Ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 466,88 Kb.
səhifə2/12
tarix18.04.2022
ölçüsü466,88 Kb.
#55658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Algebraning asosiy teoremasi .

Kurs ishini dolzarbligi: Yoshlarga ta'lim berishning murakkab vazifalarni hal etish o'qituvchining g'oyaviy etiqodi, kasb mahorati, sa’nati, istedodi va madaniyatiga bog'liqdir. Matematika fani insonni intelektini rivojlantirishda ko'zlangan maqsadga erishish uchun qatiyat va irodani tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. U o'quvchi tafakkurini rivojlantirib ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o'quvchilarda maqsadga yo'naltirilganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik, diqqat va fikrni to'play olish qobilyatini shakllantiradi.

Matematika faniniInsoniyat kamoloti hayotning rivoji texnika va texnologiyalarning takomillashib borish asosida fanlar o’qitilishiga bo’lgan talablarini hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish maktabda o’quvchilarga matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan biridir. Matematika fani o’quvchilarni iroda, diqqatni to’plab olishni; qobiliyat va faollikni, tasavvurining rivojlangan bo’lishini talab eta borib, mustaqil, ma’suliyatli, mehnatsevar, intizomli va mantiqiy fikrlash hamda o’zining qarash va e’tiqodlarini dalillar asosida himoya qila olish ko’nikmalarini rivojlantirishni talab qiladi.

Hozirgi zamon darsiga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri har bir darsda tanlanadigan mavzuning ilmiy asoslangan bo’lishidir, ya’ni darsdan ko’zlangan maqsad hamda o’quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu xajmini belgilash uning murakkabligini aniqlash, avvalgi o’rganilgan mavzu bilan bog’lash, o’quvchilarga beriladigan topshiriq va mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo’ladigan jihozlarni belgilash va qo’shimcha ko’rgazmali qurollar bilan boyitish, qo’shimcha axborot texnologiyalardan foydalangan holda muammoli vaziyatni yaratishdir. Dars davomida o’qituvchi o’quvchilarning jismoniy holatini, ijodkorligini, tez fikrlashlarini hisobga olishi kerak. Maktabda matematika fanini o’qitish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish–o’qitish samaradorligini oshirishning omillaridan biri sifatida yaqqol ko’zga ko’rinmoqda. Chunki o’qitishning ilg’or, nostandart (interfaol) shakllari ta’lim-tarbiya masalalarini unumli yechishga, o’quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o’quv mashg’ulotlarini takomillashtirish yo’llaridan biri.


Yüklə 466,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin