Входящие
(Kelgan xatlar),
Отправленные
(Yuborilgan xatlar),
Черновики
(Xomaki nusxalar),
Спам
(keraksiz reklama),
Корзина
(Savatcha) bo‘limlari keltirilgan. Sahifaning o‘rtasida chap tomondan
tanlangan bo‘limning nomi ko‘rinib turadi. U sizning hozir qaysi
bo‘limda turganingizni ko‘rsatib turadi. Yuqorida
Написать
(yangi xat
yozish),
Проверить
(Tekshirish, ya’ni yangi xatlar kelganligini yana bir
bora tekshirish),
Адреса
(Manzillar) va
Ещё
(yana) tugmalari
bor.
Входящие
bo‘limida pochta qutisiga kelgan xatlar turadi. Kerakli
xatni o‘qish uchun uning linkiga, ya’ni havolasiga bosiladi. Shunda
xatning matni ochiladi. Misol uchun, «Mayl.ru`ning mobil versiyasi»
degan xatni ochish uchun uning linkini bosamiz.
Ko‘rib turganingizdek, elektron pochta maktubida xatning nomi,
uning qaysi manzildan
(От кого)
, qaysi manzilga
(Кому)
va qachon
kelganligi yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Ochiq turgan xatga javob yozish
uchun
Ответить
(Javob yozish) tugmasi bosiladi. Uni bossak,
odatdagi yangi xat yozish sahifasi ochiladi. Lekin
Кому
va
От кого
katakchalari avtomatik tarzda to‘ldirib
qo‘yilgan bo‘ladi.
Кому
katakchasiga yuboruvchining
manzili,
Тема
katakchasiga esa kelgan
xatning mavzusi qo‘yilib, undan
oldidan
Re:
deb yozib qo‘yilgan
bo‘ladi. Bu
Reply
to, ya’ni «..ga
javoban»
degan
so‘zning
qisqartmasidir. Javob matnini yozib,
so‘ng
Отправить
(Yuborilsin) tugmasi bosiladi.
Входящие
bo‘limida kelgan xatlar odatda qisqa shaklda ko‘rsatilib,
faqat kimdan kelganligi va nomi ko‘rinib turadi. Bu rejim Кратко (qisqa)
deb ataladi. Xatlar haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun
Podrobno tugmasi bosiladi. Bunda xatning kimdanligi, nomi va
matnning dastlabki qatori hamda qachon kelganligi ko‘rinadi.
Shuningdek, xatni to‘liq ochib o‘qish uchun yordamchi
Прочитать
(O‘qib chiqish) va
Ответить
(Javob yozish) linklari ko‘rinadi.
Xatni o‘chirib tashlash uchun
satrning
boshidagi
katakchani
belgilab, so‘ng
Удалить
(O‘chirish)
tugmasi bosiladi.
Yangi xat yozish yuqoridagi
Написать (Yangi xat yozish) tugmasi
bosiladi.
Ochilgan sahifada quyidagi kataklar to‘ldiriladi:
Кому
(Kimga) –
yangi xat yuborilayatgan elektron pochta qutisining manzili. Agar xat bir
nechta joyga yuboriladigan bo‘lsa, manzillar bir – biri bilan vergul
yordamida ajratiladi.
Тема
(Mavzu) – xatning mavzusi, sarlavha. Elektron
pochta tizimining oddiy pochtadan farqli joylarida biri xatning mavzusi
degan tushunchadir. Elektron maktubga sarlavha qo‘yish shart emas, bu
katakchani bo‘sh qoldirsangiz ham bo‘ladi (odatda, pochta dasturlari
«Siz maktubga sarlavha qo‘ymabsiz, nomsiz ketaversinmi?» deb birrov
so‘rab qo‘yishadi). Lekin, xatga sarlavha qo‘yish juda qulay va ma’qul
narsa. Masalan, «12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» degan xat
yozsangiz, uning javobi «Re: 12/212-shartnoma bo‘yicha savollar» deb
kelsa, yuzlab xatlarning ichidan aynan shu shartnoma bo‘yicha
yuborgan savollaringizga qanday javob kelganligini topishingiz oson
bo‘ladi. Mavzuning tagidagi katakka xatning matni kiritiladi. Elektron
pochtaning yana bir muhim imkoniyati – fayl yuborishdir. Biroq, pochta
qutilarida faylning yuborish mumkin bo‘lgan o‘lchamlari cheklangan
bo‘ladi. Pochta xizmatlari odatda xatga qo‘shib yuboriladigan fayllarning
soni va o‘lchami qanchadan oshmasligi kerakligini ko‘rsatib turishadi.
Mayl.ru
pochta xizmatidan odatda 20 mb gacha bo‘lgan hajmdagi fayl
yuborish mumkin. Biroq, bu o‘lchamni sozlash ham mumkin. Buning
uchun
Отправить файл
> 20 mb degan havolani va uning yonidagi
“
Настроить
” havolasini bosiladi. Xatga fayl qo‘shib yuborish uchun
Прикрепить файл
(Fayl biriktirish) tugmasi bossangiz, kerakli faylni
ko‘rsatish oynasi ochiladi. Bu erdan yubormoqchi bo‘lgan faylingizni
ko‘rsatib,
Открыть
(Ochish) tugmasini bosasiz. Faylning katta-kichikligi
va internetga ulanish tezligiga qarab, fayl biriktirishga bir necha soniya
yoki daqiqa ketadi. Fayl biriktirilgach, uning yonida yashil belgi paydo
bo‘ladi. Endi xatni yuborish
mumkin. Xatni yuborish uchun
Отправить
(Yuborilsin) tugmasi
bosiladi. Agar xatni keyinroq
yubormoqchi
bo‘lsangiz,
uni
saqlab qo‘yish mumkin. Buning
uchun
Сохранить
(Saqlab
qo‘yilsin)
tugmasini
bosasiz.
Yozayotgan xatni bekor qilish
uchun Отмена (Inkor) tugmasi bosiladi.
Xat jo‘nab ketgach,
Ваше письмо отправлено!
(Xatingiz yuborildi!)
yozuvi paydo bo‘ladi.
1.
Yuborilgan xatlar ro‘yxati
Отправленные
(Yuborilganlar) bo‘limida
turadi. Bu bo‘limga ham chap tomondagi menyudan kiriladi.
Черновики
(Xomaki nusxalar)
bo‘limida saqlab qo‘yilgan xatlar
ro‘yxati turadi.
Спам
bo‘limida
elektron pochtangizga kelgan va
spam deb hisoblangan xatlar
saqlanadi. Ularning spam yoki spam
emasligini elektron pochta tiziminiyu o‘zi
ham maxsus algoritmlar yordamida
baholiqudrat aniqlaydi. Lekin biror xatni
o‘zingiz ham spam yoki spam emas deb
belgilashingiz, spamga oid tartib-
qoidalarni o‘zingiz sozlashingiz ham mumkin.
Корзина
(Savatcha)
bo‘limida o‘chirib tashlangan xatlar turadi. Ularni tiklash, butunlay
o‘chirib tashlash kabi ishlar shu bo‘limda bajariladi. Oyna ostidagi
Настройки
(Sozlashlar) bo‘limida elektron pochta qutisiga oid barcha
sozlash ishlari amalga oshiriladi.
Masalan, bu yerda pochta qutisining tashqi ko‘rinishi, parollar,
xavfsizlik, SMS-xabarlar va boshqa
sozlashlarni boshqarish mumkin.
Pochtangizni
parolini
o‘zgartirmoqchi
bo‘lsangiz,
Sozlashlar
bo‘limdagi
Пароль
havolasini bossangiz, kalit so‘zni
o‘zgartirish sahifasi ochiladi. Bu
erda
Текущий пароль
(Joriy parol)
katagiga hozirgi parolni,
Новый
пароль
(Yangi parol) va Повтор
нового пароля (Yangi parolni takrorlash) kataklariga esa yangi parolni
yozasiz.
Укажите код
,
размещенный на картинке
degan joyga
suratdagi raqam va harflarni kiritasiz. Yangi parolni saqlab qo‘yish
uchun Сохранить (Saqlab qo‘yish) tugmasi bosiladi.
Elektron pochta qutisi – Sizning shaxsiy mulkingiz, o‘zingizgagina
tegishli ma’lumotlar, yozishmalar, hatto tijoriy sirlar saqlanishi mumkin
bo‘lgan joydir. Shuning uchun uni begona ko‘zlardan, g‘arazli
kimsalardan himoya qilish zarur. Shuning uchun ham elektron pochta
bilan ishlashning eng muhim qoidalaridan biri qutidan chiqib ketishdir.
Agar parolni yozib, qutiga kirgandan keyin brovzerni o‘chirib ketsangiz,
Sizdan keyin uni ochgan odam pochta qutingizga kirishi, undan
foydalanishi va hatto parolni almashtirib, Sizni pochta qutingizdan
mahrum qilib qo‘yishi ham mumkin. Shuning uchun parolni yozib
kirganingizda brovzer bu parolni eslab qolishni taklif qilsa, hech qachon
rozi bo‘lmang. Pochta qutisi bilan ishni yakunlash uchun yuqorida, o‘ng
tarafdagi
Выход
(Chiqish) havolasi bosiladi.
Elektron pochta bilan ishlashga oid eng qisqa va dastlabki
ma’lumotlar mana shulardan iborat!
Savol va topshiriqlar
1.
Yangi pochta yaratish yo‘llari?
2.
Pochta ro‘yxatlarini boshqarish?
3.
Fayllarni biriktirish qanday amalga oshiriladi?
4.
Fayllarni formatlashni ayting?
5.
Mail.ru nima?
6.
Mayl.ru
p
ochta xizmatidan odatda qancha axborot yuborish
mumkin?
|