7. Tovar omborida omonat saqlash. Tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan va saqlash bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatadigan tashkilot tovar ombori deyiladi.
Bizga ma’lumki, agar qonun hujjatlariga muvofiq tovar ombori tovarlarni saqlash uchun chegaralangan doiradagi shaxslardan qabul qilishi mumkin bo‘lgan omborlar jumlasiga kirtilgan bo‘lmasa, u umumiy foydalanishdagi ombor deb hisoblanadi.
Ombor omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha tovar ombori (saqlovchi) tovar egasi (yuk topshiruvchi) tomonidan o‘ziga topshirilgan tovarlarni haq evaziga saqlash va ularni to‘liq holicha qaytarib berish majburiyatini oladi (FKning 903-moddasi).
Omborda omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Agar omborda saqlash shartnomasi tuzish va tovarni omborga qabul qilib olish ombor hujjati bilan tasdiqlangan bo‘lsa, omborda omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga roiya qilingan hisoblanadi. Shartnoma yozma ravishda ikki tomonlama, haq baravariga yoki tekin tuzilishi mumkin.
Agar qonun hujjatlaridan yoki omborda omonat saqlash shartnomasidan tovar ombori o‘ziga saqlash uchun topshirilgan tovarlarni tasarruf etish mumkinligi kelib chiqsa, u holda taraflarning munosabatlariga FKning 41-bobi qarz va kredit haqidagi qoidalari qo‘llaniladi.
Tovar omborida omonat saqlash shartnomasining ishtirokchilari tadbirkorlar ham bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda omonat saqlovchi bo‘lib, tovar omborlari deb tan olingan korxonalar, bundan tashqari, tegishli vakolat organlarning maxsus litsenziyalari asosida xususiy tovar omborlariga ega fuqarolar bo‘lishi mumkin. Hozirgi bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan bir davrda, ayniqsa, savdo tofarlarini xususiy omborlarda saqlash amaliyotida ko‘p uchraydi. Bu tovar omborlari qonun hujjatlariga va tovar saqlash to‘g‘risidagi qoidalarga zid bo‘lmaan hammaning omonatini qabul qilishga majburdir. Ushbu shartnoma ham ommaviy shartnoma hisoblanadi.
Lekin maxsus mo‘ljallangan tovar omborlarida undan foydalanuvilar doirasi cheklanishi, bundan tashqari, tovar omborlari maxsus idoralarga tegishli ham bo‘lishi mumkin.
Tovar ombori zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
tovar ombori standarslar, texnikaviy shartlar, texnologiya yo‘riqnomalari, ayrim turdagi tovarlarni saqlash qoidalarida, ombor uchun majburiy bo‘lgan boshqa maxsus normativ hujjatlarda belgilab qo‘yilgan saqlash shartlariga rioya qilishi lozim;
agar omborda omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovar ombori tovarlarni saqlash uchun qabul qilib olayotganida ularni o‘zi hisobidan ko‘zdan kechirishi kerak;
agar omonat saqlash egasizlantirish yo‘li bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, tovar ombori tovar egasiz tofarlarni yoki ularning namunalarini ko‘zdan kechirish, namuna olish hamda tovarlarning to‘liq saqlanishini ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rish imkoniyatlarini berishi shart.
Ushbu hol amaliyotda juda ko‘p uchraydi. Masalan, xo‘jaliklar o‘zlari yetishtirgan texnika ekinlari hosilini, don, g‘alla va boshqalarni egasizlantirib saqlaydilar. Ular kelajakda huddi o‘zi topshirish namunadagi, sortdagi, shu turdagi narsani talab qilib olish sharti bilan topshiradilar.
Ushbu saqlashga qabul qilingan ashyolarni omonat saqlovchi, huddi o‘zining ashyosiday saqlash va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rish majburiyatini oladi.
Tovarlarning to‘liq saqlanishini ta’minlash uchun saqlash sharoitlarini tezlik bilan o‘zgartirish talab qilinadigan hollarda tovar ombori zarur shoshilinch choralarini mustaqil ko‘rishga haqli. U ko‘rilgan choralar to‘g‘risida tovar egasiga xabar berishi shart.
Taraflarning yana muhim huquqlaridan biri tovar omborida saqlanib bo‘lgan narsani qaytarib olish vaqtida yuk topshiruvchi ushbu tovar miqdori tekshirilishini talab qilish huquqlariga ham egadir. Agar tekshirishda saqlangan tovarda saqlash qoidalaridagidan ham kam kelganligi aniqlansa, bunday holda u kam kelganlik sabablarini tushuntirib, keltirilgan zararni undirish huquqiga ega bo‘ladi.
Agarda yuk topshiruvchi o‘zi topshirgan yuk xavfli ekanligini yashirganligi keyinchalik ma’lum bo‘lib qolsa, bu katta zarar yetkazish mumkin bo‘lgan hollarda tovar ombori shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli.
Taraflar o‘rtasida tovar omborida yuklar saqlanganda quyidagi hujjatlarni berish bilan rasmiylashtiriladi:
ikki qismli ombor guvohnomasi;
oddiy ombor guvohnomasi;
ombor pattasi.
Ikki qismili ombor guvohnomasi, uning har bir qismi va oddiy ombor guvohnomasi qimmatli qog‘ozlar bo‘ladi. Ikki qismli va oddiy ombor guvohnomasi garov predmeti bo‘lishi mumkin.
Ikki qismli ombor guvohnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
-tovar saqlash uchun qabul qilgan tovar omborining nomi va joylashgan manzili;
-ombor guvohnomasining ombor reestri bo‘yicha joriy nomeri;
-tovar saqlash uchun qabul qilib olgan tashkilot nomi yoki fuqaroning ismi, sharifi, shuningdek, tovar egasining joylashgan yeri (yashash joyi);
-saqlash uchun qabul qilingan tovarning nomi va miqdori-birliklar soni va (yoki) tovar donalarining soni va (yoki) tovarning o‘lchovi (og‘irligi) hajmi;
-agar muddat belgilangan bo‘lmasa, tovar qancha muddatga saqlash uchun qabul qilinganligi yoki tovar talab qilib olinguncha saqlash uchun qabul qilinganligi, omonat saqlanganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori yoki bu haqni hisoblab chiqarishga asos bo‘ladigan tariflar va saqlash haqini to‘lash tartibi;
-omonat guvohnomasi berilgan sana.
Ikki qismli omonat guvohnomasining ikkila qismida vakil shaxsning bir xil imzosi va tovar omborxonasinin muhri bo‘lishi shart.
Agarda hujjat FKning 909-moddasi talablariga mos kelmaydigan bo‘lsa, u ikki qismli ombor guvohnomasi bo‘la olmaydi. Ombor va garov guvohnomalarini saqlovchi omborda saqlanayotgan tovarni to‘la tasarruf etish huquqiga ega.
Garov guvohnomasidan ajratilgan ombor guvohnomasini saqlovchi tovarni tasarruf etishga haqli, lekin garov guvohnomasi bo‘yicha berilgan kreditni to‘lamaguncha tovarni ombordan olishi mumkin emas (FKning 910-moddasi 2-qismi).
Garov guvohnomasini saqlovchi ushbu guvohnoma bo‘yicha berilgan kredit va uning foizlari miqdorida tovar bo‘yicha garov huquqiga ega bo‘ladi.
Tovar garovga qo‘yilgani bu haqda ombor guvohnomasiga belgi qo‘yiladi.
Agarda qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ombor guvohnomasi va garov guvohnomasi birgalikda yoki alohida-alohida topshirish yozuvlari bo‘yicha topshirilishi mumkin.
Oddiy ombor guvohnomasi taqdim etuvchiga beriladi. Bundan tashqari, oddiy ombor guvohnomasida FKning 969-moddasida nazarda tutilgan ma’lumotlar bo‘lishi, shuningdek, u taqdim etuvchiga berilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Tovarni ikki qismli omborxona guvohnomasi bo‘yicha berish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda tovar ombori tovarni ombor va garov guvohnomalarini (ikki qismli ombor guvohnomasini) saqlovchiga berib, undan ushbu ikkala guvohnomani oladi.
Ombor guvohnomasini saqlovchi garov guvohnomasiga ega bo‘lmasa, biroq uning yuzasidan qarz summasini to‘lagan bo‘lsa, tovarni faqat ombor guvohnomasiga ayirboshlash yo‘li bilan va u birlan birgalikda garov guvohnomasi bo‘yicha butun qarz summasi to‘langanligi haqidagi patta taqdim etilgandagina beradi.
Ombor va garov guvohnomalarining saqlovchisi tovarni qismlarga bo‘lib berishni talab qilishga haqli. Bunda dastlabki guvohnomalar o‘rniga unga omborda qolgan tovar uchun yangi guvohnomalar beriladi.
Xulosa
Xulosa qilib agar ashyolar xak evaziga saklangan takdirda , FK 883-moddasining birinchi va ikkinchi kismlaridanazarda tutilgan xollarda ashyolarni saklash uchun tulangan xak kaytarib berilmaydi, bordi-yu ,bu xak tulanmagan bulsa , omonat saklovchi uni tula-tukis undirib olishi mumkin.
Agar omonat saklovchi xabardor bulgani xolda va uning roziligi bilan saklashga kabul kilinganda , FK ning 883-moddasi birinchi kismida kursatilgan ashyolar, garchi ularni saklash shartlariga rioya etilgan bulsada, atrofdagilar uchun yoki omonat saklovchi yoxud uchinchi shaxslarning mol –mulki uchun xavfli bulib kolgan bulsa xamda vaziyat omonat saklovchining yuk topshiruvchidan ularni darxol olib ketishni talab kilishga imkon bermasa yoki yuk topshiruvchi bu talabni bajarmasa, ushbu ashyolar omonat saklovchi tomonidan yuk topshiruvchiga ziyonni tulamagan xolda zararsizlantirilishi yoki yuk kilib tashlanishi mumkin, Bunday xollarda yuk topshiruvchi ushbu ashyolarni saklash munosabati bilan keltirilgan zarar uchun omonat saklovchi a uchinchi shaxslar oldida javobgar bulmaydi,(Fkning 883-moddasi).
Agar konun xujjatlarida yoki omonat saklash shartnomasida boshkacha tartib nazarda tutilgan balmasa, omonat saklovchi yuk topshiruvchining roziligisiz ashyoni saklash uchun uchinchi shaxsga topshirishga xakli emas. Basharti buni yuk topshiruvchining manfaatlari zarur kilib kuygan va omonat saklovchi uning roziligini olish imkoniyatidan maxrum bulgan bulmasa, omonat saklovchi ashyoni uchinchi shaxsga topshirilganligi xakida yuk topshiruvchini kechiktirmay xabardor kilishi shart.
Saklash uchun ashyo topshirilgan uchinchi shaxsning xarakatlari uchun omonat saklovchi javob beradi.
Yana omonat kuygan shaxsning burchlaridan biri – omonat saklanganlik uchun saklovchiga saklash tamom bulgandan keyin xak tulash xisoblanadiva bunda agarda omonatsaklash uchun davrlar buyicha xak tulash nazarda tutilgan bulsa , xar-bir belgilangan davr tamom bulishi bilan tulanishi shart. Agarda omonat saklash omonat saklovchi javobgar bulmagan vaziyatlar tufayli shartlashilgan muddatidan oldin tuxtatilsa, omonat saklovchni, xakining mutanosib kismini, FK 883-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi kismlaridanazarda tutilgan xollarda esa, xakning xammasini olish xukukiga ega buladi.
Adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 2014.
2.O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T.: Adolat, 2014.
3. Mualliflar jamoasi. Fuqarolik huquqi. Darslik. T.: 2008.
4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarlik kodeksi sharh: Professional sharhlar. T 2. / O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. – Toshkent: Baktria press, 2013, - 768 b.
Dostları ilə paylaş: |