-
Mobil aloqa yoki internet tarmog‘i orqali bank amaliyotlarini boshqa shaxslar
ishtirokisiz yoki kuzatuvisiz amalga oshirish;
- Shartnomaning amal qilish muddatini nazorat qilish;
-
Bank tomonidan yutuqli(baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash) hamda
boshqa shartlar asosida tashkil etiladigan uyinlarda avtomat tarzda ishtirok etadi.
11.2.2. Mijozning huquqlari:
-
Tizim orqali o‘zining depozit hisobvarag‘idagi mablag‘larini erkin tasarruf etish;
-
Depozit hisobvaraqlari aylanmasi to‘g‘risida maʼlumot olish;
11.2.3. Bankning majburiyatlari:
-
Mijozning elektron arizasi bilan "Onlayn omonat" hisobvarag‘i ochish;
-
Mijozning elektron topshirig‘iga
asosan tegishli bank amaliyotlarini bajarish;
-
Shartnoma shartlariga asosan Mijozning "Onlayn omonat" hisobvarag‘idagi
mablag‘iga foiz hisoblash va shartnomada belgilangan muddatda foizlarni to‘lash.
11.2.4. Bankning huquqlari:
- Mijoz tomonidan
shartnomaning sharti buzilgan taqdirda hisoblangan va to‘langan
foizlarni shartnomada belgilangan miqdorda qayta hisob-kitob qilish hamda
hisobvaraqdagi qoldig‘idan chegirib qolish;
-
Shartnomaning muddati tugagan kunda "Onlayn omonat" hisobvarag‘idagi
mab
lag‘larni va unga hisoblangan foizlarni Mijozning plastik kartasiga o‘tkazib
beriladi. Bunda mijoz individual ravishda mobil ilova orqali tegishli
amallarni
bajarishi lozim;
-
O‘zbekistan Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan Mijoz
hisobvarag
‘i xatlanganda, Bank tomonidan hisobvaraq orqali amaliyot bajarish
to‘xtatiladi. Shuningdek, Mijozning hisobvarag‘i xatlanganligi oqibatida Bank ushbu
hisobvaraqdagi pul mablag‘laridan foydalana olmagan davr uchun foiz hisoblamaydi.
11.3.
SHARTNOMA BO‘YICH
A
HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
11.3.1. Shartnoma bo‘yicha yillik foiz stavkasi mijoz tomonidan tanlangan foiz
stavkasi bo‘yicha hisob
-kitob qilinadi;
11.3.2. Shartnoma shartlari Mijoz xohishiga ko‘ra buzilganda omonatga to‘lab
berilgan foizlar omonatning asosiy summasidan chegirilib qolinadi hamda tegishli
omonat tartibi asosida xisob-kitob qilinadi;
11.3.3. Hisobvaraqqa qo‘shimcha mablag‘ kirim qilish muddatli omonatni istisno
etgan holda kirim qilinadi;
11.3.4. Hisobvaraqdan qisman chiqim qilish mumkin emas;
11.3.5.
Hisoblangan foizlar har oyda mijozning plastik kartasiga o‘tkaziladi.
11.4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
11.4.1. Taraflar ushbu Shartnomaga asosan o‘z majburiyatlarini bajarmaganliklari
yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun amaldagi qonunchilikka asosan javobgar
bo‘ladilar;
11.4.2. Mijoz hisobvaraqqa kirim qilingan mablag‘larni qonuniyligiga shaxsan
javobgardir.
11.5. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA BEKOR QILISH TARTIBI
11.5.1. Shartnoma tuzilgan kundan boshlab shartnomada belgilangan muddat
tugagungacha amal qiladi;
11.5.2. Mijoz Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishi mumkin. Bunda ushbu
shartnoma shartlari buzilgan hisoblanadi va to‘langan foizlar
omonatning asosiy
summasidan chegirib qolinadi.
11.6. MAXFIYLIK
11.6.1. Mazkur shartnomani tuzish va bajarish vaqtida Taraflar bir-biridan olgan
barcha maʼlumotlar maxfiy axborotlar deb tan olinadi;
11.6.2. Omonatlar bo‘yicha axborot bilan tanishish huquqi bo‘lgan shaxslar
amaldagi
qonunchilikka muvofiq ularni oshkora qilmaslik uchun javobgar hisoblanadi hamda
qatʼiy sir saqlash qoidalariga rioya etishlari, shuningdek, bank siri va konfedensial
maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etishda O‘zbekiston Respublikasining
“Bank siri to‘g‘risida” Qonuni va bankda amalda bo‘lgan ichki tartib qoidalariga qatʼiy
amal qilishlari shart;
11.6.3. Mazkur talab nomuayyan muddatga amal kiladi.
11.6.4. Ushbu talablarni buzgan Taraf buning oqibatida ikkinchi Tarafga yetkazilgan
barcha zararni to‘liq hajmda qoplaydi.
11.7.
FORS-MAJOR HOLATLARI
11.7.1. Fors-major holatlari yuzaga kelgan vaqtda Taraflar ushbu holatlar bartaraf
etilguniga qadar shartnoma bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarini bajarishdan ozod
bo‘ladilar.
11.7.2. Fors-major holatlari yuzaga kelganligi yoki bartaraf etilganligi haqidagi
x
abarnomalar Taraflarda mavjud bo‘lgan barcha aloqa vositalari orqali yuborilishi
mumkin (CMC va MMS xabarlari bundan mustasno).
11.8. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
11.8.1. Taraflar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik
yoki nizol
arni muzokara yo‘li bilan hal etadilar.
11.8.2. O‘zaro kelishuv imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, huquqi buzilgan Taraf
tomonidan yuborilgan talabnoma yoki ogohlantirish xatiga ikkinchi Taraf mazkur
talabnoma yoki ogohlantirish xatida ko‘rsatilgan muddat ichi
da javob berishi lozim.
11.8.3. Tinch yo‘l bilan hal etilmagan nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida
belgilangan tartibda Sud orqali hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: