Омонат са+лаш шартномаси


Ashyolarni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash



Yüklə 210,5 Kb.
səhifə8/12
tarix28.04.2022
ölçüsü210,5 Kb.
#56604
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Omonat saqlashning alohida turlari

3. Ashyolarni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash. Omonat saqlashning ushbu turida transport tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar va boshqa fuqarolardan ularda yo‘l hujjatlari bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, ashyolarni saqlash uchun qabul qilishi shart. Ashyoni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash shartnomasi ommaviy hisoblanadi.

Ashyo saqlash uchun yukxonaga qabul qilinganligini tasdiqlash yuzasidan (avtomat yukxonalaridan tashqari) yuk topshiruvchiga patta yoki nomerli jeton beriladi.

Patta yoki jeton yo‘qotilgan taqdirda yukxonaga topshirilgan ashyo yuk topshiruvchiga ushbu ashyo o‘ziga qarashli ekanligining isbotini taqdim etgan taqdirda beriladi.

Yukxonaga topshirilgan ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi oqibatida yuk topshiruvchi ko‘rgan zarar summasi, agar ashyoni saqlashga topshirish paytida u narxlangan bo‘lsa yoki zararning o‘rnini qoplashga kerakli summa xususida taraflar kelishib olgan bo‘lsalar, zararni qoplash to‘g‘risida talab qo‘yilgan paytdan boshlab bir sutka muddatda yuk topshiruvchiga to‘lanadi.

Ashyo maxsus qoidalar yoki taraflarning kelishuvi bilan belgilangan muddatga yukxonaga topshirilishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddatda talab qilib olinmagan ashyoni yukxona yana 30 kun saqlash turishi mumkin. Ushbu muddat tamom bo‘lgach, talab qilib olinmagan yoki ashyo sotilishi, sotishdan tushgan pul esa FKning 895-moddasiga muvofiq taqsimlanishi mumkin.

Ushbu turdagi omonat saqlash shartnomasi bo‘yicha keyingi paytlarda sud amaliyotida shunday hollar avtomat-saqlov joylarining nosozligi oqibatida kelib chiqadigan zararlarni qoplash hollari uchun qo‘yilgan talablar ijara munosabatlariga o‘xshab ketadi.




Yüklə 210,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin