Ommaviy madaniyatning shakllanish tarixi va uning turlari: aksilmadaniyat, submadaniyat, popular madaniyat, ekran madaniyati. Reja



Yüklə 208,88 Kb.
səhifə2/4
tarix03.12.2023
ölçüsü208,88 Kb.
#172047
1   2   3   4
Ommaviy madaniyatning shakllanish tarixi va uning turlari aksil

Ma’naviyat va ommaviy madaniyat .
Dunyodagi har bir xalqning o’ziga xos an’analari, urf-odatalari milliy qadriyatlari bor. Shu jihatlarga ko’ra xalqlar biri ikinchisidan farqlanadi, ularning ijtimoiy hayotida o’ziga xoslik kuzatiladi. Muayyan zaminda yuzaga kelgan, necha yuz yillar davomida shakllangan va sayqal topgan ma’naviy mezon va meyorlar,madaniy meros shu millatning, shu xalqning bebaho boyligi hisoblanadi. Zamonaviy taraqqiyot va davlatlar o’rtasidagi har tomonlama (iqtisodiy,siyosiy,makkuraviy, madaniy va h.k) yaqinlashishning tezlashuvi mumtoz madaniyatga va ma’naviy qadriyatlar sistemasiga sezirali ta’sir ko’rsatmoqda. Hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan texnika va texnologiyalar, globallashuv jarayonlari bunday boylikning mohiyatini yanada chuqurroq anglashni taqazo etmoqda. Ma’naviy va mafkuraviy tahdidlar turli ko’rinish, shakl va mazmunda namoyon bo’layotganini hisobga olsak, keskin choralar ko’rib, ularning oldini olish zaruratga aylandi. Ommaviy madaniyatning ayrim yo’nalishlari va hodisalarining salbiy ta’siri ham ma’naviy tahdidlar qatoriga kiradi. Ommaviy madaniyat nimani tarqatishni va ommalashtirishni maqsad qilsa, uning asosiga maqsadiga mos g’oyani qo’yadi, o’z urinishlarini turli usullar yordamida niqoblaydi. Bugungi kunda ma’naviyatning birlamchi asosini tashkil etuvchi axloqiy meyorlarning zaiflashib, qashshoqlashib borishi ko’zga tashlanmoqda. Axloqiy buzuqlik va zo’ravonlikni targ’ib qiluvchi ayrim “ijodkor” guruhlar o’z urinishlarini yaratgan maxsulotlarini inson huquqlari, erkinligi, ozodligi, demokratiya bilan bog’lab oqlamoqdalar va aksar hollarda buning ustidan ham chiqmoqdalar. Axloq meyorlarining huquq normalariga bo’ysundirilishi esa bu boradagi fikrlovchilarning “tegirmoniga suv quymoqda”. Misol uchun bugun ayrim G’arb davlatlatlarida bir jinsli nikohlarning legallashtirilganini (qonuniylashtirilishi) va ularga farzand asrab olishga ham ruxsat berilayotganini aytish mumkin. Bu kabi hamda oila-nikoh masalasidagi an’anaviy qadriyatlarga bepisandlik, ayol va erkak aloqalarini, birgalikda turmush kechirishni o’ta erkinlashtirish axolqiy qadriyatlar deformatsiyaga uchrashiga va ayrim holatlarda ularning yo’qolishiga ham sabab bo’lmoqda. Oilaning jamiyat oldidagi vazifasi nisbiy bo’lib qolmoqda, uning avlodlar davomiyligini ta’minlashdek eng muhim fundamental vazifasiga befarq qaralmoqda. Bu esa ba’zi bir G’arb davlatlarida demografik muammolarni keskinlashtirmoqda. Mazkur xolatlar nafaqat ma’naviy tanzzulga balki, moddiy- iqtisodiy hayotga ham sezirali ta’sir ko’rsatadi, mehnatga yaroqli aholining kamligi esa ishlab chiqarishga salohiyatiga va shu asosda mamlakatning iqtisodiy quvvatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ishchi kuchiga bo’lgan talabning oshishi mehnat migratsiyasi asosida muhojirlarning yoppasiga kirib borishi madaniy munosabatlarda sezirali o’zgarishlarni yuzaga keltirmoqda.
Yangi muhitga tez moslashib, o’zini yerli aholi kabi his qilish uchun muhojirlar jamiyatdagi mavjud meyorlarni qabul qilishlari zarur. Bu esa milliy madaniyatlar diffuziyasiga, ya’ni bir-birining tarkibiga kirib borishiga zamin yaratmoqda. Aslini olganda ommaviy madaniyat niqobida kirib kelayotgan axloqsizlik, behayolik, zo’ravonlik va buzuqlik kabi illatlarning hech biri xalqning milliy madaniyatiga, umumbashariy qadriyatlarga to’g’ri kelmaydi. Bu xususda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edi: “Ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egotsentirizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa uning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi.Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatalar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti,oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda”.
Darhaqiqat, globallashuv sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongini zaharlaydigan, ma’naviy dunyosiga xavf soladigan mafkuraviy tahdidlar kirib kelishi kuchaymoqda.Natijada ayrim yoshlarimiz to’g’ri yo’ldan chalg’ib, adashib qolmoqdalar. Ular ma’naviyatini izdan chiqarib, o’zlarini xudbin va johil qilib qo’yayotgan ommaviy madaniyat nima va u qachon paydo bo’ldi?. Aslini olganda ommaviy madaniyatga nisbatan o’ta salbiy va bir tomonlama munosabatda bo’lish, nazarimizda, nohaqlik bo’ladi. Ommaviy madaniyat ma’lum madaniy hodisalarning, shu jumladan qadr-qimmati yoki shubhali g’oyalarning, mahsulotlarning omma tomonidan notanqidiy iste’mol qilinishida, qo’llanilishida namoyon bo’ladi. Ommaviy madaniyatni kelib chiqishiga oid fikrlarni turli faylasuf va olimlar, jamiyatshunoslar har qaysi davrda o’sha davr nuqati nazariga asosan taxlil qilgan.Kimdir ommaviy madaniyatni yaqin davrda paydo bo’ldi(Yelena Smolskaya) deb hisoblasa, yana qaysidir olimlar uning tarixini ming yilliklarga(D.Uayt) taqaydilar. Hozirgi davr nuqtai nazaridan qaraganda, ommaviy madaniyat zamonaviy jamiyat mahsuli deyish mumkin. Gap uning kelib chiqish tarixi va shakllanishi haqida ham emas, aslida davr o’tishi bilan ommaviy madaniyatning asosini ijobiy jihatlardan ko’ra salbiy jihatlar ko’proq tashkil etayotganidadir. Ilgarilari uning milliy mintalitetga moslashishi kuzatilgan, bugun esa uning aksi kuzatilmoqda. Ommaviy madaniyat milliy madaniy chegaralardan osongina o’tib, odamlar ongi va ma’naviy hayotini o’ziga moslashtirishga, ikkinchi darajaga tushirishga, hatto ba’zi hollarda an’anaviy qadriyatlar yo’qolishiga olib kelmoqda. Chunki u inson ongini, turmush tarzini, butun jamiyatni standartlashtirishni ko’zlaydi. Bugun ko’p narsa ommaviylik kasb etmoqda. Misol uchun hamma mobil telefon ishlatadi, bir xilda kiyinadi. Bunga asosan texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, mahsulotlarning sanoat usulida ishlab chiqarilishi sabab bo’lmoqda.Uzoqqa bormaylik, bundan 30-40 yillar burun kabelli telefonlar sanoqli odamlar xonadonida bo’lgan. Zamonaviy texnologiya tuhfalarini qulaylik nuqtai nazaridan osongina qabul qilamiz va ular ishimiz bir necha barobar tez va samarli bo’lishiga yordam beradi. Ammo ommaviy madaniyat ijtimoiy hodisa sifatida ma’naviyat rivojiga ayrim hollarda ziddiyatli ta’sir ko’rsatadi. Bir tomondan, ommaviy madaniyat milliy madaniyatning boyishiga ham xizmat qiladi. Har qanday madaniyatga qotib qolgan narsa sifatida qaramaslik lozim. Taraqqiyot zamon bilan hamnafas bo’lishni, u yaratgan yangiliklarga moslashishni talab qiladi.U yaratgan mahsulotlar universalligi, ommabopligi, ixchamligi, bozor talablariga tez moslashishi bilan odamalar e’tiborni jalb qiladi, qiziqtiradi va o’ziga o’rgatadi. Yaratilgan mahsulotlar qulaylik jihatidan tez qabul qilinadi, insonning bo’sh vaqtini to’ldirishga, dam olishiga yordam beradi. Boshqa tomondan, uning mazmunan sayoz va katta qimmatga ega bo’lmagan mahsulotlari odamalar ma’naviy yuksalishiga foyda bermaydi, ularning ongini boyitishga emas, boshqarishga qaratilgan bo’ladi. Iste’molchilik psixologiyasining ta’sirida ayni paytda urfda bo’lgan mahsulotlarni xarid qilishga o’rganadi. Reklama qilinayotgan mahsulotni xarid qilgan kishi o’zini zamonaviy inson, davr bilan hamnafas deya his qila boshlaydi va aksincha bo’lganda o’zini zamondan ortda qolganday sezadi. Mahsulotga bo’lgan zaruriy ehtiyoj va uning sifati hisobga olinmasdan, e’tirozsiz qabul qilinadi. Ommaviy madaniyat mahsulotlarida milliy belgilarning zaifligi yoki mutlaqo yo’qligi milliy ma’naviyatga aks ta’sir ko’rstadigan tahdidlardan biridir.Ma’naviy tahdidlar inson ichki olamiga qarshi qaratilgan bo’lib, uning ongini, dunyoqarashini, ruhiyatini izdan chiqaradi.Qizig’i shundaki, bu tahdidlar yosh, millat,til din, irq, xalq tanlamaydi.Lekin ko’proq hayotiy tajribasi va bilimi kam yoshlar ongiga xavf tug’diradi. Mamlakatimiz aholsining katta qismini yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo’lsak, turli shakl va mazmundagi ma’naviy tahdidlarga qarshi tura olish dolzarb ahamiyat kasb etayotir. Internetning, ayniqsa undagi ijtimoiy tarmoqning jadallashuvi tufayli turli mazmundagi axborot har bir xonadon, har bir kishi hayotiga kirib kelayotir va ularning uchun zaruriy ehtiyojiga aylanmoqda. Internet xizmatlari mobil telefoning asosiy funksiyalaridan biriga aylanib ulgurdi. Bu esa internet xabarlariga to’siq va chegara qo’yish imkonini yo’qqa chiqardi. Zamonaviy sivilizatsiya in’om etayotgan qulaylik va imkoniyatlardan,internetdan voz kechib bo’lmaydi. Lekin masalaning boshqa ziddiyatli va inson ma’naviyatiga salbiy ta’srir ko’rsatdigan tomonlari ham borki, insonni o’ylashga, mushohada yuritishga va amaliy ishalar qilishga undaydi. Yoshlarimiz ma’naviyatini boyitish, ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bugun keng jamotchilikning vazifasiga ayalanmog’i kerak. E’tibor berdigan bo’lsak, har qanday madaniyat to’satadan yuzaga kelib qolmaydi, u asta-sekinlik bilan shakllanadi. Kichik, bir qaraganda arzimas ko’ringan voqealar orqali ommaviy madaniyat odamlarni qiziqtiradi, o’ziga o’rgatadi, ko’niktiradi va ongini egallaydi. Eng xavfli tomoni ham shunda.
Ommaviy madaniyat taklif etayotgan oson qabul qilinadigan yengil va mazmunan sayoz har qanday namunalar inson bilimi, dunyoqarashi, ma’naviyatini boyitishga xizmat qila olmaydi. Tuturuqsiz qo’shiqlar, filmlar, suratlar,turli xildagi roliklar “usti yaltiroq ichi qaltiroq” mazmundagi mahsulotlar xolos. Bu kabi “madaniy mahsulotlar” insonga bilim bemaydi, ma’naviyatining boyishiga xizmat qilmaydi. Aksincha, insonda nafs va hirsni rag’batlantiradi, asl qadriyatlarga befarqlik va loqaydlikni shakllantiradi, fikr qaramligiga va milliy ruhning yo’qolishiga olib keladi. Shunday ekan, millatimiz, xalqimiz madaniyatiga zid bo’lgan yengil-yelpi “madaniy mahsulotlar” ga tanqidiy munosabatni kuchaytirish kerak. Garchand ularni taqiqlashning imkoni bo’lmasada. Xalqimiz tabiatiga, mintalitetiga begona bo’lgan, ayrim kishilar “zamon zayli” deb nomlayotgan ma’naviy tanazullga boshlaydigan illatlarga qarshi turishda har bir kishida avallo mafkuraviy, ma’naviy- madaniy immunitetni, yuksak vatanparvarlik hissini, chuqur bilim va e’tiqodni shallantirmoq kerak. Shundagina biz ko’zlayotgan kelajagi buyuk ozod va obod vatan qurishdek olijanob maqsadlarimizga to’la-to’kis erishmog’miz mumkin.Bu jarayonda ma’naviyat millatni yuksalishga, mamlakatni taraqqiyotga boshlaydigan omilga aylanadi. Ma’naviy qudrati kuchli bo’lgan xalqda bunyodkorlik, ezgulik va vatanparvarlik hissi yanada rivojlanadi, tinchlik va osoyishtalik hukm suradi.

Yüklə 208,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin