lot – buyurtmachi tomonidan auksion yoki tanlovda sotish (ijaraga berish) uchun savdoga qo‘yilgan
obyekt;
lotga oid axborot – auksion yoki tanlov obyekti bo‘yicha buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan
ma’lumotlar va hujjatlar;
obyektning baholangan qiymati – auksion obyektini baholash haqidagi hisobotda (baholash talab
etilmaydigan holatlardan tashqari) yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarorida
yoxud sud qarorida ko‘rsatilgan qiymat;
operator – savdo platformasida auksion va tanlovni tashkil etish hamda o‘tkazish vakolati berilgan
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
takroriy auksion yoki tanlov – auksion yoki tanlov o‘tkazilmagan deb topilgan hamda natijalari
bekor qilinganda, qaytadan o‘tkaziladigan auksion yoki tanlov;
talabgor – savdolarda ishtirok etish istagini bildirgan va operatorning savdo platformasida ushbu
Nizom bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
tanlov g‘olibi – tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan
ishtirokchi;
tanlov shartlari – tanlovni o‘tkazish tartibi, tanlov g‘olibini aniqlash mezonlari, ishtirokchilarga
qo‘yiladigan investitsiya va ijtimoiy yoki boshqa majburiyatlar va talablar yuzasidan buyurtmachi
tomonidan belgilanadigan shartlar;
tanlovning salohiyatli g‘olibi – tanlov g‘olibining taklifidan keyingi eng yaxshi taklifni taqdim
etgan ishtirokchi;
xabarnoma – savdo platformasida muayyan lot bo‘yicha auksion yoki tanlov o‘tkazilishi haqidagi
axborot;
xaridor – obyekt qiymatini to‘liq to‘lagan yoki buyurtmachi bilan obyektining oldi-sotdi (ijara)
shartnomasini tuzgan savdolar g‘olibi;
shaxsiy kabinet – buyurtmachi yoki ishtirokchiga auksion va tanlovlarga buyurtma berish, ularda
qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik ma’lumotlarni ko‘rish hamda
operator tomonidan jo‘natilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining
maxsus bo‘limi;