olympiad.uzedu.uz Telegram ( https://t.me/olimpdep ) Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi) Biologiya 10-sinf 20.10.2023 11:00-12:30 A) yong‘oqsimon tojli tovuqlar o‘zararo chatishtirilsa oddiy tojli tovuq olish mumkin
B) oddiy va no‘xatsimon tojli tovuqlar chatishtirilsa yong‘oqsimon tojli tovuqlar olish mumkin
C) digomozigota no‘xatsimon va yong‘oqsimon tojli tovuqlar chatishtirilsa oddiy tojli tovuqlar olish mumkin
D) oddiy va gulsimon tojli tovuqlar chatishtirilsa yong‘oqsimon tojli tovuqlar olish mumkin
20. Translatsiya (a) va transkripsiya (b) jarayoniga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) adenin ribonukleotidlarini uratsil ribonukleotidlariga mos kelishi; 2) sitoplazmada sodir bo‘ladi;
3) yadroda sodir bo‘ladi; 4) timin dezoksiribonukleotidlarini adenin ribonukleotidlariga mos kelishi;
5) i-RNK dagi irsiy axborot polipeptid zanjiradagi aminokislotalar izchilligiga ko‘chirilishi; 6) i-RNK
polimeraza ishtirokida kechadi; 7) dezoksiribonukleotidlardagi axborotni ribonukleotidlarga ko‘chirilishi
A) a-1, 5, 2; b-4, 6, 3
B) a-5, 6, 7; b-3, 1, 4
C) a-5, 2, 4; b-1, 7, 6
D) a-1, 6, 2; b-3, 4, 7
3-qism: Har bir topshiriq 2,6 balldan baholanadi 21. Quyidagi organizmlar nechta sinf (a) va nechta turkumga (b) mansub ekanligini aniqlang.
1) temirchak; 2) podalariy; 3) bosh biti; 4) iskaptopar; 5) suluv ninachi; 6) maxaon; 7) qoraqurt; 8) sariq
falanga: 9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi.
22. Meyoz I jarayonida ro‘y beradigan o‘zgarishlar ketma-ketligini aniqlang. Raqamlarni to‘g‘ri
ketma-ketlikda to‘liq yozing.
1) gomologik xromosomalarning o‘xshash qismlari o‘zaro chalkashadi; 2) xromatinlar despirallashadi;
3) sentriolalar ikki qutbga yo‘naladi; 4) gomologik xromosomalar qutblarga tarqaladi; 5) juft xromatidalardan
tuzilgan xromosomalar spirallashadi; 6) gaploid to‘plamga ega ikkita qiz hujayrani paydo bo‘ladi; 7)
xromatidalar tetradasini hosil bo‘ladi.
23. Barbadenze g‘o‘zasida (n=26) urug‘lanish natijasida bir nechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalardagi
xromosomalarning umumiy soni 9360 ta bo‘lsa, qo‘sh urug‘lanishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping.
24. Shaftolining gul a’zolari soni bo‘yicha holat to‘g‘ri ko‘rsatilgan barcha javoblarni aniqlang.
gulkosachabarg = Gk; gultojibarg = Gt; changchi = Ch; urug‘chi = U.
a) Gk = Gt; b) U < Ch; c) Gk > Gt; d) Gk < Ch; e) U = Ch; f) Gt > U; g) Gk > Ch; h) Gt < Ch; i) U > Ch
25. DNK molekulasidagi nukleotidlar soni 240 ta bo‘lib, undagi azot asoslari o‘rtasidagi vodorod bog‘lar soni
timin nukleotidlar sonidan 5 marta ko‘p bo‘lsa, mazkur DNKdagi azot asoslari o‘rtasidagi jami vodorod
bog‘lar sonini aniqlang.
26. Energiya almashinuvi jarayonida 3550 kj issiqlik energiyasi ajraldi. Jarayonning dastlabki bosqichida
50 kj energiya ajralgan bo‘lsa, mazkur energiya almashinuvidagi to‘liq va chala parchalangan 5 mol
glukozadan qancha ATF (mol) sintezlanadi?
27. Xardi-Vaynberg qonuniga ko‘ra
a geni 20% ekanligi aniqlandi. Geterozigota
Aa genotipli ota-ona
organizmlardan 600 ta avlod olindi. Olingan avlodlardagi dominant gomozigota organizmlar sonini toping.