O'mt obloshka cdr



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/47
tarix19.10.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#156915
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
Axborot texnologiyalari

 
4.
Global tarmoq nima?
 
5.
Mahalliy tarmoq nima?
 
6.
Mantiq topologiyasi nima?
 


7.
Almashuvni boshqarish topologiyasini ayting?
 
8.
Axboratviy topologiya nima? 
16-Mavzu: Internet, Elektron pochta, mijoz dasturiy ta’minoti. 
Reja: 
1.
Internet
2.
Elektron pochta 
3.
Mijoz dasturiy ta’minoti. 
Tayanch so‘z va iboralar: Internet, ARPANET, elektron pochta, chat, 
Control Protocol (TCP), Butunjahon oʻrgimchak toʻri, network, mijoz, 
LAN, Local Area Network, FTP, TelNet, server, bir rutbali tarmoq, fayl-
server, papka, ma’murlash, Internet Protocol (IP) . 
Internet (lotincha: 
inter
– aro va 
net
– tarmoq) – standart internet 
protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining 
butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning 
asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar 
yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. 
Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon 
tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro 
bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri 
servislaridan tashkil topadi. 
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini 
oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, 
zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar 
oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. 
Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar 
hamkorlikda isteʼmolchilarga ma’lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, 
qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, 
videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da 
axborot almashinishga imkon yaratadi. 


Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda 
Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon 
tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan 
loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu 
tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa 
departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya 
vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha 
kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri 
va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn 
yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy 
elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos 
rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning 
oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi. 
20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida 
informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. 
Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols 
(IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. 
IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani 
koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib 
borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil 
qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol 
(TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri 
hisoblanadi. 
Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH 
mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib 
esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va 
tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham). 
80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha 
rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan 
informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori 
ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. 
bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda 


"Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida 
Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi 
ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini 
boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi. 
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi 
rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. 
Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning 
faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik 
masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol 
ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" 
(IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn 
yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida 
Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat 
koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha 
mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi 
boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999). 
Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media 
tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning 
ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U "World Wide Web" ("Jahon 
oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni oʻziga 
xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya 
texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga 
ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, 
rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz 
berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib berishga ham qodir. 
Internet 
barcha 
anʼanaviy 
informatsiya 
tizimlari 
– 
telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro 
miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni 
uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya 
va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining 
barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, 
madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; 
istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya 
maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish 
imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi. 


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet"ning 
xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab 
chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori (2001) 
Oʻzbekistonning bu borada xalqaro miqyosda oʻz mavqeiga ega 
boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish milliy 
tarmogʻi OʻzPAK Davlat kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat. 
Internetdan foydalanuvchilar soni, mas, AQSH da 55 mln., Xitoyda 55 
mln., Yaponiyada 8 mln.dan oshib ketdi. Keyingi oʻrinlarni Angliya, 
Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli chegarani 
egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro 
Internet tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro 
kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin Internet-
provayder 
roʻyxatga 
olingan. 
Oʻzbekistonda 
Internetdan 
foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet tizimida 
Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda (2002).
[1]
 
Internet yaratilish tarixi[tahrir] 
1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona 
kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj 
markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi 
kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning 
natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi 
rivojlanishiga turtki boʻldi. 
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil 
AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet 
loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla 
boshladi. 
1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu 
voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va 
CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir 
boʻldi. 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo 
boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996 


yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan, 
Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi. 
Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning 
ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy 
boshqaruvning yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. hozirda 
internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan 
olindi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin