sazovor bo‘lgan tadbirlar qatorida milliy harakatli o ‘yinlar ham
tashkil etilmoqda. Bu tadbirlarda ota-onalar va bolalar bilan
birgalikda to ‘p, arg‘amchi,
chambarak, bulava, bayroqlar bilan
har xil estafetalar uyushtiriladi. Ular kichik halqachalami otib
qoziqlarga tushirish, savat ichiga to ‘pni otib tushirish, yugurish,
tik va yoysimon narvonlarga chiqish-tushish, osilib turish kabi
qiziqarli harakatli о ‘yinlar bo‘yicha kim tez, kim chaqqon, kirn
yiqilmay o‘tadi, kim tez olib o‘tadi kabi bahslar,
shartlar va talablar
bo‘yicha kuch sinashadilar.
Demak, harakatli o‘yinlar (oddiy va murakkab, zamonaviy va
milliy o‘yinlar) ko‘ngil ochish va istirohat bog‘larida ham u yoki
bu tarzda o ‘z o‘miga ega bo‘ladi. Shu tufayli,
dam oluvchilar,
ota-onalar va, ayniqsa, bolalar hamda o ‘smir-yigitlar harakatli
o‘yinlar orqali xordiq chiqaradilar, kuch-quwat to‘playdilar. Bu,
o‘z navbatda, mehnatkashlami ertangi yumushlarini tetik, ixcham
bajarishlari, mehnat samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. 0 ‘quv-
chi-yoshlar va talabalaming o‘quv sharoitlari, bir-birlariga mehr-
oqibatlari, do‘stlik kabi fazilatlarini yanada yaxshilaydi.
Keksa-
laming esa ruhiy va jismoniy tetikligi, bardamligiga yanada kuch,
zavq bag‘ishlab, uzoq yillar sogMom bo‘lib yurishlariga bir olam
hissa qo‘shadi.
Xulosa qilganda, ko‘ngil ochish va istirohat bog‘larida jismoniy
madaniyat tadbirlarini ko‘proq maqsadli va mazmunan qiziqarli
qilib o‘tkazishga yanada ko‘proq ettibor berish lozim.
Buning
uchun esa maxsus tashkilotchilar, faol ishtirokchilar safini ken-
gaytirishga to ‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: