tovarni sotish, ya’ni tovarni pulga ayirboshlash (T-P) yuz beradi. Bu jarayonda pul
vositachilik qiladi, pul muomila vositasi funksiyasini bajaradi.
Pul ishtirokida tovar ayriboshlash tovar muomilasi shaklini oladi. Bundan farqliroq
barter – tovarni tovarga bevosita almashtirish bo’lib ma’lum
kelishilgan narxni
taqozo etsada pul ishtirokisiz yuz beradi.
Barter pulsiz ayriboshlash bo’lganidan bozor iqtisodiyotiga to’g’ri
kelmaydi, shu
sababli
u pul qadrsizlangan, tovar topish mushkul bo’lgan paytlarda qo’llaniladi.
O’ta taqchillik yuz berib, bozor aloqalari buzilgan sharoitda talon va kuponlar tovar
ayriboshlashda qo’llanilgan hollari ham mavjud. Barter taraqqiy etgan mamlakatlar
uchun xos emas. Bu shuning uchunki aynan ayriboshlash uchun ming yillar oldin pul
uylab topilgan. Shuning bilan birga yosh mamlakatlar o’zini
tutib olguncha, ular
bozorlarini xom-ashyo va uskunalar bilan to’ldirishda barterni ma’lum
ahamiyati
bor.
O’zbekistonda 1994 yilda umumiy eksportni 17 foizini barter tashkil etgan. 1995
yilda u ikki barobardan ko’proqga kamaydi.
Dostları ilə paylaş: