Ommaviy oferta


Auksion xabarnomada ko‘rsatilgan sanada soat 10:00 da (GMT+5) boshlanadi, lot savdodan  qaytarib olingan hollar bundan mustasno. 7.5



Yüklə 152,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix24.10.2023
ölçüsü152,47 Kb.
#160503
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
035b7fe0c96cae995e07f590f0552d2ea5bfae12

7.4.
Auksion xabarnomada ko‘rsatilgan sanada soat 10:00 da (GMT+5) boshlanadi, lot savdodan 
qaytarib olingan hollar bundan mustasno.
7.5.
Tegishli lot bo‘yicha auksion boshlanishidan o‘ttiz daqiqa oldin savdo platformasida avtomatik 
rejimda auksion boshlanishi to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi.
7.6.
Savdo platformasida avtomatik ravishda lotni boshlang‘ich narxdan bitta auksion qadamiga 
oshirilgan narxda sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha taklifni e’lon qilish bilan boshlanadi (qonunchilik 
hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Agar auksionda bir yoki undan ortiq ishtirokchi tomonidan auksion qadamiga bog‘lanmagan narx 


taklif etilgan bo‘lsa, ushbu takliflar auksion boshlanganda oshkor qilinadi va auksionda navbatdagi narx 
sifatida uning qadamiga bog‘lanmagan holda taklif etilgan eng yuqori narx qabul qilinadi. Bunda operator 
tomonidan ishtirokchilarga navbatdagi bir qadam oshirilgan auksion qadami bo‘yicha narx taklif etiladi.
7.7.
Auksion qadami:
auksion obyekti boshlang‘ich qiymatining o‘n foizini;
obyektning boshlang‘ich qiymati auksion o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomani joylashtirish paytidagi 
BHMning ikki ming baravaridan ortiq bo‘lganda, auksion qadami auksion obyektining boshlang‘ich 
qiymatidan besh foizni tashkil etadi (ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan 
mustasno).
Agar takroriy o‘tkaziladigan auksionlarda obyektning boshlang‘ich narxi BHMning ikki ming 
baravaridan pasaygan holda, auksion qadami mazkur bandning ikkinchi xatboshida belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi.
7.8.
Auksion kuni soat 10:00 dan boshlab taklifni tasdiqlash uchun oldingi taklif tasdiqlangan 
vaqtdan boshlab o‘n daqiqadan vaqt beriladi va auksion eng yuqori narx tasdiqlangunga qadar davom 
etadi.
Agar oxirgi tasdiqlangan taklifdan so‘ng o‘n daqiqa vaqt davomida navbatdagi taklif tasdiqlanmasa, 
auksion yakunlanadi va oxirgi taklifni tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.
7.9.
Tegishli lot bo‘yicha auksion yakunlangach, savdo platformasida avtomatik ravishda auksion 
yakunlangan vaqt va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot shakllantiriladi va e’lon qilinadi.
Auksion natijalari to‘g‘risidagi axborotda quyidagilar aks ettiriladi:
lot haqida ma’lumotlar, shu jumladan, uning boshlang‘ich narxi;
oxirgi va oxirgidan oldingi tasdiqlangan takliflar (oxirgi va oxirgidan oldingi qadamlarni hisobga 
olgan holda, auksion ishtirokchilari tomonidan tasdiqlangan takliflar bo‘yicha narxlar va ularning 
tasdiqlanish vaqti);
auksion g‘olibining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi.
7.10.
Auksion g‘olibi belgilangan muddatda lotni sotib olishdan (ijaraga olishdan) bosh tortsa yoki 
lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lamasa, operator keyingi ish kunidan kechiktirmay auksionning 
salohiyatli g‘olibiga u tasdiqlagan narxda lotni sotib olishni taklif qiladi.
Auksionning salohiyatli g‘olibi lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lasa, u auksion g‘olibi deb 
hisoblanadi va unga belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar auksionning salohiyatli g‘olibi belgilangan muddatda lotni sotib olishdan (ijaraga olishdan) 
bosh tortsa yoki lot qiymatini muddatida to‘liq to‘lamasa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va 
salohiyatli g‘olib tomonidan kiritilgan zakalat miqdori qaytarilmaydi.
7.11.
Savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion obyektlari 
bo‘yicha auksion g‘olibi tomonidan operatorning xizmat haqi uchun yetarli mablag‘ besh ish kuni ichida 
to‘langandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida 
buyurtmachi bilan auksion g‘olibi o‘rtasida oldi-sotdi (ijara) shartnomasi tuziladi (qonunchilik hujjatlarida 
boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Agar auksion g‘olibi besh ish kuni ichida belgilangan to‘lovni to‘lamagan yoki oldi-sotdi (ijara) 
shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda, auksionning salohiyatli g‘olibiga operator xizmat haqiga 


yetarli mablag‘ni to‘lash uchun besh ish kunlik muddat beriladi.
Ushbu muddat davomida salohiyatli g‘olib to‘lovni amalga oshirsa, auksion g‘olibi deb e’tirof 
etiladi va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Salohiyatli g‘olib belgilangan to‘lovni muddatida to‘lamagan yoki oldi-sotdi (ijara) shartnomasini 
imzolashni rad etgan taqdirda, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi (bayonnoma rasmiylashtirilgan 
hollarda o‘z kuchini yo‘qotadi).
Besh ish kuni ichida belgilangan to‘lovni to‘lamagan yoki oldi-sotdi (ijara) shartnomasini 
imzolashni rad etgan auksion g‘olibi (salohiyatli g‘olib)ning zakalat miqdori qaytarilmaydi.
Qaytarilmagan zakalat miqdori operator tasarrufida qoladi.
7.12.
Auksionni o‘tkazish kunida savdo boshlanish paytidan boshlab soat 18:00 ga (GMT+5) qadar 
savdo platformasida ishtirokchilardan birontasi sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion obyekti bo‘yicha 
boshlang‘ich narxni bir auksion qadamiga oshirish yoki qadamga bog‘lanmagan narx taklif etish yo‘li 
bilan sotib olish (ijaraga olish) istagini tasdiqlamagan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi 
(auksion qadamiga bog‘lanmagan narx berilgan holatlar bundan mustasno).
7.13.
Tanlov ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi.
Tanlovga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat 
tanlovda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
7.14.
Tanlov takliflarini baholash va tanlov g‘olibini aniqlash ballar tizimi bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Tanlov taklifi tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan 
ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Ikki va undan ortiq tanlov ishtirokchilarining to‘plagan ballari teng bo‘lgan taqdirda, arizani 
oldinroq topshirgan ishtirokchi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.
7.15.
Tanlov natijalari bo‘yicha g‘olib, tanlov takliflari va ularga berilgan ballar tanlov 
o‘tkaziladigan kun soat 10:00 da (GMT+5) savdo platformasida avtomatik ravishda e’lon qilinadi.
7.16.
Agar arizalarni qabul qilish vaqti yakunlangan paytda faqat bir ishtirokchi tomonidan ariza 
berilgan bo‘lsa, tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.
Tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblangandan so‘ng tanlov obyekti belgilangan tartibda takroriy 
tanlovga qo‘yiladi.
Tanlov obyekti bo‘yicha tanlov g‘olibi tomonidan operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ besh 
ish kuni ichida to‘langandan so‘ng bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Agar tanlov g‘olibi bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng tanlov obyekti bo‘yicha shartnoma 
imzolashdan bosh tortsa, tanlovning salohiyatli g‘olibiga (agar ballar teng bo‘lsa – arizani oldinroq 
berganga) operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ni to‘lash uchun besh ish kunlik muddat beriladi.
Tanlovning salohiyatli g‘olibi operatorning xizmat haqiga yetarli mablag‘ni besh ish kuni davomida 
to‘lasa, u tanlov g‘olibi deb topilib, belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Belgilangan muddatda operator xizmat haqini to‘lamagan yoki buyurtmachi bilan shartnoma 
imzolashni rad etgan tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olib) tomonidan kiritilgan zakalat puli qaytarilmaydi 
hamda ushbu mablag‘lar operator tasarrufida qoladi.
7.17. Operator tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan savdolarni tashkil etish 
uchun hujjatlarni elektron shaklda yig‘ish va texnik baholashdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi 
mumkin.



Yüklə 152,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin