy malakalarini
jismoniy tarbiya bilan boyitish yaxshilanmoqda. Hatto pedagogika
institutlari va pedagogika kollejlarida tayyorlanayotgan jismoniy
tarbiya mutaxassislariga bog'chalardagi jismoniy tarbiya bilimi
berilayotgani muhim ahamiyatga egadir. Buning boisi shundaki,
davr talablari va ta’lim-tarbiya taqozo etayotganidek, bog‘chalarda
jismoniy tarbiya tashkilotchisi (o£qituvchi-uslubchi) o‘rinlari
belgilangan. Chunki bog‘chalarda jismoniy tarbiya alohida maz
mun topib, u davlat dasturi asosida olib borilmoqda. Dastur maz-
munining yarmidan ko‘pi bolalarga ertalabki gimnastika, kunduzgi
milliy harakatli о'yinlar, kechki mustaqil harakatlar va maxsus
o'yinlami tashkil qilishga qaratilgan.
Bolalar bog‘chalarida bolalar turli yosh guruhlariga boMinib,
ulami kichik, o‘rta va katta gumhlar deb aytishga odatlanilgan.
Chunki bolalaming jismoniy holati, o £sish darajasi, harakat
malakalari va, umuman, tana a’zolaridagi funksiyalar (vazifalar)
tarbiya jarayonlarini belgilaydi. Shunga asosan, jismoniy tarbiyani
tashkil qilishda guruhlardagi amaliy harakatlar bir-biridan tubdan
farq qiladi. Gumhlar va ulaming tarkibidagi sog£lom va zaif
bolalarga nisbatan mashq-o£yinlaming turlari, baholar, ishme’yor-
lari ham bir-biridan ancha farq qiladi.
90
/
Barcha guruhlarda gimnastika mashqlari, milliy harakatli
o'yinlar, sayrlar tashkil qilinadi. Ularning turlarini quyidagicha
ifodalash mumkin.
I. Kichik guruhlar (1—3 yosh)da quyidagi mashq-o‘yinlar
o‘tkaziladr.
1. Safga turish, burilish, yurish, qo‘llami bel, yelka, yon,
balandga qo‘yib va ko‘tarib yurish. Turgan holda oldinga va
yuqoriga qollami ko‘tarib chapak chalish, joyda o‘ng, chap, orqaga
burilib sakrash, gavda a’zolariga turli xil mashqlar berish.
2. Chiziq, taxta va gimnastika o ‘tirgichlari ustida qo'llami
yonga yozib yurish, pastga sakrab tushish. Parallel chiziqlar ustida
tez yurib o‘tish.
3. Turli moslama-jihozlarda mashqlar, o'yinlar, halqalar
orasidan (tunnel) engashib o ‘tish.
4. Bolalarning yoshiga qarab (1—2 yosh, 2—3 yosh) to‘plami
ilib olish, dumalatilgan to‘pga yetib uni qaytarish, to‘pni burchakka
(mo‘ljal) otish, to‘pni oyoqlar bilan tepish, ushlab olish va h.k.
5. Havo yaxshi paytda о‘yin maydoni, hovli yuzasi va atrofida
sayrlar.
II. 0 ‘rta yoshdagi (3 -4 yosh) bolalar kichik yoshdagi bola
laming o 4yin va mashqlarini takrorlaydilar, faqat bunda ularning
miqdori va boshqarish yo‘llari birmuncha murakkablashtiriladi.
Shuningdek, futbol o‘yini elementlari (to‘pni tepish, irg‘itish,
to'xtatish, sherigiga uzatish va h.k.), kurash elementlari (yelkadan
tortish, belga yopishish, quchoqlab olish, yiqitish va h.k.) kiritiladi,
bog‘chadan tashqariga, xiyobonlarga sayrlar uyushtiriladi.
III. Katta guruhlarda (5—6—7 yosh) gimnastika mashqlari
to‘la ravishda o‘tkazilib, bunda ularga harakatli o ‘yinlar qo‘shib
olib boriladi. Ya’ni bir oyoqda juft bo‘lib sakrash, yelkalardan
91
ushlagan holda bir oyoqda juft bo‘lib sakrab yurish, qator chiziqlar
ustidan tez yugurib o‘tish Г kim tez), go‘la (brevno) yoki o£tirgich
(skameyka) ustidan yiqilmay tez yurib o‘tish, arg‘amchilami aylan
tirib sakrash, ikki-uchta to ‘p (buyum) bilan yugurib uni doira
ichiga qo'yib kelish va olib kelish kabi oddiy va murakkab harakatlar
musobaqa shaklida o‘tkaziladi.
Kuntartibidagi (rejim)
0
‘yin-mashqlarda quyidagi yo'nalishda
mashg‘ulot-o‘yinlar tashkil qilinadi:
— saf-qator bo'lib tizilish, yurish, sakrashlar;
— turli estafetali o‘yinlar, to'plarni manzilga qo'yib kelish va
olib kelish, bulava (buyum), tayoq, bayroqlarni kichik doiraga
qo‘yib-tiklab kelish, olib kelish, chambaraklar ichidan o‘tib, aylanib
yugurish;
— oddiy milliy harakatli o'yinlar («Mushuk bilan sichqon»),
«Bo‘shjoy», «Qo£l tekkazib qochish», «Ko'zbog'lash», «Bekin-
machoq», «Xo£rozlar jangi», «Oqterakmi, ko£k terak», «Qarmoq»
va h.k.
Sayr-sayohatlardagi o£yinlar;
— bog£cha atrofi, xiyobonlar, madaniyat maskanlari, maktab
oldi maydonchalari, ko£p qavatli uylar va h.k. manzarali joylarga
sayrlar uyushtirish;
— ochiq maydon va o£tloqli joylarda «Quvlashniachoq», «Kim
tez», «Ovozidantop», «Kimkeldi», «Arqon toitish», «Tepaga chiqish»
kabi milliy harakatli o'yinlami qisqa vaqtli qilib tashkil etish.
Ta’kidlash lozimki, tabiyachi-tashkilotchi mazkur mashqlar,
harakatli o'yinlami yaxshi bilishi, ulami tashkil qilishda pedagogik
tamoyillar (asta-sekin, osondan qiyinga, oddiydan murakkabga,
tanishdan notanishga, takrorlash, tushuntirish, yangi o'yin o'rga-
tish, o'yinlami yakunlash va h.k.)ga to'la amal qilishi lozim.
92
Xulosa qilib aytganda, barcha yoshdagi bog‘cha bolalarining
sog‘lom bo'lishi, qomatini to‘g‘ri o‘stiruvchi va jismoniy rivojlan-
tiruvchi o ‘yin-mashqlami tanlash, yangilab borish lozim. Bolalar-
dagi o ‘yinqaroq xususiyatlarni yanada takomillashtirish milliy va
harakatli o ‘yinlaming asosiy maqsad va vazifalari bo'lishi shart.
Dostları ilə paylaş: |