Mavzu 19 : Tahdidlarning turlari, tahdidlarga qarshi turish yo‘llari.
Reja:
1.
Tahdidlarning turlari
2.
Tahdidlarga qarshi turish yo‘llari
3.
Axborot xavfsizligida tahdidlar
Tayanch so‘z va iboralar: Milliy istiqlol mafkurasi, Psixologik urush,
axborot urushi, psixologik operatsiyalar, axborot-psixologik kurash olib
borish, psixologik himoya, elektron pochta, FM 100-6, chat, Control
Protocol (TCP), Butunjahon oʻrgimchak toʻri, papka, ma’murlash, FM 33-
1.XX asrning o‘rtalaridan boshlab ayrim rivojlangan davlatlar, xususan,
AQSH boshqa mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatishda nohukumat notijorat va
xalqaro tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalaridan keng
foydalangan. Bu vositalar orqali aholi va ayrim shaxslarning ongiga ta’sir
qilingan. Maxsus markazlar tomonidan ishlab chiqilgan axborot-
psixologik tahdidlar inson tabiatining nozik xususiyatlari va jamiyat
taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari o‘ta ustamonlik bilan qamrab olingan.
“Psixologik urush”, “axborot urushi”, “psixologik operatsiyalar”,
“axborot-psixologik kurash olib borish”, “psixologik himoya” singari
atamalar o‘zida axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatishning mazmun-
mohiyatini ifodalaydi. AQSHning Markaziy razvedka boshqarmasi
tomonidan XX asrning 50-60-yillarida «odamlarni qayta dasturlash»,
“ongni yuvish” borasida keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilgan. Ijtimoiy
ongga ta’sir etuvchi samarali usullarni o‘ylab topish va ular orqali
odamlarni boshqarish maqsadida bu sohaga katta mablag‘ sarflangan.
Shunday loyihalar ustida ishlagan olimlardan biri doktor Iven
Kameron 1946 yil chop etilgan “Ijtimoiy psixiatriyaning chegaralari”
asarida ijtimoiy psixiatriya fuqarolar ustidan nazorat o‘rnatishga xizmat
qiladigan, ularda ijtimoiy fikr, e`tiqod va hayot tarzini shakllantiruvchi
usullarni ishlab chiqishga yordamlashishi zarurligini ta’kidlagan.
Psixologiya va kommunikatsiya sohasidagi yutuqlar axborot-psixologik
urush olib borishga keng imkoniyatlar yaratdi. A.Karayani “Zamonaviy
urushlarda axborot-psixologik qarshilik ko‘rsatish” sarlavhali maqolasida
AQSHda hozirgi paytda FM 100-6 “Axborot operatsiyalari”, FM 33-1
“Psixologik operatsiyalar” singari dala dasturlaridan foydalanilayotgani
va axborot urushini olib borish sohasida mutaxassislar tayyorlana-
yotgani haqidagi ma’lumotlarni keltirgan.
Amerikalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, axborot urushi olib
borishning alohida konsepiyalari AQSH tomonidan uzoq vaqt
mobaynida qo‘llanilib kelinmoqda. Masalan, sobiq Varshava shartno-
masiga a’zo davlatlarga ana shunday axborot-psixologik tadbirlar
qo‘llanilgan. AQSH Fors ko‘rfazi (1990-91 yillar), Gaiti (1994 yil), Bosniya
va Gersegovinadagi (1996 yil) harbiy amaliyotlar davrida ham keng
ko‘lamli axborot va psixologik tadbirlarni amalga oshirgan. O‘z
maqsadini ko‘zlab turli yolg‘on ma’lumotlar tarqatish bu operatsiyalarda
oddiy hol sanaladi. A.Manoylo va A.Petrenko singari tahlilchilarning
yozishicha, AQSHning Iroqdagi operatsiyalari davrida ham turli-tuman
axborot qurollaridan samarali foydalanilgan. Ular orqali ommaviy va
individual ongga ta’sir ko‘rsatilgan.
Masalan, o‘sha paytda zotiljam kasalligining yangi turi to‘g‘risida
mish-mishlar tarqatilgan. Bu axborot-psixologik ta’sir butunlay ijtimoiy
fikrga emas, balki har bir shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular Iroqda
bo‘layotgan voqealarni biroz unutishga xizmat qilgan. Boshqacha
aytganda, og‘ir kasallik haqidagi mish-mishlar orqali odamlarning
ijtimoiy fikri chalg‘itilgan.
A.Karayanining yuqorida nomi tilga olingan maqolasida
yozilishicha, AQSH Qurolli kuchlarining “Yagona istiqbol-2010” hujjatida
XXI asrda qurolli kurashning asosiy xususiyati axborot sohasidagi
kurashga e`tibor berish va har qanday raqib ustidan axborot
hukmronligiga erishish hisoblanishi qayd etilgan. Bunday psixologik
operatsiyalar AQSH va uning sheriklari bo‘lgan mamlakatlar uchun
ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda alohida rahbarlar, tashkilotlar, milliy va
ijtimoiy guruhlar hamda xorijiy davlatlardagi ayrim shaxslarning hissiy
holati, harakatlari, qarorlar qabul qilishi va o‘zini tutishiga ta’sir qiluvchi
maxsus ishlab chiqilgan axborotni tarqatish chora-tadbirlarini qamrab
oladi.
Strategik darajada psixologik operatsiyalar muayyan siyosiy yoki
diplomatik qarashlarni, rasmiy bayonotlarni yoki davlat rahbarlarining
xabarlarini tarqatish va targ‘ib qilish shaklida bo‘lishi mumkin. Axborot-
psixologik ta’sir o‘tkazishda siyosiy va harbiy rahbarlar, shuningdek,
OAV, madaniyat va san`atning ko‘zga ko‘ringan vakillari asosiy obyekt
bo‘lib hisoblanadi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, keyingi paytlarda mamlakatimizga
nisbatan ham axborot-psixologik tahdidlar sodir etilmoqda. Bu
jarayonga Prezidentimiz Islom Karimov quyidagicha izoh bergan: “Jahon
geosiyosatida xalqlarni ma’naviy-mavkuraviy jihatdan tobe etishga
intilish va bugungi kunda dunyoni shunday asosda bo‘lib olishga
urinishlar davom etmoqda. Buning uchun ular hozirgi zamon ommaviy
axborot vositalari, ularning yutuqlaridan hamda turli xil markazlar, ayni
paytda o‘zaro hamkorlikka yo‘naltirilgan ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy
vositalardan foydalanish orqali dunyoning turli hududlarida o‘zlariga
mos mafkuraviy muhitni shakllantirish maqsadlarini ham ko‘zlamoq-
dalar. Barchamiz bugungi hayot oldimizga qo‘yayotgan bir achchiq
haqiqatning ma’no-mazmuniga yetib borishimiz zarur. Bu achchiq
haqiqat shundan iboratki, agarda kimda-kim bizning mustaqil
taraqqiyot yo‘limizni, orzu-maqsadlarimizga erishish yo‘lini, yangi
jamiyat qurish yo‘lini to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, hali suyagi qotmagan,
mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning qalbi va
ongining mo‘rtligidan foydalanib, ularning ma’naviyatini buzib, bizning
azaliy tabiatimizni va muqaddas odatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan
g‘oyalar bilan chalg‘itib, o‘zining g‘arazli va jirkanch niyatlarini amalga
oshirish yo‘lida qurol qilib olishga urinadi”. Bu esa ularga qarshi jiddiy
kurashishni taqozo etadi. Buning uchun axborot xavfsizligi bo‘yicha
keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish zarur. Milliy istiqlol
mafkurasini keng targ‘ib etish, aholini to‘g‘ri axborot bilan tez va o‘z
vaqtida ta’minlash, jamoatchilik fikrini to‘g‘ri shakllantirish ana shunday
vazifalar sirasiga kiradi.
Savol va topshiriqlar
1.
Tahdidlarning turlari?
2.
Tahdidlarga qarshi turish yo‘llarini ayting?
3.
Axborot xavfsizligida tahdidlar turlarini ayting?
4.
Axborot-psixologik tadbirlar qo‘llanilgan yillar?
5.
Axborot-psixologik tadbirlar qo‘llanilgan davlatlar?
6.
Axborot qurollaridan samarali foydalanilgan AQSH tahlilchilari?
7.
FM 100-6 nima?
8.
FM 33-1 nima?
|