Омонат са+лаш шартномаси


Ashyoni mehmonxonada saqlash



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə10/12
tarix28.04.2022
ölçüsü210,5 Kb.
#56604
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Omonat saqlashning alohida turlari

5. Ashyoni mehmonxonada saqlash. Ashyoni mehmonxonada va shunga o‘xshash korxonalarda (dam olish joylarida, sanatoriylarda, pansionatlarda, hammomlarda va boshqalarda) undan foydalanayotgan yoki vaqtinchalik yashayotgan shaxs tomonidan olib kirilgan ashyolarning yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv bo‘lmagan taqdimda ham javob beradi, ashyo yengib bo‘lmaydigan kuch, ashyoning o‘z xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining o‘zi, uning hamroxlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollarda bundan mustasno (FKning 899-moddasi 1-qismi).

Mehmonxona xodimlariga ishonib topshirilgan ashyo yoki mo‘ljallangan joyga (mehmonxona nomeri va boshqalarga) joylashtirilgan ashyo mehmonxonaga olib kirilgan ashyo deb hisoblanadi.

Pul, boshqa valyuta qimmatliklari qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho ashyolar saqlash uchun alohida omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha qabul qilib olingan bo‘lsagina, mehmonxona ularning yo‘qolganligi uchun javobgar bo‘ladi.

Agarda mehmonxonada yashayotgan yashayotgan shaxs o‘z ashyolarining yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligini bilib qolsa, mehmonxona ma’muriyatiga bu haqda kechiktirmay xabar qilishi shart. Aks holda mehmonxona ashyolarining to‘liq saqlanmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.

Mehmonxona bu yerda yashayotgan shaxslarning ashyolari saqlanishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasligini e’lon qilgan taqdirda ham javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

Bundan mehmonxonalarda talab qilib olinmagan ashyolar saqlanishi muddatlari va ularning taqdiri FKning 897-moddasining 5-qismida yozib qo‘yilgan qoidalarga muovfiq belgilanadi.

Ushbu yuqoridagi kodeks moddasining qoidalari dam olish uylari, sanatoriylar, yotoqxonalar, hammomlarda, shuningdek, tashkilotlarga keladigan fuqarolarning ashyolarni saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlarda ham ashyolarni saqlashga nisbatan qo‘llaniladi.


Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin