Oliyvao rtamaxsus ta’lim vazirlich karimjon Rahimqulov


UIug‘ sanalar, an’anaviy bayramlar va turli milliy



Yüklə 476,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/70
tarix19.12.2023
ölçüsü476,86 Kb.
#186300
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Milliy harakatli o\'yinlar. Rahumqulov K

28. UIug‘ sanalar, an’anaviy bayramlar va turli milliy
udumlarda harakatli o‘yinlardan foydalanish
Mustaqillikning ulug‘ sanalari. 
O'zbekistonning mustaqilligi 
tufayli ulug‘ sanalami belgilash va ulami tantanavor ravishda o‘tka- 
zishda tub burilishlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizda ulug‘ sanalar g‘oyat ko‘p. Ular orasida 
Mustaqillik kuni (1 sentabr) eng ulug‘, ustuvor sanadir. Shuning- 
dek, buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur, sharq she’riyatining 
sultoni hazrati Alisher Navoiy, buyuk allomalarimiz Ibn Sino, 
Bobur, shuningdek, Oybek, G ‘afur G ‘ulom, Abdulla Qahhor, 
Hamid Olimjon kabi mutaffakirlar, yaqin o‘tmishimiznmg adiblari, 
san’at, madaniyat, davlatni idora etish va boshqa ko‘p jabhalarda 
o £z mehnatlari bilan nom qozongan kishilarning tavalludlariga 
bag‘ishlab katta tantanalar o‘tkaziladi.
1991-yildan boshlab Mustaqillik kuniga bag‘ishlab katta bay- 
ram tomoshasi zo‘r tantana va quvonch bilan o‘tkazib kelinmoqda. 
Uning dasturidan san’atkorlarning qo‘shiq va raqslari ko‘proq o‘rin 
egallaydi. Shunday bo‘lsa-da, bu bayram dasturidan jismoniy ma­
daniyat va sport, ayniqsa, xalq milliy o‘yinlari ham chetda qolib 
ketgani yo‘q. Ular quyidagi koerinishda o‘z ifodasini topmoqda:
1. 
Kurashchilar, bokschilar, badiiy gimnastikachi qizlar, 
chavandozlaming ko‘rgazmali chiqishlari.
93


2. Raqqosalar va o‘yinchi yigitlaming jozibali o‘yinlarida ot 
choptirish, otdan ag‘darish, otda qilichlashish, yelkada kurash, 
tortishish kabi milliy harakatli o‘yinlaming ramziy ijrolari.
3. Balet raqslarida yigit va qizlaming quvlashib o‘ynashlari, 
kurash va boshqa turlaming ifodalanishi.
4. Bog'cha bolalari va maktab o‘quvchilarining sahnaviy o‘yin- 
raqslari va jam bo‘lib hamda yakka tartibdagi qo‘shiqlarda 
«Alpomish», «Barchinoy», «To‘maris», Jaloliddin Manguberdi kabi 
afsonaviy va xalq qahramonlari timsollarini namoyish etish.
Ulug‘ adiblar tavalludi munosabati bilan o‘tkazilib kelinayotgan 
yubileylarda kurash va boshqa sport turlari bo‘yicha xalqaro 
turnirlar tashkil etilib, ulaming kirish qismida turli harakatli 
o'yinlar (tosh ko‘tarish, keksalaming olishuvi, arqon tortish, yelka 
urishtirish, ot o ‘yinlari va h.k.) namoyish etilmoqda.
San’at saroylari, muhtasham kechalarda o‘tkazilayotgan tanta- 
nalarda sahna yoki ochiq maydonlarda bolalaming kurash tushishi, 
san’atkorlar raqsida xalq milliy o‘yinlarining ramziy ma’nolari 
ijro etilishi ham diqqatga sazovordir.
Bunday tadbirlarda xalq milliy harakatli o‘yinlarini ifoda etish 
milliy qadriyatlarimizga bolgan e’tiboridan darakdir.

Yüklə 476,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin